11
shoshilinch yordam ko‘rsatish bilan birga ularga nafaqa to‘lash
kabi ijtimoiy yordamni o‘z ichiga oladi. Birlamchi tibbiy
yordam olish asosiy tibbiy xizmat turlariga kiradi. U o‘z ichiga
ko‘p tarqalgan kasalliklarni davolash va muhim kasallar profi-
laktikasi, shikastlanish, zaharlanish va boshqa shoshilinch holat-
larda birinchi yordam ko‘rsatish, sanitariya - gigiyenik va epide-
miyaga qarshi tadbirlarni o‘tkazish, onalik va bolalikni himoya
qilish kabi tadbirlarni o‘tkazish va aholiga yashash joyiga qarab
tibbiy - ijtimoiy yordam berishni oladi. Tibbiy - ijtimoiy yordam –
bu salomatlikni tiklash, saqlash, mustahkamlash va tutib turish-
ga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Bu sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish xiz-
matlari tutashgan qismlaridan shakllanib, tibbiy xodimlar faoliyati
bilan o‘zaro bog‘langandir. Tibbiy - ijtimoiy yordamni kerakli
tibbiy bilimlari bor ijtimoiy xodim amalga oshiradi. Tibbiy -
ijtimoiy yordam ijtimoiy xodim vazifasining katta qismini tashkil
etadi. Uning asosiy maqsadi – jismoniy va ruhiy nuqsoni bor
shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qismining
salomatligini saqlashdir. Tibbiy - ijtimoiy yordamning parvarish
obyektlari nogironlar, yoshi o‘tgan va qari kishilar, yetim bolalar,
yosh onalar, ko‘p bolali oilalar, qochoqlar, ishsizlar kabi tibbiy va
ijtimoiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha alohida guruhlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: