Misol: avt@cs.msu.su Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo’llanilishi.
Internet orqali taqdim etiladigan barcha xizmatlar standart protokollar orqali amalga oshiriladi va foydalaniladigan kompyuterga bog’liq emas. Protokollar texnologiyalar o’rtasidagi mantiqiy ko’prik bo’lib kommunikatsiyaning ko’plab elementlarini boshqaradi. Internet protokollari xaqidagi axborotni RFC (Request For Comment)da topish mumkin. RFC bu fayl ko’rinishida taqdim etilgan Internet xujjatlaridir.
Tarmoq, protokolning texnik mufassaligiga berilmay oldinga quyilgan vazifani bajarish uchun foydalanuvchiga ilova ko’mak beradi. Ilova - bu amaliy va dasturiy ta’minot. Internetning nisbatan keng ommalashgan to’plami (majmui) mavjud: elektron pochta (e-mail), olisdan turib kirish, fayllarni uzatish, WWW va xokazo. Deyarli xamma amaliy dasturiy ta’minot Internet «mijoz- server» sxemasi bo’yicha ishlaydi. Foydalanuvchi kompyuterda «dastur-mijoz» texnologiyasida ishlaydi. U serverdan xizmat
xaqida so’raydi, server esa so’ralgan xizmat bo’yicha xarakat qiladi. Mijoz va serverlar «o’zaro tilda» - protokol orqali gaplashadi.
Elektron pochta (E-mail).Internet taqdim etadigan mashxur, ommabop xizmat turi sanaladi. Uning xususiyati shundaki, elektron pochta ma'lumotlarni kompyuter orqali jo’natadi va qabul qiladi. Pochta bilan ishlash uchun (o’qish, saqlash, yangi elektron pochta jo’natmasi) siz mijoz dasturini kiritasiz. Sizning xost kompyuteringiz server - pochta rolini bajaradi.
Konkret server turi uchun siz turli xil mijozlardan foydalanishingiz mumkin.
Ma'lumotlarni elektron pochta orqali jo’natishda Internet kompyuterlari o’rtasida TCR/IR ning bir qismi xisoblangan SMTR protokolidan (Simrle Mail Transfer Rrotocol) foydalaniladi. Xabarlar papkasiga kirishga ruxsat olish uchun olislashgan kompyuterlarda IMAR (Internet Message Access Rrotocol) kirish protokollaridan foydalaniladi. Odatda email xabarlari faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga ikkilik - fayl, grafik tasvirni, shuningdek, audio va video faylni kiritish mumkin. Buning uchun mijoz xam, server xam MIME (Multirurrose Internet Mail Extension - Internetning ko’p maqsadli pochta kengayishi) bilan ishlay olishi kerak. MIME standarti Internetga ma ’lumotlarni uzatishni ta’minlay olishi uchun ishlab chiqilgan. Bu ma’lumotlar sof matndan tashqari ma'lumotlarning ikkilik tizimini o’z ichiga oladi.
Xozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: mail, elm, rine, Eudora, Netscare va xokazolar. Agar Internetga kirishga ruxsatingiz bo’lsa, demak sizning o’z pochta manzilgoxingiz mavjud (E-mail adres). Internetdagi pochta manzilgoxi bir- biridan @ (ampersand) belgisi bilan ajratilgan ikkita qismdan iborat bo’ladi, @ gacha turgan pochta manzilgoxi - bu pochta qutisini bildiradi, @ dan keyingisi esa xost- kompyuter manzilgoxidir.
Elektron pochta manzilgoxi shakli quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
@ manzilgox, xost-kompyuterdan foydalanuvchi nomi.
Masalan:
johnb @yoyodyn.com retrova@cs.msu.ru
Internetda marshrutlovchi faqat @ belgisidan o’ngda turadigan komanda qatorini ishlab chiqadi. Foydalanuvchi nomini kompyuterning o’zi o’qiydi.
Tarqatish ro’yxati.
Elektron pochta keng ko’lamdagi vazifalarni bajarish imkonini beradi. U turli xil axborotni olish vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Elektron pochta orqali axborot olishning oddiy yo’li javob bera oladigan kishiga savol berishdir.
Ko’plab tezkor munozaralarda qatnashish pochta jo’natmasining elektron ro’yxatini tashkil qilish imkonini beradi. Fikrlar almashuvi shaklining bunday qoidasi elektron pochtani turli mavzular bo’yicha yig’ish va tarqatishga asoslangan. Shu maqsadda ma’lum bir munozara ishtirokchilari bitta ro’yxatga kiradi. Jo’natma ro’yxati (mailing lists) aniq mavzu qiziqtiradigan va u xaqda pochta olishni xoxlagan kishilar ro’yxatidir. Elektron
pochta guruxining mavzui keng yoki tor bo’lishi mumkin. Mavzu bo’yicha mazkur ro’yxatga mos keluvchi barcha ma'lumotlar ishtirokchilar o’rtasida tarqaladi. Agar keladigan ma'lumotlarga sharx yoki javob yoziladigan bo’lsa, bu javob xam ro’yxat bo’yicha ishtirokchilarga tarqatiladi.
Elektron pochta guruxi boshqariladigan va boshqarilmaydigan bo’lishi mumk in.
Boshqariladigan guruxning ma'lumot jo’natuvchi ma’muri bo’ladi. U o’z kompyuteridagi resurslarni muxokama ishtirokchilariga taqdim qiladi. U keladigan xabarlarni qayta ishlaydi, xar bir xabarni ko’rib chiqadi va mavzuga tegishli bo’lsagina jo’natadi.
Boshqarilmaydigan gurux a'zolari (bunday guruxlar keng tarqalgan) mazkur adres ro’yxati bo’yicha xamma ma'lumotlarni oladi. Jo’natma ro’yxatining dasturiy ta'minoti ichida LISTSERV va Majardomo dasturlari nisbatan keng tarqalgan. Bu dasturlar jo’natmalarni ro’yxatga qo’shish, o’chirish uchun eski ma'lumotlar ichidan berilgan axborotlarni qidirish, standart fayllarga o’zgartirishlar jo’natish uchun foydalaniladi.
Masalan, LISTSERV da barcha ro’yxatlar Listserv xizmat nomiga ega. Siz o’z so’rovingizni Listserv@bitnic.bit.net (AQSh) yoki Listserv@listserv.net (yevropa) manzilgoxi bo’yicha jo’natishingiz mumkin. Net harrening jo’natmasi Internetda ro’y berayotgan barcha voqyealardan xabardor bo’lish imkonini beradi. Obuna bo’lish uchun quyidagicha xat jo’natish lozim:
Yangiliklar yoki telekonferensiyalar bo’limlarini o’qish.
UseNet - barcha mavzular bo’yicha umumiy xabarlar bilan almashish imkonini beruvchi kompyuterlar jamlamasidir. Bu xabarlar elektron pochtani eslatadi, lekin elektron pochta dasturiy ta'minotidan farqlanuvchi maxsus dasturiy ta'minot orqali uzatiladi. UseNet xabarlar xat (article) deb yuritiladi. Xatlar yangiliklar guruxi (news grours) yoki telekonferensiya guruxlariga mavzu bo’yicha guruxlanadi. Xat va yangiliklar guruxining jamlamasi yangiliklar (News) deb yuritiladi. Xar bir UseNet kompyuterlar xat ma'umotlari bazasini suyab turadi va xat qo’shni kompyuterlar bilan almashish orqali yangilanadi. Ma’umotlar bazasi foydalanuvchilarga yozib jo’natiladigan maqolalardan iborat. Yangiliklar guruxi jo’natma ro’yxatidan farqlanmaydi. Lekin maqolalar xammaga jo’natilmaydi, faqat uni o’qiy oladiganlargagina yuboriladi.
Xozir 2000 dan ortiq yangiliklar guruxi mavjud. Ular barcha tizimdagi yangiliklarni (kompyuter texnikasi, fanning turli soxalari, siyosat, dam olish mavzusi va xokazoni) qamrab oladi.
Telekonferensiya kategoriya va kategoriya bo’limlari ierarxik usulda tashkil etilgan. Bu kerakli telekonferensiyani topishga yordam beradi. Rasmiy ierarxiyada yettita asosiy kategoriya (ierarxiyaning yuqori darajasi) mavjud.
Boshqa bo’limlar xam mavjud. Yangiliklar guruxining nomi odatda nuqta bilan
ajratilgan ikkita yoki undan ortiq bo’limdan iborat bo’ladi. Nomlar chapdan o’ngga qarab
o’qiladi. Birinchi qism (eng chapdagi) nom yangiliklarning mazkur guruxi mansub
bo’lgan ierarxiyaning yuqori darajasini aks ettiradi:
Comr.sys.os.mswindows - Microsoft windows operatsion tizimiga
bag’ishlangan telekonferensiya.
jo’natmaning keng ro’yxati, shu orqali
Internetga obuna bo’lish mumkin.
kolleksionerlar uchun telekonferensiya.
fizika bo’yicha telekonferensiya.
- qandolatchilik bo’yicha telekonferensiya.
News.answers
Res.collecting Sci rhisics Alt.cooking-chat
UseNet DejaNews xabarlari bilan ishlash uchun NNTR (Net news transfer rrotocol - Internet yangiliklarini uzatish protokoli)dan foydalaniladi.
Xozir telekonferensiyalar bilan grafik muxitda (Microsoft Windows, X Windows System) ishlash dasturi mavjud, shu bilan birga Netscare va Microsoft NetShow dasturi ancha taniqli.
Sizni qiziqtiruvchi telekonferensiya bo’limini qidirish uchun httr://www.dejanews.com manzilgoxi bo’yicha UseNet DejaNewsdan qidirish tizimi xizmatidan foydalanish qulay. Buning boshqacha yo’li xam bor:
Web brauzerga Moskvadagi Iqtisodiy rivojlanish Xalqaro bank instituti manzilgoxi (httr://www.edimo.ru/) saxifasini yuklash;
«Sichqon» bilan «Umumiy axborot» bo’limiga kirish;
«Umumiy axborot» bo’limida «Internetda axborotni izlash tizimi» ro’yxatiga murojaat qilish;
«Internetda axborot izlash tizimi» bo’limida «UseNet-bo’yicha qidirish tizimi» bandiga murojaat qilish.
RING dasturi Internetda boshqa kompyuterlar bilan bog’lanish mumkinligini tekshirish uchun mo’ljallangan. U qisqacha xabar jo’natadi, unga boshqa kompyuter avtomatik ravishda javob beradi.
Agar siz RING yordamida boshqa kompyuter bilan bog’lana olmasangiz, demak umuman buni amalga oshirolmaysiz. Ulanishni tekshirish uchun aloqa qilishni istagan nost-kompyuter nomini kiritish va Ring komandasini berish («sichqon» orqali Ring
tugmachasini bosish) kifoya qiladi. Bunga javoban aloqa bog’lash mumkinligi xaqida axborot keladi.
Telnet bilan ishlash
Telnet bu terminalning emulyasiya protokolidir. U orqali Internetga olisdan turib kirish mumkin. Terminal emulyasiyasi - bu boshqa kompyuterga kirishni ta'minlovchi ish rejimi. Bu xolda boshqa kompyuter bilan uning terminali sifatida muloqotda bo’lasiz. Ko’pchilik xollarda DEC firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va UNIX operatsion tizimida terminal emulyasiyasi uchun mo’ljallangan vt100 terminal emulyasiyasidan foydalaniladi.
Unix operatsion tizimida fayllarni boshqarish DOS OT dagi kabi o’sha kataloglar tuzilmasiga asoslangan.
Olisdan turib ishlash seansini boshlash uchun telnet (Unix) komandasini berish va siz ishlashni xoxlagan mashina nomini ko’rsatish lozim.
Telnet host domain
Masalan:
telnet well.cf.ca.us
Bu komandaga nisbatan olisdagi kompyuter sizning ro’yxatga olingan nomingizni (login) va parolni so’raydi. Chunki telnet aloqani o’rnatish uchun siz ushbu olislashgan kompyuterda ro’yxatga olingan bo’lishingiz kerak. Agar siz Telnet komanda qatorida turib, Telnetiem ааб^а епатаёабе xaseaa ia'lumot olishni istasangiz, klaviatura bilan so’rov (?) alomatini kiriting.
Telnet dasturini kiritgan kompyuter lokal xisoblanadi. O’z o’rnida aloqa o’rnatadigan kompyuter - olislashgan kompyuter xisoblanadi.
Telnetdan maqsadga muvofiq foydalaniladigan xolatlar:
Siz bir qator kompyuterlarda ro’yxatga olingansiz va ba’zi ishlarni bajarishingiz kerak (dasturni kiritish uchun sizning kompyuterlaringizda resurs yetishmaydi, nisbatan kuchli kompyuterga kirishga ruxsat olish kerak; boshqa kompyuterda saqlangan ma’lumotga ega fayl bor va ushbu ma'lumotlar bilan ishlash uchun dasturni kiritmoqchisiz);
siz Internet tizimining «mijoz-server» ilovasidan foydalanmoqchisiz, lekin sizning mashinangizga kerakli «mijoz-dastur» kiritilmagan;
boshqa kompyuterda joylashgan lokal dasturga kirishga ruxsat olishingiz shart.
Lokal dasturning uchta turi mavjud:
Ma’lum mavzu bo’yicha faylga kirishni ta’minlovchi e’lonlar taxtasi (BBS - Bulletin Board Services);
ma'lumotlar bazasi;
menyu tizimi yordamida fayllarga qulay kirishni ta’minlovchi dasturlar.
Telnet bazasida Hytelnet ishlab chiqilgan. Hytelnet telnet yordamida ochiqdan- ochiq ulanish imkonini beruvchi tizimlar va kutubxonalarning gipermatnli ro’yxatida qayd etish uchun kompyuterlar tanlash imkonini beradi. Hytelnetni ishga solish uchun hytelnet komandasi beriladi.
Menyuda tanlash uchun yuqori (pastga) yuritish klavishlari va Enter klavishidan foydalaniladi. Foydalanuvchining Hytelnet ma'lumotlar bazasida saqlanadigan identifikatori va paroli dastur bilan avtomatik ravishda kiritiladi. Web Hytelnet taxminicha, httr://library.usask.ca/hytelnet manzilgoxi bo’yicha kiritish imkoni mayjud.
FTR bilan ishlash
FTR (file transfer rrotocol - fayllarni uzatish protokoli) - bu bir xost-kompyuterdan boshqasiga nusxa olish imkonini beruvchi FTR protokol va dasturning jamlamasi bo’lib, Internetning ilk xizmati turlaridan biri sanaladi.
FTR imkoniyatlari:
Olisdagi mashinadan fayllar qidirish;
fayllarda ma’lumotlarni jo’natish (xam ikkilik, xam matnli ma'lumotlarni).
FTR serverlarda katta xajmdagi fayl arxivlari saqlanadi (matnli axborot, dasturlar, ma'lumotlar bazasi).
Xozir Internetda FTR - serverining uch xil turi mavjud:
Internet-style (serverning barcha fayllariga kirish);
Listserver (cheklangan kirish);
FTRmail (elektron pochta orqali kirish).
Ba'zi o’rinlarda ftr telnetga o’xshab ketadi. FTR ishlashi uchun olisdagi mashinaga kirishga ruxsat bo’lishi zarur (foydalanuvchining mantiqiy nomi va parolni bilish lozim). Ko’pgina uzellarda anonim FTR usuli qabul qilingan. Bunda mantiqiy nom sifatida anonymous, parol o’rnida esa sizning pochta manzilgoxingiz beriladi. Odatda siz anonymous sifatida ro’yxatga olingansiz, olislashgan tizim fayllarining cheklangan to’plamiga kirishga ruxsat beriladi.
FTR yordamida fayllardan nusxa olish quyidagicha amalga oshiriladi:
FTR komandasi yordami bilan (agar UNIX OT interaktiv qobiqqa kirishga ruxsatingiz bo’lsa);
WinSock standarti FTR - dasturi yordamida (WS_FTR, Cute FTR dasturi);
Web - brauzer yordamida (Netscare Navigator, Internet Exrlorer).
Ko’pgina Web - brauzerlar anonimi FTRni amalga oshirishi mumkin, lekin faqat fayllarni kompyuteringizga yozish uchun foydalaniladi.
Freeware (bepul dasturiy ta'minot) - bu dasturiy ta'minot tarqatish va foydalanish uchun taqdim etiladi. Uning Sharewaredan farqi shundaki, Shareware bepul tarqatilishi mumkin, lekin bir qancha tanishuv davridan so’ng xaq to’lash lozim.
Archie bilan ishlash
Internet orqali kirish mumkin bo’lgan dasturlardan o’z kompyuteringizga nusxa ko’chirishingiz mumkin. Bunda kerakli dasturni qidirish lozim bo’ladi. Archie nomi bo’yicha FTR - serverda faylni qidiradi va qidirilayotgan faylni o’z ichiga olgan serverlar ro’yxatini chiqaradi. Shundan so’ng siz FTR yordamida kerakli faylni o’z kompyuteringizga yuborishingiz mumkin.
Archie doimo internetni skanerlaydi va uning ma’lumotlar bazasi to’xtovsiz yangilanadi. Agar siz faylning aniq nomini bilmasangiz Archie yordamida kalitli so’z bo’yicha faylni qidirishingiz mumkin. Archie ma’lumotlar bazasi ko’pgina universitetlar va tarmoq tashkilotlar tomonidan qo’llab-quvvatlanadi.
Archie ma'lumotlar bazasiga kirishga ruxsatni quyidagi usulda olish mumkin:
telnet orqali archie server bilan kompyuterga ulanish.
Kerakli faylni qidirish uchun FTR - search qidiruv tizimi xizmatidan foydalanish mumkin. Bu tizim barcha domenlar bo’ylab yoki siz buyurgan domen bo’ylab faylni tezkor usulda qidiradi, tashkil etish vaqti, mamlakatlar va boshqa belgilari bo’yicha tanlangan fayllarni xillarga ajratadi. Siz /httr://ftrsearch.ntnu.no/ manzilgoxi bo’yicha mazkur qidiruv bilan bog’lanishingiz mumkin.
FTR Search - FTR arxivida fayllarni qidiruvchi eng yaxshi mashina va u Tronxeym (Norvegiya)da joylashgan. FTR Search - ko’rsatilgan yoki barcha domenlar bo’yicha tezkor qidiruvni amalga oshiradi, yaratish vaqti natijalari, mamlakatlar va boshqa belgilar bo’yicha uni xillarga ajratadi. Ma'lumotlar bazasi 4,650 FTR sites, 5 mln. direktoriya va 65 milliondan ortiq 135 MV xajmdagi fayllar nomini o’z ichiga oladi, xar xaftada yangilanadi.
Gorher bilan ishlash
Gorher qulay shaklda Internet taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanish imkonini beradi. Gorher serverlaridan biriga ulanib, u bilan ishlash mumkin. Odatda xar bir Gorher - server ma'lum mavzuga: qishloq xo’jaligi, iqtisod qonunchiligi va xokazolarga bag’ishlangan.
Gorher menyu tizimidan foydalangan xolda sizga kerakli bo’lgan server bilan bog’lanish mumkin. Ma’lumotlar arxivi bilan ishlashni osonlashtirish uchun Gorherda Veronical (Very Easy Rodent Oriental Netwide Index to Comruterzed Archives - kompyuter arxivining o’ta oddiy tarmoq ko’rsatkichi) dasturi mavjud. Ushbu dastur yordamida siz kalit so’zlar bo’yicha Gorherning xar qanday serverida kerakli ma'lumotlarni qidirib topishingiz mumkin.
World Wide Web ishlash
World Wide Web (WWW) - multimedia asosida global gipermatn axborot tizimidir, u quyidagilarni amalga oshiradi:
Axborotlar maxsus dasturiy ta’minot joylangan Internetga birlashgan WWW - serverlarida saqlanadi;
axborot o’z ichiga matnni, grafikni, video va ovozni olishi mumkin;
Internetdan foydalanuvchilar ushbu axborotni Web - brauzerlar «dastur-mijozlar» yordamida olishi mumkin (Web - xujjatlarni ko’rib chiqish dasturi);
WWWda axborotlar xujjatlar shaklida taqdim etilgan. Ularning xar biri giperaloqa (hieperlinks) - jo’natmani o’z ichiga olishi mumkin;
WWWda gipermatnli xujjatlarni yaratish uchun HTML (Hirer Text Markur Language - o’lchash va gipermatn tili)dan foydalaniladi;
WWWda «mijoz-server» larning o’zaro xarakati HTTR (Hyrer Text Transmission Rrotocol - gipermatnni uzatish) protokoli asosida amalga oshiriladi. Bunda boshqa ilovalardan farqli ravishda butun ish davomida ikkita punkt oralig’ida aloqa o’rnatilmaydi, mijozning so’roviga nisbatan serverning xar bir javobidan so’ng aloqa to’xtatib olinadi;
HTML - xujjatlar shaklidagi tarmoq resurslari URL (Uniform Resourse Locator - resurslarning unifikatsiyalangan lokatorlari) yordamida identifikatsiyalanadi. URL kerakli resursning qaerda joylashganligini aniqlaydi.
HTTR serveridan xujjatlarni so’rash uchun quyidagicha sxemadan foydalaniladi:
Web tizimi shunisi bilan yaxshiki, Internetning boshqa serveri World Wide Web serveri bo’lishi shart emas. HTML ftr yoki Gorher bo’yicha yangiliklar (UseNet) guruxidan olinishi mumkin bo’lgan xujjatlar bilan aloqa o’rnatish imkonini beradi. Shuningdek, u telnet va elektron pochta adreslari bilan aloqa o’rnata oladi.
Internet resurslarini manzilgoxlash uslubiyoti HTTR sxemasi (gipermatn bilan ishlash sxemasi)
Tipik manzilgox quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
protokol:// server_manzilgoxi: (port_nomeri)/direktoriya_nomi/ fayl_nomi Masalan: httr: //www.edimo.ru/ea/growth.html
FTR sxemasi (fayllar arxivi bilan ishlash sxemasi)
Tipik manzilgox quyidagi ko’rinishga ega: protokol: //(protokol)@server_manzilgoxi: (port_nomeri) / direktoriya_nomi/fayl_nomi
Masalan: ftr: //ftr.msu.edu
Gorher sxemasi (taqsimlangan Gorher axborot tizimi resurslariga tayanish uchun sxema)