2. Diversiyalashni qo’llash.
Diversiyalashning tub maqsadi aksionerlar uchun qadriyatlar yaratish
hisoblanadi. Yagona korporativ tizimga birlashgan firmalar guruhi ularning xar biri
beradigan samaradan ko’prok samara bermas ekan, diversiyalash aksiyalarning
daromadliligini oshirmaydi. Agarda "A" kompaniya "B" kompaniyani sotib olish
bilan diversiyalanar ekan va ular oladigan foyda ular birlashishidan oldin oladigan
foyda summasidan oshmas ekan, bunday diversiyalash muvaffaqiyatsizdir. "A"
kompaniyaning omonatchilari 2+2=4 natijani o’z mablaglarini "B" kompaniya
aksiyalariga qo’yib xam olishlari mumkin edi. Lekin, diversiyalash natijasi 2+2=5
samarasini bermas ekan, aksiyaning daromadliligi oshmaydi.
Korporativ boshqaruvchilar diversiyalash bo’yicha u yoki bu qarorlar aksiya
daromadliligini oshirishga qodir ekanligini, quyidagi uchta mezondan foydalanib
baholashlari mumkin:
1.
Jozibadorlik mezoni. Diversiyalash uchun tanlangan tarmoq qo’yilgan
mablag’lardan yaxshi foyda olish nuqta nazaridan jozibali bo’lishi kerak.
2.
"Kirish uchun xarajatlar" mezoni. Foyda olish saloxiyatiga zarar
yetkazmaslik uchun tarmoqqa kirish xarajatlari u darajada yuqori bo’lmasligi
lozim.
3.
Qo’shimcha manfaatlar mezoni. Faoliyatda yangi raqobat ustunligini
barpo etish uchun kompaniya ma'lum xarakatlarni amalga oshirishi zarur.
Diversiyalash bilan shug’ullanuvchi korporativ boshqaruvning strategik
tanlovi diversiyalashning quyidagi strategiyalarida namoyon bo’ladi:
1.
Yangi tarmoqqa kirish strategiyasi.
2.
Turdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
3.
Noturdosh tarmoqlarga diversiyalash strategiyasi.
4.
Qisqartirish va tugatish strategiyasi.
5.
Qayta tarmoqlashtirish, qayta tiklash va tejamkorlik strategiyasi.
Birinchi uchta strategiya diversiyalash usullarini o’zida jamlaydi, to’rtinchi
va beshinchisi esa diversiyalanib bo’lingan kompaniya pozitsiyalarini
mustaxkamlash strategiyasidir.
Diversiyalashning ikkita asosiy turi - bog’liq va bog’liq bo’lmagan turlari
mavjud. Bog’liq diversiyalash kompaniya faoliyatidagi biznesning mavjud sohalari
(masalan, ishlab chiqarish, marketing, moddiy ta'minot yoki texnologiya) bilan
bog’liq, bo’lgan yangi sohadir.
Bog’liq bo’lmagan diversiyalash - faoliyatning, biznesning mavjud sohalari
bilan ochiqdan-ochiq, aloqasi bo’lmagan yangi sohasidir.
Diversiyalash quyidagi yo’llar bilan amalga oshirilishi mumkin:
-
ichki kapitallar bozori orqali;
-
qayta tarkiblashtirish orqali;
-
funksiyalar yoki resurslarni taqsimlash orqali.
Ichki kapitallar bozori yordamidagi diversiyalash fond bozori waysi
funksiyalarni bajarsa, ayni shu funksiyalarni bajaradi. Ichki kapitallar bozorida
korporatsiya quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:
-
korporatsiya
xo’jalikning o’rta bo’g’ini tarkibidagi strategik
rejalashtirish funksiyalarini bajarish;
-
moliyaviy maqsadlarni belgilab olish va xo’jalikning o’rta bo’g’ini
faoliyatini kuzatib borish;
-
korporativ kapitallarni raqobatlashuvchi o’rta korxonalar o’rtasida
joylashtirish.
Bunday sharoitlarda o’rta korxonalar asosiy idoraning fakat moliyaviy
nazorati ostida bo’lgan mustaqil daromad markazlari vazifasini bajaradi.
Qayta tarkiblashtirish strategiyasi ichki kapitallar bozori strategiyasi
turlaridan biridir. Ular o’rtasidagi farq korporatsiyaning o’rta korxonalar
faoliyatiga aralashuv darajasidadir. Qayta tarkiblanadigan korxonalar odatda
tashkil qilish va rivojlantirish jarayonida yomon boshqarilgan bo’ladi. Maqsad
ularga o’z faoliyatini faollashtirishda yordam berish, o’rta korxonalar darajasida
yangi strategiyalarni rivojlantirish ,va kompaniyaga yangi moliyaviy va texnologik
resurslarni kiritishdan iboratdir.
Resurslarni qayta taqsimlash yo’li bilan amalga oshiriladigan diversiyalashni
mavjud va yangi o’rta korxonalarning bir yoki bir necha muxim funksiyalari
o’xshash bo’lgan xollarda amalga oshirish mumkin. Resurslarni qayta
taqsimlashdan maqsad kompaniya faoliyatidagi umumiy ishlab chiqarish, taqsimot
kanallari, ilgari surish vositalari, ITTKI va shu kabilardan foydalanishda
sinergizmni amalga oshirishdir. Shunday qilib, xar bir o’rta korxonalarga ushbu
masala mustaqil xal qilingandan ko’ra kamroq xarajatlar talab qilinadi.
Kompaniya - faoliyatini diversiyalashda bunday kompaniyani boshqarish
qiymatini ham hisobga olish talab qilinadi. Ushbu xarajatlar o’rta korxonalar soni
va ular o’rtasidagi koordinatsiya zarurati bilan aniqlanadi. Masalan, ma'lum bir
sinergizm mavjud bo’lgan 12 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagi boshqarish
xarajatlari sinergizm bo’lmagan 10 ta o’rta korxonadan iborat kompaniyadagiga
qaraganda ko’proq, bo’ladi (1-rasmga qarang). Koordinatsiyaga extiyoji kuchli
bo’lgan kompaniya o’z mavqeini o’rta korxona sinergizmi orqali kuchaytirishga
intilmoqda, deb faraz qilaylik. Koordinatsiyaga bo’lgan extiyoji unchalik kuchli
bo’lmagan kompaniya esa ichki kapital bozori yoki qayta strukturalash
strategiyasiga rioya qiladi.
Dostları ilə paylaş: |