O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Ш.
Ш.
Ш
AL-XORAZMIY NOMIDAGI URGANCH DAVLAT
UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT
FAKULTETI 205-GURUXI TOLIBI
Shomuratov Jonibek
Ш
lii
Ш.
Ш
Ш
m
IfcJ
Ш
Ш
Ш
Mavzu: Global kompyuter tarmoqlari.
Tayyorladi: Shomuratov J.
В Qabul qildi: Matchanov B.
Ш Ш
m ш
m ш
m ш
Urganch-2012
REJA: Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
INTERNET global kompyuter tarmog‘i.
Internetdagi asosiy protokollar va ularning qo‘llanilishi. Global kompyuter tarmoqlarining tijoratda qo‘llanilishi.
Axborot texnologiyalari va zamonaviy texnika yutuqlari bilan o’zaro almashish extiyoji global kompyuter tarmoqlarini mamlakatlararo xamkorlik dasturini amalga oshirishning ajralmas qismi qilib qo’ydi. Ilmiy va maorif maqsadlari va biznes uchun ko’plab kompyuter tarmoqlari tashkil etilgan. Ko’plab tarmoqlarni birlashtira oluvchi va dunyo xamjamiyatiga kirish imkonini beruvchi tarmoq - bu Internet. Internet foydalanuvchiga cheksiz axborot resurslarini taqdim etadi. Ushbu resurslarga kirish uchun mos keluvchi amaliy dasturiy ta'minotdan foydalanish kerak. Do’stona grafik interfeys Internet xizmatidan xar bir kishining foydalana olishi uchun imkoniyat yaratadi. Bunday dasturlarning ko’pi foydalanuvchi uchun qulay bo’lgan Windows OT muxitida ishlaydi. Grafik interfeysli dasturlar muxim xususiyatlarga ega: ular foydalanuvchidan barcha tizimli arxitekturani bekitadi va xar qanday kompyuter platformasida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlash imkonini beradi.
Moliyaviy-iqtisodiy faoliyatdagi global kompyuter tarmoqlari.
Zamonaviy axborot texnologiyasiga ega xisoblash texnikasidan va elektron uzatish tizimidan foydalanmay turib, zamon talabiga javob beruvchi moliyaviy muassasalarni tashkil etish mumkin emas. Shu bois, bunday muassasalar xam dasturli-apparat kompleksi sifatida, xam elektron shaklda axborot uzatishning kommunikatsiya vositasi sifatida eng yirik isteomolchilar xisoblanadi. Tashkilotlarning aloxida avtomatlashtirilgan komlekslarini bog’lovchi global tarmoqlar milliy va xalqaro darajada xisob-kitoblar o’tkazish imkonini beradi.
SrrinNet tarmog’i
SrrinNet ma’lumotlarni uzatish tarmog’i bo’lib, o’nlab mamlakatlarning yuzlab shaxarlariga kirish uzellariga ega. SrrinNet tarmog’iga keng soxadagi ma’lumotlarga ega mingta ma'lumot bazasi ulangan. SrrinNet tarmog’i axborotlarniga katta tezlikda almashish imkonini beradi.
Glasnet tarmog’i.
Oshkoralik kuchaygan paytda tashkil etilgan va uni o’z atamasiga aylantirgan (Glasnost-oshkoralik) Glasnet tarmog’i 1990 yildan boshlab, Rossiya axolisiga va MDXdagi bir qancha davlatlar uchun jaxon Internet kompyuter tarmog’iga kirish
xizmatini ta’minlaydi. Xususiy mijozlar va tarmoq xizmatidan foydalanuvchi kichik biznes vakillariga e’tibor berish - Glasnetning ajralib turuvchi xususiyati sanaladi.
Sovam Telerort tarmog’i.
Sovam Telerort Xalqaro kompyuter axborot tarmog’i San Francisco/Moscow Telerort (AKSh), Cable&Wireless (Buyuk Britaniya) kompaniyalari xamda Avtomatlashtirilgan tizimlar instituti (Rossiya) tomonidan 1990 yilda tashkil etilgan. Tarmoq avvalo joriy vaqt rejimida teleks va telefaks xalqaro axborot almashuv uchun mo’ljallangan. Xalqaro tarmoqqa chiqish ijaradagi yo’ldan Iarbiy yevropaga aloqa qilish kanallari orqali chiqiladi.
Bank tarmoqlari va banklararo xisob-kitoblar tizimi
Xo’jalikda to’lovlarning katta qismi naqd pulsiz xisob-kitob shaklida amalga oshiriladi. Naqd pulsiz aylanmaning katta axamiyati iqtisod uchun ko’plab banklararo pul o’tkazishni o’zaro xisobga olish tizimi yoki kliring bilan almashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Kliringni qo’llashning nisbatan samarali soxalari quyidagicha: Markaziy Bank tizimida banklararo xisob-kitob, pul mablag’larini o’zaro o’tkazishni doimiy takrorlovchi iqtisodiy jixatdan bir-biriga bog’liq korxonalarga xizmat ko’rsatish, bir xildagi tezkor bitimlarni amalga oshirish. Kelajakda aksionerlik kliring va xisob-kitob tuzilmalarini tashkil etish va ularni jaxon moliya tizimiga birlashtirish - bu Markaziy Bank siyosatining yo’nalishlaridan biri xisoblanadi.
Endi turli mamlakatlardagi mayjud kliring tizimini ko’rib chiqamiz.
AQSh banklari to’lov xabarlarini uzatish uchun quyidagi asosiy kommunikatsiya tarmog’idan foydalanadi:
BANKWARE - xususiy banklar va tijorat korxonalari extiyojiga xizmat qiluvchi kommunikatsiya tizimi;
CHIRS - xisob-kitob palatalari uchun banklararo to’lov tizimi;
yevropa banklarida quyidagi tizimlar keng qo’llaniladi:
CHARS - Buyuk Britaniya banklararo kliring xisob-kitoblari tizimi. U o’z ichiga 200ta bank va bir necha xisob-kitob markazlarini oladi;
BACS - kliring tizimi, Buyuk Britaniyaning yirik va mayda korxonalariga tijorat usulida naqd pulsiz aylanma qilishiga xizmat qiladi.
SIT - Fransiya markaziy banki ko’magida 15 ta yirik banklar asosida tashkil etilgan
tizim.
Loyixa maqsadi - banklar, savdo va sanoat firmalarini yagona xisob kompleksiga birlashtirish. Bu kompleks mablag’ o’tkazish va banklararo o’z aro xisob-kitobni tezkor usulda amalga oshiradi.
Banklararo ma’lumotlarning xalqaro tarmog’i
Xalqaro banklar tarmog’i doimiy o’sib bormoqda. Ma’lumotlar va telekommunikatsiya xizmatiga nisbatan ortib borayotgan talabni qondirish uchun xalqaro tarmoq tashkil etilmoqda. U to’lovlarni o’tkazish, aktivlarni boshqarish va ma’lumotlar bilan ta'minlash bo’yicha kompleks xizmat ko’rsatadi. Ular ichida HEBS (Hexagon Electronic Banking System) kabi mashxur tarmoqlar mavjud. Lekin dunyoda eng yirik moliyaviy xabarlar tarmog’i SWIFT xisoblanadi. Bu tizimga qo’shilgan xar qanday bank o’zini jaxon moliya uyushmasining to’liq a'zosi deb xisoblashi mumkin.
70-yillar boshida xarbiy mamlakatlardagi yirik moliyaviy muassasalar tezda o’sib ketgan xalqaro to’lov xabarlarini qayta ishlashni avtomatlashtira boshladi. Tijorat telekommunikatsiya tarmoqlari soni ko’paydi. Ularning xar biri o’z shaxsiy formatlari, aloqa vositalaridan, ma’lumotlarni qayta ishlash tartibidan, kirishdan ximoyalash usullaridan foydalandi.
1973 yil yevropa va Amerikaning 250 ta yirik banklari Xalqaro Banklararo Moliyaviy Telekommunikatsiya - SWIFT (Society for Worldwide Interbank Financial Telecommunications^ asos soldilar. Jamiyatning vazifasi - yagona bank xabarlari tizimini yo’lga solish va qo’llab-quvvatlash edi. U ishtirokchilarga sutka davomida dunyoning xar qanday nuqtasidagi moliyaviy ma'lumotlarga standart shaklda kirish imkonini beradi. SWIFT Xalqaro tarmog’i 1977 yildan boshlab faoliyat ko’rsata boshladi. Ma’lumotlar tarmoq bo’yicha standartga muvofiq strukturalashtirilgan ma'lumotlar ko’rinishida uzatiladi.
Bank xabarlari standartlarini yaratish va qayta ishlashda SWIFT tizimi firma - mutaxassislarigina emas, shuningdek, Standartlar bo’yicha Xalqaro Qo’mita, Xalqaro Savdo palatasi (ICC) xam ishtirok etadi. Natijada banklarning moliyaviy va tijorat operatsiyalari xaqidagi namunaviy xabarlar standartlari ishlab chiqildi. Ularning ayrimlari xalqaro miqyosda tan olindi. Misol sifatida banklarning identifikatsiya kodlari - BIC kodlarni keltirish mumkin.
SWIFT tarmog’i standartlarida uzatiladigan ma'lumotlarning kategoriyasi, gurux va tillari aniq belgilangan. Xabarlarni uzatishdan tashqari tizim IFT (Interbank File Transfer) xizmati darajasida banklararo fayllar bilan almashishni qo’llab-quvvatlaydi. Standartlarni jaxon banklari amaliyotiga kiritish SWIFTning eng asosiy yutuqlaridan biri. Bu narsa moliyaviy muassasalarga xujjatlar bilan almashish va nizo xamda xatolardan qochish imkonini beradi. Xozirda tarmoq asosini uchta kommunikatsiya stansiyalari tashkil etadi. Ular Amsterdamda (Gollandiya), Bryusselda (Belgiya), Kalpepereda (AQSh) joylashgan. Bundan tashqari, o’z mamlakatlaridagi mijozlarga xizmat ko’rsatuvchi regional stansiyalar mavjud. Zamonaviy texnologiya va talabalar SWIFT tarmog’ ini zamonaviylashni muvofiqlashtiradi. Natijada arxitekturasi to’rtta darajadan iborat yangi - SWIFT-II yaratildi:
• Abonentning kirish nuqtasi xisoblanmish foydalanuvchining terminallari (SWIFT Based Terminal - SBT);
mintaqaviy protsessor (Regional Processor - RP). Uning vazifasi xabarlarni uzatish, protokollami boshqarish, keluvchi xabarlar to’g’riligini tekshirish, abonentlarga ularning ma’lumotlarini qabul qilganlik xaqidagi tasdiqni uzatishdan iborat. RD aanrnolari ularga berilgan kodlar bo’yicha taniydi;
marshrutlovchi (guruxli) protsessor (Slice Processor - SP) xabarlarni marshrutlashni boshqaradi, barcha ma’lumotlar va xabarlarni uzatish xaqidagi xotirani saqlaydi, tizimli xabarlarni ishlab chiqadi, tizimga asoslangan arxivni olib boradi va ular elektron nusxasining maxsus ma'lumotlar bazasida saqlanishini boshqaradi;
tizimni boshqarish protsessori, faqat barcha tizimni boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi. Tizimda asosiy kompleksda barcha operatsiyalarni takrorlash uchun zaxira protsessori mo’ljallangan.
SWIFT ma'lumotlarni yuqori darajada ximoyalashni ta'minlaydi. SWIFTning asosiy talabi terminallarni ulash tartibidir. Tizim xar bir foydalanuvchi uchun individual yashirin kod bilan qayd etish orqali tizimli xabarlar nazoratini tashkil etish asosida xar bir ulangan terminalni aniqlashi (tanishi) kerak. Bu xabar maxsus qurilma yordamida shifrlanadi. Qurilmada modul bo’lib, u tasodifiy sonlar generatoridan foydalangan xolda shifrlovchi kalitni xosil qiladi.
Foydalanuvchiga keyingi qayd qilish uchun yangi kod beriladi. Bu - kalitlar almashish tartibi deb yuritiladi. Terminal aniqlanganligi tasdiqlangandan so’ng u tarmoqda qayd etiladi. Barcha kodlar va kalitlar SWIFT terminaliga mikroprotsessorlar karta (MK) yordamida kiritiladi. MKni xavfsizlik tizimi (User Security Enhancement - USE) ishlab chiqadi. Terminalni tarmoqqa ulash tartiblaridan birortasi buzilgan taqdirda, (shovqin, liniya uzilishi aniqlansa, uzatishda xato aniqlansa yoki xabar formati tizimiga kiritish tartibi notug’ri bo’lsa va xokazo) terminal avtomatik ravishda uchadi, maxsus faylda bu xol qayd etiladi. Shu orqali past sifatli liniya aniqlanadi.
Foydalanuvchining imtiyozini farqlash vositasi axborot xavfsizligini ta'minlash buyicha qo’shimcha chora xisoblanadi. Bundan tashqari, tizimda tez-tez to’xtab qolishdan ximoyalash uchun axborotlarni zaxira nusxalab qo’yish xisobga olingan. SWIFT tizimining barcha imkoniyatlaridan foydalanish uchun maxsus dasturiy-apparatli interfeys mavjud. Bugungi kunda SWIFT tarmog’i uchun terminal komple kslarni taklif etuvchi 100 dan ortiq firma mavjud. SWIFT terminal komplekslari uchun platforma ishlab chiqaruvchilari o’rtasida Digital Equipment (VAX va Alpha tizimi), IBM (PS/2, S370, RS/6000), Hewlett Pacard (Apollo 9000), Sun Microsystems (SPARC oilasiga mansub protsessorli kompyuterlar) kabi kompaniyalar mavjud. Bugungi kunda SWIFT terminal komplekslar bozorida Digital va IBM nisbatan mashxur sanaladi.
SWIFTda ishlatiladigan ba’zi terminal komplekslar ta'rifi 1-jadvalda ko’rsatilgan.
Bugungi kunda SWIFT tizimi bank operatsiyalari, valyuta va pul bozori, qimmatbaxo kog’ozlar savdosi, savdo operatsiyalariga xizmat ko’rsatish, xalqaro to’lovlarni amalga oshirish kabi muxim moliyaviy faoliyat soxalarida ma’lumotlar bilan tezkor almashuvni ta'minlaydi. Vosita va xizmat xaqi yuqori bo’lishiga qaramasdan
SWIFT tarmog’i abonentlari soni ko’payib bormoqda. Bu xol SWIFT jamiyatiga kelgusida moliya faoliyatining boshqa soxalarini qamrab olgan xolda tarmoqni yanada kengaytirish imkonini beradi.
Qimmatbaxo qog’ozlar bilan operatsiyalar o’tkazish uchun kompyuter tarmoqlari.
Qimmatbaxo qog’ozlar bozorining samaradorligi ko’p jixatdan uning qanchalik kompyuterlashtirilganligiga bog’liq. Xozir jaxon moliya bozorida samarali ishlash uchun kompyuterlash darajasini yaxshi egallash zarur. Global tarmoq kompyuter tarmog’i SIT (Fransiya) va Taurus (London xalqaro fond birjasi) tizimlarida keng qo’llaniladi.
Qimmatbaxo qog’ozlar bozorini elektron usulida tashkil etishga va bozor ishtirokchilarining yagona axborot muxitini qo’llab-quvvatlashga keng e’tibor beriladi. Axborotlarning turli xil oqimini muvofiqlashtirish va tizimga solishga ixtisoslashgan tashkilotlar paydo bo’lmoqda. Masalan, AQSh qimmatbaxo qog’ozlar bozorida qimmatbaxo qog’ozlar industriyasini avtomatlashtirish korporatsiyasi shunday tashkilotlardan sanaladi.
Qimmatbaxo qog’ozlar oldi-sotdisida buyurtmalar bilan xabarlar formatini standartlash masalalari ko’pincha xalqaro darajada xal etiladi. (Bu narsa ayniqsa turli xil milliy va regional kompyuter tarmoqlari orqali ma’lumotlar almashuvida muxim).
Standartlash bo’yicha Xalqaro Tashkilot tomonidan qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, ular qimmatbaxo qog’ozlarni olish va yuborish xamda ular oldi-sotdisiga egalik qilish, qimmatbaxo qog’ozlarni kodlash va sertifikatlarni nomerlash xaqidagi ma'lumotlar formatini belgilaydi.
Global tarmoq tuzilmasi.
Umumiy xolatlarda global tarmoq kompyuterlar va terminallar ulangan aloqa tarmoqchasini ulaydi. Lokal tarmoqqa birlashgan kompyuterlarni ulashga ruxsat beriladi. Aloqa tarmoqchasi ma’lumotlarni uzatish kanali va kommunikatsiya uzellaridan iborat. Mijoz-foydalanuvchilar ishlaydigan kompyuter ishchi stansiyalar deb yuritiladi. Foydalanuvchilar taqdim etadigan tarmoq resurslari manbai serverlar deb yuritiladi.
Serverlar tarmoq bo’ylab axborotni tez uzatish uchun, axborotni dasturiy ta'minot yordamida vazifalarni bajaruvchi kompyuterlardir. Bu uzellar aloqa tarmog’ining ishlash samaradorligini ta'minlaydi. Ko’rib chiqilgan tarmoq uzelli xisoblanadi va global tarmoqda qo’llaniladi. INTERNET global kompyuter tarmog’i
1957 yil ARRA (Advanced Research Rrojects Agency) tashkiloti tuzildi. 60-yillar oxirida DARRA (Defense Advanced Research Rroject Agency) ARRANet tajriba tarmog’ini tashkil etish xaqida qaror qabul qildi. Ilk bor tarmoq 1972 yilda namoyish etildi. U 40 ta kompyuterdan iborat bo’lib, asosiy tuzilish prinsipi tarmoqdagi barcha
kompyuterlarning teng xuquqli bo’lishi edi. 1975 yil ARRANet tajriba tarmog’i maqomini xarakatdagi (amaliy) tarmoq maqomiga o’zgartirdi.
80-yinar boshida tarmoqda mashinalarning o’zaro ta'sir protokollari
standartlashtirildi. Boshlang’ich variant TCR/IR (Transfer Control Rrotocol/Internet Rrotocol). BBN kompaniyasi bilan shartnoma tuzildi, bu esa TCR/Irni UNIX OT safiga kiritdi. 1983 yilda - Internet tashkil etildi. ARRANet 2 ta qismga bo’lindi: MILNet va ARRANet, ularga NSFNet va boshqa tarmoqlar ulandi. 1989 yil - ARRANet mustaqil almashish imkonini yaratdi. Biroq bir necha yil ilgari uning resurslariga faqat faylga murojaat qilishga mo’ljallangan dasturiy ta'minot yordamidagina kirish mumkin edi.
Gipermatnli inqilob: 1965 yil Nelson gipermatn so’zini qo’lladi. Van Dam va boshqalar 1967 yilda gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Nelson 1987 yil ma’lumotlarning gipermatn taxrirlovchisini tuzib chiqdi. Jeneva SeRN (CERN) da ishlovchi fizik Tim Bernes Li 1990 yil gipermatnli loyixani taklif etdi. Bu loyixa fizik olimlarga Internet orqali tadqiqot natijalarini o’zaro almashish imkonini berar edi. Shunday qilib, Xalqaro axborot tarmog’i - World Wide Web (WWW) ga poydevor qo’yildi. 1993 yil Mark Anderson raxbarligida birinchi gipermatnli Mosaic grafik brauzeri ishlab chiqildi va u Netscape korporatsiyasiga o’tib Netscape brauzerini ishlab chiqdi. 90 yillar o’rtalarida Internet biznes-ishlovlar bilan ishlash uchun qo’llanila boshlandi. Biroq, bu borada turli muammolar: tarmoq kanallarini ortiqcha yuklash va axborotni ximoyalash mavjud edi. Internetning statistik ma'lumotlari quyidagicha:
1981 y. - Internet ga 213 ta kompyuter ulangan;
1983 y. - Internet ga 562 ta kompyuter ulangan;
1986 y. - 5089 ta kompyuter ulandi;
1992 y. - 727000 kompyuter ulandi;
1995 y. - 20-40 million kompyuter birlashdi.
Internetga joylangan asosiy g’oyalar
ISI (International Standard Organization - Standartlash bo’yicha Xalqaro tashkilot) ochiq tizimlar (ISO/OSI) o’zaro ta'sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o’zaro munosabatini tashkil etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. Internet tarmog’i yetti darajali model asosida tashkil qilingan.
ISO modeliga muvofiq xar bir darajaning vazifasi quyidagi servisni bajarishdan
iborat:
7-daraja - amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o’zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o’rtasida interfeysni ta’minlagan xolda). Bu darajada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan xolda terminalga kirish, elektron pochta va xokazo.
6-daraja - ma’lumotlarni taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani bir xillashtirish ta'minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o’rtasida ma'lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma ’lumotlarni uzatuvchi kompyuterda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma'lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Ma'lumotlarni qabul qiluvchi kompyuterda bu darajadagi ma'lumotlarni oraliq daromaddan qabul qiluvchi kompyuterning amaliy darajasini aniqlaydigan formatga aylantiradi.
5-daraja - seansli. U ikkita gapni turli kompyuterlarga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:
Xavfsizlik vositalarini boshqarish;
ma’lumotlar almashuvini sinxronlash;
uzilish (to’xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.
4-daraja - transportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni tug’ri tashishni ta'minlaydi, xatolarni imkon darajasida tug’rilayda. Tashish bo’yicha servis xizmati ko’rsatadi.
3-daraja - tarmoqli ikki mashina o’rtasidagi aloqani tashkil etadi.
Ma’lumotlarni manzillarga jo’natishga va mantiqiy manzilgoxlar va nomlarning jismoniy manzillarga o’zgarishiga javob beradi; jo’natuvchi kompyuterdan qabul qiluvchi kompyutergacha bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’liq xolda ma'lumotlarning o’tish yo’lini belgilaydi.
2-daraja - kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma'lumotlarni to’playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muxitga kirishini boshqaradi.
1-daraja - xisoblash tarmog’i o’rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta'minlaydi.
Ko’pchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar tug’ridan-tug’ri o’zaro ta'sir qila olmaydi. Xar qanday daraja faqat qo’shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o’zaro ta'sir ko’rsatadi. Qo’shni daraja bilan o’zaro ta'sir ko’rsatish interfeys deb yuritiladi.
Protokollar.
Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompyuter birgalikda xarakatlanadi. Ayrim protokollar ma'lumotlar xarakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa, ma'lumotlarni bir formatdan boshqasiga o’tkazadi.
Internet bo’ylab yuborilgan xar bir axborot protokol orqali kamida uch daraja bo’ylab o’tadi:
Tarmoq daraja - bunda xabarni bir joydan ikkinchi joyga yetkazish kuzatib boriladi;
transport daraja - bunda uzatiladigan xabarlar butunligi kuzatiladi;
amaliy darajada - xabarlarning kompyuter formati kishining ma'lumotni qabul qilishi uchun qulay ko’rinishga o’zgaradi.
Internetda ikkita asosiy protokoldan foydalaniladi: IR (Internet Rrotocol)-tarmoqlararo protokol, ma'lumotlarni aloxida paketlarga ajratadi. U qabul qiluvchining manzili (IR - manzil) bo’lgan sarlavxa (nomlanishini) ta'minlaydi. Ularning belgilangan punktga to’g’ri ketma-ketlikda yetib borishi protokol bilan kafolatlanmaydi. Ushbu protokolning muxim vazifalaridan biri - bu marshrutlash (Internet bo’yicha yo’l tanlash. Paketlar shu yo’l bo’ylab o’zatiladi.). IR protokolni mantiqiy birikishlarsiz ishlaydi, u xatolarni aniqlamaydi va tuzatmaydi.
TCR(Transmission Control Rrotocol) protokoli - transport darajali protokol - u paketni to’g’ri yetkazib berish uchun javob beradi.
Jismoniy dastur darajasi ma'lumotlarni taqdim etish muammosini mustaqil xal etuvchi amaliy dasturdan iborat.
Transport darajasi - ma’lumotni kompyuterdan kompyuterga yetkazib berishni ta’minlaydi.
Tarmoqlararo daraja - manzilgoxlar va marshrutlar bo’yicha ishlarni ta'minlaydi.
Tarmoqqa kirish darajasi - apparat interfeyslari va ushbu apparat interfeyslari drayverlaridir.
IR - adreslash.
IR protokoli o’z ishini bajarish uchun axborotlar almashuvida ishtirok etuvchi kompyuterlarni bir xillashtirish kerak.
IR adreslariga misollar: 196.201.90.0
204.1.1.23
host - kompyuter adresi (IR - adres) mantiqan ikki qismga bo’linadi. Ulardan biri Network ID tarmoq identifikatori, ikkinchisi esa Host ID uzel identifikatori deb yuritiladi.
Tarmoq identifikatori Uzel identifikatori Network ID Host ID
Global tarmoq o’z Network ID identifikatoriga ega bo’lgan ko’plab tarmoqlarni birlashtirishi mumkin. Xar bir tarmoqda o’z Host ID identifikatoriga ega bir qancha uzellar bo’lishi mumkin.
A sinfdagi adreslar umumiy foydalaniladigan katta tarmoqlarda qo’llash uchun mo’ljallangan. A sinfdagi tarmoqlar 126ta bo’lishi mumkin, undagi mumkin bo’lgan uzellar soni esa, 224 bo’lishi mumkin - bu gigant tarmoqdir. Bunday tarmoqlar kam.
V sinfdagi adreslar o’rta o’lchamdagi tarmoqda (katta kompaniyalar, ilmiy- tekshirish institutlari, universitetlar tarmog’i) foydalanish uchun mo’ljallanga n. V sinfdagi tarmoqlar soni 16.000, undagi uzellar esa 65.000 tani tashkil etadi.
S sinfdagi adreslar tarmoqda uncha ko’p bo’lmagan kompyuterlar bilan ishlashga mo’ljallangan (uncha katta bo’lmagan firma va kompaniyalar tarmog’i). S sinfdagi tarmoq 2.000.000 ta, undagi uzellar soni esa 255dan kam bo’ladi.
D sinfdagi adreslar kompyuterlar guruxiga murojaat qilish uchun foydalaniladi. ye sinfdagi adreslar esa, zaxiralangan D sinflar va ye sinflar - guruxli va maxsus tarmoqlardir.
Birinchi bayt bo’yicha IR adreslar tarmoqlar sinfni aniqlaydi. Agar 1-bayt qiymati 1dan 126gacha bo’lsa, u A sinfdagi tarmoqqa tegishli:
127-191-V sinfdagi tarmoq;
192-223-S sinf tarmog’i.
Qolganlar - D va ye sinfga mansub. Tarmoq nomerlarini taqsimlaydigan xalqaro tashkilot mavjud. Tarmoq ma'muri tarmoq uzeli nomerini belgilaydi.
Internetda domenli adreslash
Xar bir IR adres bitta aniq tarmoq domenga murojaat qiladi. Domen - bu tarmoqdagi nomma-nom xostlar guruxidir. Agar sizga kompyuter va domen nomi ma'lum bo’lsa, ularning manzilgoxi xaqida aniq tasavvurga ega bo’lasiz.
Nomerlardagi domenlar bir-biridan nuqtalar orqali ajralib turadi. Nomda birinchi o’rinda IR adresli aniq kompyuter - ishchi mashinaning nomi turadi. Nomda xar qanday sonli domenlar bo’lishi mumkin, ammo 5 dan yuqorisi kam uchraydi.