S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Quloqqa dori tomizgich orqali tomiziladi. Qo‘llarini gigiye-
nik darajada tozalab, qo‘lqoplar kiyiladi va muolaja mohiyati va
maqsadini bemorga tushuntiriladi. Agar bemorning qulog‘idan
yiring oqayotgan bo‘lsa, tashqi eshituv yo‘lini yiringdan toza-
laniladi (chunki yiring tufayli dori moddasi tushishi kerak
bo‘lgan – nog‘ora pardaga yetib bormaydi). Dori moddasini
tomizishdan avval uni xona haroratigacha isitiladi, chunki sovuq
tomchilar ichki quloqda joylashgan labirintni ta’sirlab, bosh
aylanish holatini yuzaga keltirishi mumkin. Bemor boshini yon
tomonga burishini so‘raladi, ya’ni dori tomizilayotgan quloq
tepada bo‘lsin. Tashqi eshituv yo‘lini to‘g‘rilash uchun quloq
pardasini kattalarda orqaga va tepaga, kichik bolalarda pastga
tortiladi. Bolalarga 5–6 tomchidan, kattalarga 6 – 8 tomchidan
dori tomiziladi. Tomizib bo‘lgach, barmoq bilan quloq do‘m-
bog‘ini bosiladi – bu dori tomchisini nog‘ora bo‘shlig‘iga tu-
shishini ta’minlaydi. 10–15 daqiqa yotishini so‘raladi va nazorat
qilinadi.