TAYANCH IBORALAR
1. Patronaj fransuzcha (patron – homiy, homiylik) tibbiy
ijtimoiy yordam turi bo‘lib, uyda amalga oshiriladi.
2. Uydagi patronaj – shaxs va uning oilasiga uyda bevosita
va maishiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy faoliyatdir.
3. Axloq – bu odamlarning jamiyatdagi o‘zlarini tuta bilish
qoidalari bo‘lib, jamoaning hayot tarziga va jamiyatning iqtiso-
diy rivojlanishiga o‘zaro bog‘liqdir.
4. Burch – odamlarga, jamiyatlarga nisbatan o‘z majbu-
riyatlarini bajarishdir.
5. Javobgarlik – tibbiy-ijtimoiy xodimning o‘z vazifasini
bajarish davomida o‘z zimmasidagi majburiyatlarni to‘la ado
etish bilan ifodalanadi.
6. Qadr - qimmat – bu o‘z kasbini ijtimoiy anglashi, kasbi-
ga bo‘lgan muhabbati, o‘z kasbidan g‘ururlanishi bilan birga o‘z
kasbiy bilimlarini, ish malakasini doimiy oshirishga intilishidir.
7. Vijdon – bu kishilarning ichki axloqiy o‘z-o‘zini angla-
shi, o‘z xulqi uchun javobgarlikni his qilishi, o‘z fikriga,
tuyg‘ulariga va xatti-harakatlariga jamiyat tomonidan amal
qilinadigan axloq normalariga nisbatan baho berishidir.
8. Nomus – umumiy ma’noda kishining ijtimoiy ahami-
yatini, ongliligini, ya’ni o‘z obro‘si va shuhratini, o‘z qadr-
qimmatini saqlashga intilishini ifodalaydi.
9. Tibbiy deontologiya – (grekcha deon, deontos – zarur,
lozim bo‘lgan) tibbiy xodimlarning kasbiy majburiyati haqidagi
fandir.
10. Etika – (grekcha ethos– an’anaviy yurish - turish, axloq) –
falsafiy fan bo‘lib, axloq va axloqiy muammolarni o‘rganadi.
11. Egogeniya – bemorning o‘ziga salbiy ta’sir ko‘rsati-
shidir. Bu kasallik sabablarini bo‘rtirib ko‘rsatish, tushkunlikka
tushish va boshqacha ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
12. Egrotegiyeniya – bemorlarning bir - biriga salbiy ta’siri
bo‘lib, shifoxona sharoitida juda katta ahamiyatga ega.
132
13. Yatrogeniya – tibbiyot xodimlarining noto‘g‘ri xatti -
harakatlari yoki munosabatlaridan keyin kelib chiqadigan ho-
latlar (natijada kelib chiqadigan kasalliklar yatrogen kasalliklar
deyiladi).
14. Yatropsixogeniya – bemorning ruhiy holatiga ta’sir
etuvchi noxush holatlar.
15 . Yatrofarmokogeniya – dorilar bilan davolash davomida
ularning bemor organizmiga salbiy ta’sir etishi.
16 . Yatrofiziogeniya – davolash tadbirlarini bemor salo-
matligiga noxush ta’sir qilishi.
17. Kasbiy jinoyatlar – tibbiy xodimning beixtiyor yoki
atayin bemor salomatligiga, hayotiga zarar keltirishidir.
18. Tug‘ilish – yil davomida tug‘ilganlar sonining 1000
aholi soniga olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 15
dan 25 foizgacha o‘zgarib turadi.
19. O‘lim – yil davomida o‘lganlar sonining 1000 aholi
soniga olingan nisbati bo‘lib, hozirgi kunda bu nisbat 9 dan 15
foizni tashkil qiladi.
20. Kasallanish – aholi salomatligining izdan chiqish
hollari.
21. Turmush tarzi – insonning hayotdagi yashashi, mehnat
qilishi, dam olishi, davolanishi va boshqalarni o‘z ichiga olgan
tushuncha.
22. Bilish – bemorning tashqi muhitdan olgan bilimlarini
taassurotlari yordamida tahlil qilishi, fikr qilishidir.
23. Emotsional – shaxsning emotsional xususiyatlarini:
ta’sirchanlik, qo‘rslik, ochiqlik va boshqalarni ifodalaydi.
24. Psixomator soha – shaxsning nerv - ruhiy va somatik
kasalliklar natijasida kelib chiqadigan psixomator rivojlanish
darajasini, umumiy holatini shaxs kayfiyati, sezgilari va harakat
faolligiga ta’siridir.
25. Ijtimoiy-ruhiy soha – shaxsning fuqorolik dunyo-qara-
shini, uning shaxsiy va kasbiy xususiyatlarini, ya’ni ongini, o‘z-
o‘ziga baho berishi, o‘qitishga nisbatan tirishqoqligini aks
ettiradi.
26. Faol eshitish nafaqat nima deyilayotganiga e’tibor
berish, balki qanday aytilayotganiga e’tibor berish demakdir.
133
27. Asosiy insoniy ehtiyojlar – insonning tirikligini ta’min-
lab beruvchi va salomatligini saqlashga qaratilgan omillarga
bo‘lgan ehtiyojlari bo‘lib, fiziologik va psixologik (ruhiy)
ehtiyojlarni birlashtiradi.
28. Asosiy fiziologik ehtiyojlar – yashash uchun zarur bo‘l-
gan – nafas olish, ovqatlanish, uyqu, dam olish, harakatlanish,
fiziologik ajratmalarni chiqarish, tana haroratini normal saqlash,
jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi.
29 . Psixologik (ruhiy) ehtiyojlar – deganda inson hayot
faoliyati davrida shakllangan va insonning shaxsiy fazilatlarini
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi.
30. Universal ehtiyojlar. Turli yosh va turli sharoitdagi
barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyojlar bo‘lib, bu
ehtiyojlar o‘zini - o‘zi parvarish qilish jarayonida hosil bo‘ladi,
har bir odamning hayot tarziga xosligi bilan ajralib turadi. Har
qanday sharoitda insonda asosiy fiziologik ehtiyojlar birinchi
darajada ahamiyat kasb etadi.
31. Asosiy fiziologik ehtiyojlar deganda yashash uchun zarur
bo‘lgan – nafas olish, ovqatlanish, uyqu, dam olish,
harakatlanish, fiziologik ajratmalarni chiqarish, tana haroratini
normal saqlash, jinsiy faoliyat va boshqalar ko‘zda tutiladi.
32. Psixologik (ruhiy) ehtiyojlar deganda inson hayot
faoliyati davrida shakllangan va insonning shaxsiy fazilatlarini
ifodalaydigan ehtiyojlar tushuniladi.
33 . Model – andoza, biror g‘oyani bajarish uchun namuna.
34. Muloqot – bu so‘z, imo - ishoralar yoki belgilar yorda-
mida aniq bir mavzu bo‘yicha ma’lumot yoki fikr almashishdir.
Muloqot juda ko‘p odamlar uchun ajralmas ehtiyoj hisoblanadi.
35 . Yopiq savollar – qisqa va aniq javoblarni (ko‘pincha
«ha» va «yo‘q» javoblari) talab qiladi va asosan suhbat boshida
qo‘llanilishi ma’qul hisoblanadi.
36. Ochiq savollar – uzunroq va o‘ylashni talab qiladi.
Hissiyotlar va xavotirlarni tushuntirib berishga imkon beradi.
37 . Tekshiruvchi savollar – avval aytilgan tasdiqni tushun-
tirib beradi. Suhbat davomida bemorni tushungan tushunma-
ganingizni aniqlab, qo‘shimcha ma’lumotlar olish imkoniyatini
beradi.
134
38 . Rag‘batlantirish – bemorda o‘z - o‘ziga ishonch hosil
qilish bo‘lib, rag‘batlantirish yordamida bemor o‘z muammo-
larini o‘zi hal eta olishiga ishonchingizni bilidirish demakdir.
39. Mimika – yuz muskullarining harakati.
40. Jestika – tana o‘zgarishi, gavda tuzilishi, yurish, qo‘l ho-
lati, silab-siypalash, itarish kabi butun tananing harakatlanishidir.
41 . Infeksiya (lotincha infectio – ifloslanish, yuqish degan
ma’noni anglatadi) – bu kasallik tug‘diruvchi mikroorganizm-
larning organizmga kirishi bo‘lib, bunda organizm bilan ular
orasida murakkab jarayonlar majmuyi rivojlanadi.
42 . Infeksion jarayon – bu ma’lum tashqi muhit sharoit-
larida kasallik qo‘zg‘atuvchilar ta’siriga javoban organizmda
yuzaga keladigan fiziologik himoya va patologik reaksiyalar
majmuyidir.
43 . Yuqumli kasallik – bu biologik, kimyoviy, klinik va epi-
demiologik tartibdagi o‘zgarishlar va turli belgilar shaklida
yuzaga keladigan infeksion jarayon rivojlanishning eng oxirgi
davridir.
44. Dezinfeksiya – obyekt, muhit, jihozlardagi yuqumli ka-
sallikni chaqiruvchi mikroorganizmlarni yo‘qotishga qaratilgan
chora-tadbirlardir.
45. Profilaktik dezinfeksiya – hali kasallik kelib chiqmagan
joyda olib boriladigan dizenfeksiyaga aytiladi (xonalarni tozalab
turish, shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, jamoat joylari,
uy va hovlilar tozaligini saqlash va hokazolar).
46. O‘choqdagi dezinfeksiya – yuqoridagi ishlar bajarilma-
ganligi natijasida kasallik kelib chiqqan joyda o‘tkaziladigan
tadbirlarga aytiladi.
47. Mexanik usullarga xona va undagi buymlarni ho‘l latta
bilan artish, kiyim-kechak va ko‘rpa - yostiqlarni qoqish, chang
yutqich bilan tozalash, xonani shomollatish, oqlash, bo‘yash,
qo‘lni yuvish va boshqalar kiradi. Bu usulda 50–70% mikroblar
bartaraf etiladi
Dostları ilə paylaş: |