O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


BIOLOGIK O‘LIM VA MURDANI SARANJOMLASH



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

 
BIOLOGIK O‘LIM VA MURDANI SARANJOMLASH 
 
Shoshilinch  holatlar  yoki  kasalliklar  natijasida  bemorni 
saqlab  qolishni  iloji  bo‘lmaganda  avval  klinik  o‘lim,  so‘ngra 
biologik  o‘lim  sodir  bo‘ladi.  Klinik  o‘limning  davom  etishi 
muddati  bosh  miya  va  yurak  qon  tomir  tizimi  faoliyatining 
qaytadan  tiklanishiga  hamda  shoshilinch  holatning  og‘ir-
yengillaigiga  bog‘liq.  Aniq  va  to‘g‘ri  olib  borilgan  reanimatsiya 
tadbirlari  bemorlarni  hayotga  qaytara  olishi  mumkin.  Aksariyat 
hollarda bu tadbirlar bosh miya faoliyati, qon aylanishi va nafas 


129 
funksiyasining tiklanishiga olib kelmasligi ham mumkin. Bunday 
hollarda biologik o‘lim yuz beradi. Biologik o‘lim belgilari: 

  Nafas olishning batamom to‘xtashi. 

  Puls va yurak urushining bo‘lmasligi. 

  Teri qoplamlarining murdaga xos oqarishi. 

  Muskullarning  bo‘shashi,  jumladan  pastki  jag‘ning  osilib 
tushishi. 

  Ko‘zning  yaltiroqligi  yo‘qolishi,  sezuvchanligining  bo‘l-
masligi. 

  Badanning asta-sekin sovushi. 

  Qorachiqlarning  kengayishi  va  ularning  qorong‘ulikning 
sezmasligi. 

  Keyinroq  muskullarning  qotishi  (qotish  paski  jag‘  va 
ensadan boshlanib 6 – 8 soat ichida butun gavdani egallaydi). 

  Murda  dog‘larining  paydo  bo‘lishi  (avval  orqada,  yelka-
ning pastki yuzalarida paydo bo‘ladi). 
Bemorning  o‘limini  shifokor  qayd  qiladi  va  o‘lim  yuz  ber-
ganligi haqidagi ma’lumotlarni kasallik tarixiga yozib qo‘yadi.  

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin