2-mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati
5. Mustaqillik davrida O’zbekistonda boshqaruv va menejment. Mamlakatimiz iqtisodiyoti bozor munosabatlari o’tish jarayonida boshqaruv faoliyati
sohasida katta o’zgarishlarni amalga oshirmoqda.
2018 va undan keyingi yillarga mo’njallangan ustuvor yo’nalishlar ichida ham bu masala
asosiy vazifalardan biri qilib ko’rsatilgan. Iqtisodiyot va uning soha, tarmoqlari rivojlanishida
qo’yilgan bu kabi masalalarning samarali tarzda yechilishi uchun menejment faoliyatida
quyidagilar harakterlidir:
1.Ishlab chiqarishning va umuman biznesning samararadorligini oshirishga muntazam
intilish.
2.Tashkilotning bozordagi faoliyati oxirgi natijalariga javob beradigan shaxsga erkin qaror
qabul qilishni ta’minlaydigan keng xo’jalik mustaqilligi.
3.Bozor xolati va tashqi muxit o’zgarishlaridan bog’liq ravishda maqsadlar va dasturlarga
doimiy tuzatishlar kiritish.
4.Rejalashtirilgan pirovard natijaga erishishga faoliyatni qaratish.
5.Ko’p variantli hisoblar uchun zamonaviy informatsion bazani qo’llash.
6.Joriy rejalashtirishdan perspektiv rejalashtirishga o’tishda rejalashtirish funktsiyalarini
o’zgartirish.
7.Axborot texnologiyalaridan, kompьyuterlardan maksimal ravishda foydalanish.
8.Boshqarishda tashkilotning hamma xodimlarini jalb etish.
9.O’zgarishlarni ko’zda tutish, o’zgaruvchan qarorlar asosida boshqarishni amalga
oshirish.
10.
Innovatsiyalarga e’tiborni kuchaytirish.
11.
Har bir boshqarish qarorlarini chuqur tahlil qilish.
12.
Oqilona tavakkal qilish va tavakkalni boshqarish kobiliyati.
13.
Menejment rolini tayanch darajasigacha ko’tarish.
14.
Mavjud iqtisodiy resurslardan foydalanish darajasini orttirib borish, ularning har bir
birligidan samaraliroq foydalanishni tashkil etish.
Menejmentning vazifasi avvaliga xohishni imkoniyat darajasiga keltirib, so’ng esa uni
xaqiqatga aylantirishdan iboratdir.