7
o‘zining birinchi kunlaridanoq ko‘ngillilar harakati
bilan faoliyat
ko‘rsatib, aholi o‘rtasida shaxsiy gigiyena qoidalarini targ‘ib
etganlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishini oldini olish tadbir-
larini o‘tkazganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida jamiyatning 4
mingdan ortiq hamshiralari va sanitariya xodimlari jang may-
donlarida yaradorlarga birinchi yordam ko‘rsatganlar, harbiy
gospitallarda faoliyat ko‘rsatganlar. Hozirgi kunda Xalqaro Qizil
Xoch va Qizil Yarim Oy jamiyati aholining sanitariya madani-
yatini oshirishga, uni vatan mudofaasiga tayyorlashga, mehnat-
kashlarni mehnat va turmush sharoitlarini sog‘lomlashtirishga
xizmat qiladi. Bepul donorlikni targ‘ib qilish va bu ishga aholini
jalb etish shular jumlasidandir. O‘zbekistonda tashkil etilgan
tashkilot faoliyati xalqimiz madaniyati, an’analari va unda
yashovchi odamlarning yashash sharoitiga bevosita bog‘liqdir.
Bunga ommaviy tashkil etiladigan hasharlar, navro‘z va hayit
ayyomlaridagi ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilardan xabar olish,
kam ta’minlangan va ko‘p bolali oila farzandlariga sovg‘a -
salom ulashish misol bo‘la oladi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgandan so‘ng davlati-
mizning mustaqil Qizil Yarim Oy jamiyatini tuzish uchun shart-
sharoitlar yaratildi. 1992-yil 28-may kuni O‘zbekiston Respub-
likasi Prezidenti I.Karimovning
«Qizil Yarim Oy jamiyati
to‘g‘risida
» gi Farmoni qabul qilindi. 1995-yilda jamiyatni
Xalqaro Qizil Xoch jamiyati tan olib, Xalqaro Qizil Xoch va
Qizil Yarim Oy Xalqaro tashkiloti tarkibiga qabul qildi.
XIX asrda Yevropa mamlakatlarida tibbiy-ijtimoiy harakat-
ni, shuningdek, hamshiralik ishini rivojlanishida angliyalik
buyuk inson Florens Naytingel (1820–1910) muhim o‘rin egal-
laydi. Florens Naytingel Florensiyada aristokratlar oilasida
dunyoga kelib, o‘z davri ayollari orasida yuqori bilim va savi-
yaga ega bo‘lgan. U 1851-yilda Germaniyada pastor Flender-
ning hamshiralar uyushmasiga kirib o‘qib, tibbiy xodim ma’lu-
motiga ega bo‘ldi. Londondagi vabo epidemiyasida qahramonlik
ko‘rsatdi, nomi el og‘ziga tushdi. Qrim urushi vaqtida Harbiy
Vazirlik tomonidan unga volontyorlar (ko‘ngillilar) guruhini
tuzish ishonib topshiriladi va Florens Naytingel yuragida o‘ti
bor 38 ko‘ngilli ayollar bilan Skutariyaga (Turkiya) boradi. Bu
vaqtda Angliya armiyasi harbiy tibbiy xizmatning yomon tashkil
8
etilganligi sababli katta talofatlar ko‘rar edi. Buning asosiy
sababi sanitariya ishlarining yomonligi, tibbiy yordamni tashkil
etishdagi kamchiliklar edi. Florens Naytingel va uning safdosh-
lari bunga qarshi ish boshlab, birinchi galda sanitariya sharoit-
larini yaxshiladilar. Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemor-
larni alohida joylashtirib, bu kasalliklarni boshqa yaradorlarga
tarqalishini oldini olish choralarini ko‘rdilar. Florens Naytingel
va uning ko‘ngillilari sa’y-harakati tufayli o‘lim ko‘rsatkichini
42% dan 2%ga tushdi. Urushdan so‘ng Florens o‘z faoliyatini
davom ettirib, tibbiy xodimlarini tayyorlash va hamshiralik ishi-
ning ahamiyati to‘g‘risida kitoblar, maqolalar yozdi. U 1880-
yilda Londonda avliyo Foma kasalxonasi qoshida hamshiralar
maktabini ochdi. Buyuk Britaniya ayollari orasida Florens
Naytingelning obro‘si baland edi. Florens Naytingel 1910-yilda
90 yoshida vafot etdi. Har yili 12-may Florens Naytingel
tug‘ilgan kuni uning xotirasi uchun
«Hamshiralar kuni» sifatida
nishonlanadi. Hamshiralik ishida qahramonlik ko‘rsatgan tibbiy
xodimlar uchun Florens Naytingel nomidagi mukofot ta’sis
etilgan. Bu mukofot asosan Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy
faollariga beriladi. Hozirgi kungacha 1000 ga yaqin tibbiy
xodimlar ushbu mukofot bilan taqdirlanganlar. O‘zbekistonlik
Salima Kublonova, Rixsixon Mo‘minova, Antonina Pixteyeva,
Matluba Eshonxo‘jayevalar ushbu yuksak mukofotga sazovor
bo‘lganlar.
Dostları ilə paylaş: