O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT TARIXI. O‘ZBEKISTONDA



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
TIBBIY - IJTIMOIY XIZMAT TARIXI. O‘ZBEKISTONDA 
IJTIMOIY YORDAMNING TASHKIL ETILISHI 
 
Insoniyat  jamiyati  rivojlanishning  har  bir  bosqichida  sog‘-
liqni  saqlash  oldiga  zamon  taqozosi  bilan  yuzaga  kelgan  vazi-
falarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Jamoa sog‘lig‘ini saqlash tarixi 
jamiyatimizning  hozirgi  zamondagi  muammolarini  birmuncha 
chuqur anglash manbai bo‘lib hisoblanadi va ularni hal qilishni 
rag‘batlantiradi.  Faoliyatning  ilmiy  va  amaliy  sohasi  sifatidagi 
sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat tarixi – bu aslida, kasallik-
larga  qarshi  kurashish  va  ularni  xarob  etuvchi  oqibatlarni 
kamaytirish  yo‘lidagi  urinishlar  tarixidir.  Aksari  urushlar  va 
ocharchilik bilan bog‘liq bo‘lgan epidemik va endemik yuqumli 
kasalliklar  amaliy  profilaktika  yo‘llarini  izlab  topish  ishlarini 
butun  odamzot  tarixi  davomida  rag‘batlantirib  keldi.  Ko‘pgina 
kasalliklarni  etiologiyasini  ilm-fan  tushuntirib,  texnologiyalar 
yordamida  davolash  vositalari  yaratildi.  Avvallari  peshonaga 
yozilgan  qismat  yoki  gunohlar  uchun  berilgan  jazo  deb  talqin 
qilib  kelingan  kasalliklar  asta-sekin  bartaraf  etsa  bo‘ladigan 
tusga  kirib  qoldi.  Chunonchi,  rim  va  yunon  hukmdorlari 
shifokorlarga  qashshoqlar  va  qullarga  bepul  xizmat  qilishni 
tayinlaganlar. O‘rta asrlarda dehqonlar va hunarmandlar uyush-
malari a’zolarini bepul tibbiy xizmat bilan ta’minlar edilar. XIX 
asr  oxirlariga  kelib  tibbiy  sug‘urta  rasm  bo‘la  boshladi.  Aholi-
ning  salomatligi  milliy  taraqqiyotning  hal  etuvchi  omillaridan 
biri  hisoblanadi.  Aholi  salomatligining  yaxshi  bo‘lishi  tibbiy  va 
ijtimoiy yordamdan bahramand bo‘lishini nazarda tutadi.  
 




Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin