Tuzuvchilar: p.f.d. prof. SH.R.Barotov
o’qituvchi L. Ya. Olimov
Taqrizchilar: p.f.n. U.S.Jumaev
p.f.n. E.Halimov
KIRISH.
Zamonaviy psixologiya fanining rivojlanishi shu jihati bilan xarakterliki, undagi ma’lumotlarni amalda qo’llash inson faoliyatining turli qirralarini o’z ichiga oladi. Oldingi asrlardan farqli jihati ham shundaki bunda akademik fan qiziqishlarini emas, balki hayotning o’zi fan oldiga tadqiqotning yangi muammolarini qo’ya boshlaydi. Agarda oldin psixologiya fani laboratoriya va kafedralalarda mavhum bilimlarni namoyon etib turgan bo’lsa, endi psixologiyaning amaliy jihatlari zudlik bilan rivojlanishiga yuz tutdi. M: mehnat, injener, kriminal, harbiy psixologiya shular jumlasidandir.
SHunday qilib psixologiyani ikki sohaga bo’lish mumkin:
1. Ilmiy; 2. Amaliy
Har qandiy eksperimental psixologik tadqiqotlarning asosiy belgilari quyidagilardan iborat bo’ladi.
Muammolarning mavjudligi, qachonki ularning echimini topish ilmiy tadqiqotsiz mumkin emas.
Ilmiy farazlarning (gipoteza) mavjudligi-muammolarning echimini ilmiy jihatdan asoslab berishda tahminlarning aniq qo’yilishi.
Mavjud farazni tekshirib ko’rishda ilmiy tajribani tayyorlash va uni o’tkazish.
Tajribada erishilgan natijalarni matematik statistika asosida taqqoslash.
Masalan, 1-misol: Tajribaning maqsadi: bola psixikasining jadal rivojlantirishning pedagogik-psixologik jihatlari.
2-misol: O’qitishning yangi metodlaridan unumli foydalanishni tajribada sinash. O’quvchi fanni o’zlashtirishda qiyinchiliklarga duch kelganda yangicha metodga murojaat qilish.
Hozirgi kunda ta’lim tarbiya tizimida yigit va qizlarni tarbiyalab ta’lim berishda, ota-onalarni tayyorlashda, mutaxassislar tayyorlash va ularni malakasini oshirishda qator muammolar mavjud. Ushbu muammolarni tajribada tadbiq qilib, aniq bir tavsiyalar berish fan oldida turgan dolzarb muammolar hisoblanadi.
1 muammo: Bolalar va katta yoshli kishilarning psixologik rivojlanishini jadallashtirish. Ushbu muammo shundan dalolat beradiki, hali shu kunga qadar ayrim kishilar psixik rivojlanish zaxiralaridan barcha unumli foydalana olishmayapti. Ayrimlarda ushbu zaxiralar hali o’rganilmagan (L.S.Vigotskiy).
2 muammo: yosh inqirozlarini aniqlash va bartaraf etish.
3 muammo: Rivojlanishda senzitiv (jadal) davrini diagnostika qilish va uni boshqarish.
4 muammo: bolani ta’lim olishda real imkoniyatlarini aniqlash va uning keyingi perspektiv rivojlanishini ta’minlash.
5 muammo: O’qituvchi va tarbiyachini kasbiy psixologik jihatdan tayyorlash va malakasini oshirish.
Ta’lim tizimida zamonaviy mutaxassis, ayniqsa o’qituvchi psixologik tayyorgarligi jihatdan qanday bo’lmo\i darkor?
O’qituvchi faqat psixologiyani nazariy jihatdan bilishi lozimligi yoki amaliy jihatdan ham ma’lumotga ega bo’lishi lozimmi?
Har qanday o’qituvchi ham amaliyotchi psixolog bo’la oladimi va boshqalar.
Ko’rinib turibdiki hozirgi kunda har qanday sohani eksperimental psixologik jihatdan tadqiq etish, mavjud muammolar echimini topish, amaliy jihatdan ko’mak ko’rsatish psixologiyaning oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi. Ta’lim va tarbiyani birgalikda olib borish, yosh avlodni har tomonlama etuk qilib tarbiyalashda pedagogik psixologik jihatdan o’rganish va shu asosda amalga oshirishda eksperimental pedagogik psixologiyaning o’rni va roli juda muhim hisoblanadi.
Ushbu o’quv qo’llanmada eksperimental psixologik tadqiqot usullari, ularni qo’llash tartibi, shuningdek laboratoriya sharoitida olib borilgan ba’zi bir eksperimental hususida mulohazalar юritilgan. O’ylaymizki, berilgan ma’lumotlar psixologiyaning amaliy jihatlarini o’rganilishi va uning rivojiga hissa qo’shib, amaliyotchi psixologlar tayyorlash uchun muhim ahamiyatga ega.
Dostları ilə paylaş: |