UO‘K: 364.01 (07)
KBK 51.1 (5
О ‘)5
Taqrizchilar:
B.Yu. Ulliyev – Respublika faxriylari pansionati bosh shifokori;
N.M. Adilova – Respublika ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar
kolleji o‘qituvchisi.
ISN 978–9943–11
‒278‒0
©
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2012;
©
«Fan va texnologiya» nashriyoti, 2016.
3
SO‘Z BOSHI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
«Ta’lim to‘g‘risi-
da
»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning
3-bosqich
«Rivojlantirish va takomillashtirish» bosqichida belgi-
langanidek, mahoratli mutaxassislarni tayyorlash hamda barka-
mol avlodni voyaga yetkazish hozirgi kun ta’lim muassasalari
oldida turgan ustuvor vazifa hisoblanadi. Uzluksiz ta’lim tizi-
mida muhim bo‘g‘in bo‘lgan O‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari
uchun yangi avlod adabiyotlarini yaratish shu maqsadga erishish
yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Shu kungacha
«Ijtimoiy ish» yo‘nalishida ta’lim olayotgan
o‘quvchilar
«Bemorlarni parvarishlash asoslari» fanidan tibbiyot
kollejlari uchun mo‘ljallab chiqarilgan adabiyotlardan foydalanib
kelishar edi. Bu yo‘nalish bitiruvchilarining kasbiy faoliyatlari
tibbiyot hamshiralari faoliyatidan tubdan farq qilishini hisobga
olgan holda ushbu darslikka ehtiyoj tug‘ildi.
Darslikda tibbiy-ijtimoiy xodim bilishi kerak bo‘lgan nazariy
bilimlar va bajara olishi lozim bo‘lgan amaliy ko‘nikmalar
tarmoq standarti talablariga asosan o‘z aksini topgan. Darslikda
ijtimoiy xodimning asosiy vazifalaridan biri sog‘lom turmush
tarzini targ‘ib qilish ekanligi hisobga olinib, bu bo‘limda katta
yoshdagi aholini o‘qitish, kerakli yordamchi materiallar tayyor-
lash va ulardan foydalanish keng yoritilgan.
Uy sharoitda bemorlarni va terminal holatdagi bemorlarni
parvarishlash mavzularini berilishi tibbiy-ijtimoiy xodimlar
faoliyatida yaqindan yordam beradi.
Darslikda
«Hamshirlik ishini takomillashtirish» va «Salo-
matlik - 2
» loyihalari materiallaridan keng foydalanilgan.
Hozirgi kunda yetuk ijtimoiy xodim bo‘lishlari uchun
o‘quvchilar yangicha fikrlashni, ijtimoiy himoyaga muhtoj
kishilar, bemorlar bilan ishlaganda ularga shaxs sifatida hurmat
4
qilgan holda qarashni o‘rganib borishlari zarur. Bu borada
ularga darslikda yoritilgan shaxslararo muloqot ko‘nikmalari,
tibbiy-ijtimoiy xodim odobi, axloqi va uning ma’naviy, huquqiy
mas’uliyatlarini bilish yaqindan yordam beradi. Mazkur darslik
ijtimoiy yo‘nalish bo‘yicha malakali o‘rta xodimlarni tayyor-
lashda juda katta zamin yaratadi degan umiddamiz.
|