2-mavzu: Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati


Qadimgi amaliyot va yangi fan



Yüklə 196,32 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix30.09.2023
ölçüsü196,32 Kb.
#150849
1   2   3   4   5   6   7   8   9
2-mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va hozirgi xolati

. Qadimgi amaliyot va yangi fan. 
Tashkilot muvaffaqiyatga erishmoqchi bo’lsa boshqaruv jarayonini amalga oshirishi shart. 
Qadimgi zamonlarda ham tashkilotlar bo’lgani kabi, ularda boshqaruv ham mavjud bo’lgan. 
Demak, boshqaruv amaliyoti qadimdan beri mavjud bo’lgan. Temuriylar bog’lari, Buxoro va 
Samarqanddagi tarixiy obidalar, shaharlar, mamlakatlar o’rtasida yuz bergan urushlar, Misr 
exromlari – bular barchasi tashkiliy harakatlar natijasida amalga oshgan. Bu harakatlar barchasi 
boshqaruv faoliyati orqali amalga oshirilgan. Belgilangan maqsadga erishish esa samarali tarzda 
boshqarishni, ishlarni to’g’ri tashkil etishni talab qilgan. 
Yillar o’tishi bilan tashkilotlar kengayib, ularni faoliyati murakkablashib borgan. SHu 
sababli, ularni boshqarish ham murakkablashib boradi. Qadimgi boshqaruv bilan zamonaviy 
boshqaruv orasida katta farq bor. Boshqaruv faoliyati qadimiy bo’lgani bilan boshqaruv g’oyasi 
ilmiy fan sifatida, tadqiqotlar sohasi sifatida, nisbatan yangidir. Rivojlanish davom etib borgan 
sari boshqaruvga fan sifatida qarash boshlandi. Boshqaruv faoliyati tadqiqotlar sohasiga aylandi, 
samarali boshqaruv yo’llari izlana bordi. 
7. 1900 yilgacha bo’lgan tashkilotlar va ularni boshqarish. 
Tashkilotlar ham qadimdan mavjud bo’lgan. Ammo, qadimgi tashkilotlar hozirgi 
tashkilotlardan ko’p jihatdan farq qilgan. Qadimgi tashkilotlarda ham zamonaviy tashkilotlarning 
ba’zi bir jihatlari mavjud bo’lgan. Rivojlanish natijasida tashkilotlar ham murakkablashib 
borgan. 
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlarni 1-jadvalda 
ko’rsatilgan. 
1-jadval 
Qadimgi tashkilotlar bilan zamonaviy tashkilotlar orasidagi farqlar 
Qadimgi tashkilotlar. 
Zamonaviy tashkilotlar 
Kichik va mayda tashkilotlar. 
Yirik va bakuvvat tashkilotlar. 
Rahbarlarning kamligi. 
Rahbarlarning ko’pligi. 
O’rta bo’g’in rahbarlarining yo’qligi. 
O’rta bo’g’in rahbarlarining ko’pligi. 
Boshqaruv faoliyatini boshqa faoliyat 
turlaridan ajralmaganligi. 
Boshqaruv faoliyatining mustaqilligi. 
Rahbarlikni avloddan-avlodga o’utishi 
yoki kuch ishlatib olinishi. 
Rahbarlikni qonuniy yo’l bilan, ilm va 
bilim egallanishi. 
Tashkilot uchun muxim qarorlar 
kamchilik tomonidan qabul qilingan. 
Muxim 
qarorlar 
qabul 
qilishda 
ko’pchilikning qatnashuvi. 
Buyruq bilan ishlash. 
Jamoa mehnati va samarali faoliyatga 
asoslanish. 
Tashkilotlar va boshqarish qadimda va hozir mavjud bo’lgani bilan ular orasida juda katta 
farq bo’lgan. Avvalgi vaqtlardagi tashkilotlarda, ya’ni, XX-asrgacha bo’lgan tashkilotlarda 
boshqaruvni qanday qilib tizimli tarzda amalga oshirishga qiziqish bo’lmagan, asosan ko’proq 
pul ishlab topish asosiy maqsad hisoblangan. SHu bilan birgalikda siyosiy xokimiyatga ega 
bo’lishga qiziqish katta bo’lgan. Qanday kilib samarali boshqarishni amalga oshirish to’g’risida 
fikr yuritilmagan. 

Yüklə 196,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin