O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 269,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix07.04.2022
ölçüsü269,59 Kb.
#54903
  1   2   3   4   5
ishlab chiqarishda xavfsizlikni taminlashda inson omili



O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim 

vazirligi 

 

 



Toshkent to`qimachilik  va yengil sanoat instituti 

 

 

 

 

Avtomatlashtirish,  boshqaruv  va matbaa  fakulteti 

Menejment  kafedrasi  13b-12  guruh  talabasi 

Boltayev  Ro`zmamat 

 

Strategik menejment fanidan

 

 



 

РЕФЕРАТ 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Toshkent  2015 y. 


 

MAVZU. DIVERSIYALASHGAN KORPORATIV STRATEGIYA 

REJA: 

 

1. 

KORPORATSIYANING O’SISHI VA RIVOJLANISHI. 

2. 

DIVERSIYALASHNI QO’LLASH. 

3. 

VERTIKAL INTEGRATSIYA. 

 


 

1. Korporatsiyaning o’sishi va rivojlanishi. 

Ko’pchilik  kompaniyalar  o’z  faoliyatlarini  katta  bo’lmagan  tor  ixtisosli 

korxona  sifatida  maxalliy  va  xududiy  bozorlarga  xizmat  ko’rsatib  boshlaydilar. 

Boshlang’ich  bosqichda  mahsulot  assortimenti  katta  bo’lmaydi,  o’z  mablag’lari 

cheklangan,  raqobat  pozitsiyalari  zaif  bo’ladi.  Ko’p  yosh  kompaniyalar  bozordagi 

ulushini  oshirib  va  xaridorlar  e'tiborini  qozona  borib,  odatda  sotuv  xajmlarini 

oshirishga  xarakat  qiladilar.  Narx,  sifat,  xizmat  ko’rsatish  va  reklama  xaridorlar 

manfaatlariga  bo’ysundiriladi. 

 Keyingi  bosqichda  geografik  ekspansiya  uchun  imkoniyatlar  axtariladi.  U 

shunday  davomiylikda  kechadi:  maxalliy,  xududiy-milliy-xalqaro  bozorlar. 

Bozorlarga  kirib  borish  darajasi  rentabellik  darajasiga  bog’lik  ravishda  o’zgarib 

turadi. 


Kompaniya  bir  tarmoqning  imkoniyatlaridan  foydalanib,  daromad  olib  turar 

ekan,  diversiyani  amalga  oshirishning  xech  qanday  zaruriyati  yo’q.  Lekin,  o’sish 

saloxiyati  qisqarib  borar  ekan  boshqa  sohalar  faoliyatiga  diversiya  qilish  strategik 

jixatdan  o’zini oqlaydi yoki to’g’ri bo’ladi.  

Bunday  strategik  imkoniyatlar  turlichadir.  Kompaniya  turdosh  tarmoq  kabi 

o’zi  uchun  butunlay  yangi  bo’lgan  tarmoqqa  ham  diversiya  qilishi  mumkin.  Buni 

katta  va  katta  bo’lmagan  xajmlarda  amalga  oshirish  mumkin.  Biznesning  bir  turida 

faoliyat  ko’rsatayotgan  kompaniyalar  o’zoq  yillar  diversiyasiz  amal  qilib  xavas 

qilarli  natijalarga  erishishlari  mumkin.  Bunga  misollar  ko’p.  Bir  sohada 

konsentratsiya  -  jamlanish  qator  foydali  tashkiliy  va  boshqaruv  ustunliklariga 

egadir.  Birinchidan,  konsentratsiya  "biz  kimmiz  va  nima  bilan  shug’ullanamiz" 

degan  savoldagi  mavxumiylikni  istisno  qiladi.  Bunda  barcha  kuch  biznesning  bir 

turiga  yo’naltiriladi  va  raxbariyatning  xatti-xarakatlari  boshqa  sohalarga  "sochilib 

ketish" extimoli  bo’lmaydi. 

Ikkinchidan,  bir  sohada  jamlanish  jiddiy  rag’batlar  borligini  ko’zda  tutadi. 

Ular  menejerlarni  bir  daqiqalik  foyda  olishga  emas,  firmaning  tarmoqdagi  raqobat 

pozitsiyalarini  o’zoq kelajakda xam mustaxkamlashga  rag’batlantiradi. 



Boshqa  tomondan,  bir  yo’nalishda  jamlanish,  uning  xarakatlarini  bir 

tomonga  yo’naltirish  kompaniya  uchun  katta  tavakkalchilik  bo’lib  hisoblanadi. 

Obrazli  qilib  aytganda "uning, firmaning  barcha tuxumlari  bir savatda bo’ladi". 

Sekin  o’sayotgan  tarmoq  sharoitida  kuchli  kompaniyalar  diversiyani 

boshlash  uchun  naqd  pul  ortiqchaligidan  foydalanish  imkoniyatini  ko’rib 

chiqishlari  kerak.  Diversiyani  boshlash  masalasi  qisman  kompaniyaning  mazkur 

tarmoqda  o’sish  imkoniyatlariga,  qisman  uning  raqobat  pozitsiyalariga  bog’liqdir. 

Firma  o’zining  asosiy  ustunliklaridan  samarali  foydalana  oladigan  sohalarga 

diversiya  qilishi  eng  yaxshi  strategiya  bo’lib  hisoblanadi.  Lekin  firma  uchun 

butunlay  yangi  bo’lgan  tarmoqlarga  diversiyalash,  turdosh  tarmoqlarning 

birortasiga  xam  o’sish  istiqbollarini  ta'minlay  olmay  qolgan  takdirda  ko’zda 

tutilishi  kerak.  Shunday  qilib,  "qachon  diversiyalash  kerak?"  degan  masalani  xal 

etish,  bir  tomondan  firmaning  bozordagi  raqobat  pozitsiyasiga,  boshqa  tomondan 

tub  tarmoqdagi  qolgan  imkoniyatlariga  bog’liqdir.  Kompaniyalar  diversiyani 

amalga  oshirishlarining  aniq belgilangan  vaqti yo’q. 

Kompaniyalar  uchun  uzoq,  muddatli  daromadni  maksimallashtirishning 

ma'nosi  shuki,  kompaniya  odatda  o’z  bozori  doirasida  narxdagi  ustunlik, 

tabaqalashtirish  va  fokuslanish  strategiyalari  vositasida  yaxshi  raqobatlashadi. 

Ammo  bu  strategiyalar  (sotishda  va  ta'minotda  strategik  ustunliklarga  ega  bo’lish 

uchun)  oldinga  va  orqaga  vertikal  integratsiyani  xam  o’z  ichiga  olishi  mumkin. 

Yana bir imkoniyat  kompaniya  faoliyatini  diversiyalashdir. 

Kompaniyaning  o’sishi  va  rivojlanishi  odatda  uchta  asosiy  bosqichdan 

iborat: 

milliy  bozorda yakka biznesga ixtisoslashish; 



vertikal  integratsiya,  yoki  asosiy  biznesdagi  eng  kuchli  pozitsiya 

tomon global ekspansiya; 

erkin  resurslarni  biznesning  boshqa  turiga  investitsiyalash  yo’li  bilan 



diversiyalash. 


Bularning 

barchasi  kompaniyaning  o’sishiga  olib  keladi,  ammo 

"diversiyalash  darajasi"  oshgan  sari  kamayuvchi  qaytim  "qonuni"ni  nazarda  tutish 

kerak. 


Ma'lum  bir  nuqtadan  so’ng  ekstensiv  diversiyalash,  vertikal  integratsiya  va 

biznesning  baynalminallashuvi  sarflangan  kapital  birligiga  to’g’ri  keladigan 

daromadlarning  kamayishiga  olib  keladi,  chunki  kompaniya  birinchi  navbatda  eng 

daromadli  qulay  imkoniyatlarni  amalga  oshiradi,  so’ngra  eng  kam  daromad 

keltiruvchi  imkoniyatlar  qoladi,  bu  esa  firmaning  o’sish  imkoniyatlarini  cheklab 

qo’yadi. Buni 8-rasmda ko’rishimiz  mumkin. 

8-rasm.  Sarflangan  kapital  birligiga  to’g’ri  keladigan  qo’shimcha  foydaning 

diversiyalash  xarajatlariga  bog’liqligi. 

 

Marginal qo’shimcha  

boshqaruv xarajatlari 

                                         

 

 



                                                                               *Diversiyalash xarajatlari 


Yüklə 269,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin