2-MAVZU: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati.
Reja:
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
2. Menejmentning ilmiy maktablari
3. Mamlakatimizda boshqaruvni rivojlanishi
4. Menejmentning xorijiy modellari
5. Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment.
6. Kadimgi amaliyot va yangi fan.
7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish.
8. Jarayon, xolatiy va sistemali yo’nalish.
1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo bo’lgan. U mehnatni taqsimlanishi va
kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning ijtimoiy
ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi bilan asoslangan.
Bunda ulardan birlari rahbar, ya’ni boshqaruvchilar, boshqalari esa ularning tobelari, ya’ni
boshqariladiganlar bo’ladilar.
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar harakatlarni
boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan.
Menejmentni paydo bo’lishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bog’liq:
Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni o’sishi, mulk
egasi va tadbirkorni boshqaruvning o’sib borishga qiyinchiliklarini bartaraf qilishga qodir
emasligi;
Bozor sub’ektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini o’sishi va bozor
aloqalarini kuchayishi;
Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni o’sishi va
bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
Yirik korporatsiyalarni paydo bo’lishi va shunga ko’ra faqat xodimlarning maxsus
apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini ko’payishi,. Xuddi
korporatsiyada menejment mulk egasi- tadbirkorning o’zini o’zi boshqarishidan butunlay
ajraladi;
Mulkni aktsiyadorlar o’rtasida jamlanishi, buning natijasida aktsiyadorlik
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo bo’ladi;
Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan
foydalanishga harakat qilishlari;
Ijodiy, sho’’baiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish usullarini
yaratish istagi.
Dostları ilə paylaş: |