2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati


 Jarayon, xolatiy va tizimli yo’nalish



Yüklə 196,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix30.09.2023
ölçüsü196,32 Kb.
#150849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati

8. Jarayon, xolatiy va tizimli yo’nalish. 
Ma’muriy maktab tarafdorlari jarayon yo’nalishi to’g’risida fikr yuritib menejer 
funktsiyalarini ko’rsatib bergan edilar. Ular bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq emas deb 
hisobladilar. Jarayon yo’nalishi esa bu funktsiyalarni bir-biriga bog’liq ekanligini ta’kidlaydi. 
Boshqaruv bir jarayon sifatida ko’rib chiqiladi. SHu sababli maqsadlarga erishish - bir-
biriga bog’liq bo’lgan uzluksiz harakatlardan iboratdir. Bu harakatlar har biri jarayon bo’lib, 
tashkilot muvaffaqiyati uchun juda muhimdir. Ularni boshqaruv funktsiyalari deb aytiladi. Anri 
Fayolь birinchilardan bo’lib boshqaruvni oldindan belgilash va rejalashtirish, tashkil etish
foydalanish, muvofiqlashtirish va nazorat qilishdan iborat ekanligini ta’kidladi. 


Hozirgi vaqtda adabiyotlarda boshqaruvning quyidagi funktsiyalari mavjudligi ko’rsatiladi: 
rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish, rag’bat berish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish
nazorat qilish, kommunikatsiya, tadqiqotlar o’tkazish, baholash, qaror qabul qilish, xodimlarni 
to’plash va tanlash, muloqotlar olib borish va bitimlar tuzish. 
Tashkilotlarni boshqarish jarayonida turli xolatlar yuzaga keladi. Xolatiy yo’nalish fanni 
aniq xolatlar va sharoitlarga moslashtirishni nazarda tutadi. Ayni vaqtda yuzaga kelgan xolat va 
undan samarali tarzda foydalanish tashkilot samarasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Rahbarlar har bir 
xolatga mos ravishda harakat qilishlari lozim. XX-asrning 20-yillarida Meri Parker Follett 
«Xolat qonuni» to’g’risida gapirib o’tgan edi. U turli xolatlar turli bilimlarni talab qilishini 
ta’kidlagan edi. 
Boshqaruvda samarali yo’nalish ham mavjud. Tizim - bir-biriga bog’liq bo’lgan bir 
butunlikdir. Har bir qism bu bir butunlikga ta’sir ko’rsatadi. Rahbar nafaqat o’z vazifasi 
doirasida o’ylashi, balki boshqa bo’limlar vazifalari to’g’risida ham fikr yuritishi, u qabul 
qilayotgan qarorlar boshqa bo’limlar faoliyatiga ham samarali ta’sir ko’rsatishini bilishi lozim. 

Yüklə 196,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin