S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari
Beshinchi bosqichda – o‘qitish samaradorligi aniqlanadi.
O‘qitish samarali deb qo‘yilgan maqsadga to‘liq erishilganda
hisoblanadi.
Kattalarni o‘qitish ishlarini asosini uyda yoki jamoat joy-
larida sanitariya maorif ishlarini olib borish tashkil qiladi.
Sanitariya maorif ishlarini aholi orasida olib borganda faqat
kerak bo‘ladigan faktlarni berish maqsadga muvofiqdir. Qat-
nashuvchi aholini shaxsiy tajribasidan boshlash, qo‘llash mum-
kin bo‘lgan barcha manbalardan foydalanish tavsiya etiladi.
O‘qituv ishlarini aktiv va interaktiv usullarda bo‘lishi maqsadga
erishishga yordam beradi. Ko‘rgazmali qurollar va tarqatma
materiallaridan foydalanish berilayotgan materiallarni o‘zlashti-
rilishini yengillashtiradi. Aytib o‘tilgan muhim narsalarni qay-
tarish va xulosalar chiqarish materiallarni eslab qolishga yordam
beradi. Tibbiy - ijtimoiy xodim og‘zaki va yozma usullar bilan
qatnashchilar bilimini tekshirib va haqiqatan o‘qitish ishlari
samarali bo‘layotganiga ishonch hosil qilishi kerak. Biror
amaliyotni o‘rgatayotganda uni namoyish qilish, qatnashchilarga
amalda qo‘llashga imkon berish, ularga ushbu malakani boshqa
odamga o‘rgatishiga majbur qilish o‘rganish samaradorligini
ta’minlaydi.