O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


  TIBBIY ETIKET VA JAMOADAGI O‘ZARO



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 


24 
TIBBIY ETIKET VA JAMOADAGI O‘ZARO 
MUNOSABATLAR 
 
Odamlar  bilan  birinchi  uchrashganda  tibbiy-ijtimoiy  xodim 
uchrashuvni shunday uyushtirishi kerakki, bu davolash - tashxis 
jarayonini  keyingi  bosqichlariga  ijobiy  ta’sir  qilsin.  Birinchi 
taassurot  keyingi  munosabatlarni  qanday  kechishini  belgilaydi. 
Shuninig  uchun  tibbiy-ijtimoiy  xodim  o‘zi  haqida  bemorlar 
«O‘z  ishini  yaxshi  biladigan,  mehribon,  e’tiborli»  degan  fikr 
qolishiga harakat qilishi kerak. Ana shular tibbiy ijtimoiy xodim 
va bemorlar o‘rtasida kelgusida munosibatlar qanday kechishini 
belgilaydi. 
Tibbiy  etiket  ikki  ajralmas  tarkibdan  tashkil  topgan:  ish 
jamoasidagi  xodimlarning  o‘zaro  munosabati  va  tibbiy-ijtimoiy 
xodim  va  bemor  o‘rtasidagi  munosabat  etiketi.  Ish  joyida 
subordinatsiya  qoidalariga  rioya  qilish  talab  qilinadi  (o‘zidan 
katta lavozimdagilarga bo‘ysunish). Bu holat jamoadagi intizom 
saqlanishini,  bemorlarni  parvarishlashning  o‘ziga  xosligini  va 
rahbarlarni  hurmatini  ta’minlashni  ta’minlaydi.  Tibbiy  etiket 
xodimlarni  bir  -  birlariga  qo‘pollik  qilmasdan,  o‘zaro  hurmat 
bilan  muloqotda  bo‘lishlarini  talab  qiladi.  Davolash  va 
parvarishlashda  yo‘l  qo‘yilgan  xatolarni,  shifokorning  xatti  - 
harakatlarini  bemorlar  va  ularning  yaqinlari  bilan  muhokama 
qilish mumkin emas. 
Etiket  tashqi  ko‘rinishga  ham  e’tibor  bilan  qarashni  talab 
etadi. Tibbiy - ijtimoiy xodim kasbini ko‘rsatib turuvchi toza va 
ozoda  maxsus  kiyim  kiyishi  qabul  qilingan.  Yorqin  makiyaj  va 
manikyur  qilish,  turli  taqinchoqlar  taqish  taqiqlanadi.  Turmak 
kalta  bo‘lishi  kerak.  Agar  soch  o‘zun  bo‘lsa,  rezina  yoki 
to‘g‘nag‘ich bilan yig‘ib, qalpoq ostiga tiqiladi. Esingizda tursin: 
sizning  tashqi  qiyofangiz  professional  mahoratli  odamning 
ko‘rinishi  sifatida  baholanadi  va  obyekt,  uning  oilasining  ilk 
taassurotiga va u bilan ishonchli munosabatlarni yaratishga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Tibbiy  -  ijtimoiy  xodim  va  bemorlar  o‘rtasidagi  munosi-
batlar  alohida  ahamiyatga  egadir.  Tibbiy  -  ijtimoiy  xodim 
bemorlarning salomatlik holati va ruhiyatini tushunishi va uning 
injiqliklariga  nisbatan  sabrli  bo‘lishi  lozimdir.  Bemorlarga 


25 
bajarish imkoni bo‘lmagan ortiqcha va’dalarni bermang. Kasbiy 
etiket til topishish qiyin bo‘lgan bemorlar yuragiga yo‘l topishni 
talab qiladi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin