Kuzatish usullari–tibbiy - ijtimoiy xodimga o‘qitilayot-
ganlar berilayotgan materiallarni qanday o‘zlashtirayotganlarini
aniqlashga imkon beradi. Ma’lum vaqt ichida tibbiy - ijtimoiy
xodim kuzatishlariga asoslangan holda rejalashtirilgan o‘quv
jarayonini davom ettirish yoki uni oila a’zolarini ehtiyojlariga
javob bera oladigan darajada o‘zgartirish haqidagi xulosaga ega
bo‘lasiz.
Eshitish qobiliyati oila a’zolarini nima demoqchi bo‘layot- ganini og‘zaki gapdan tushunish. Eshitish qobiliyati o‘qitilayot-
ganlarni munosibatlarini namoyish qilishda yordam beradi.
Faol eshitish nafaqat nima deyilayotganiga e’tibor berish,
balki qanday aytilayotganiga e’tibor berish demakdir. So‘z-
layotgan kishining intonatsiyasi, yuz ifodasi, mimikasi, og‘zaki
so‘zlashdan farqli o‘laroq o‘qitilayotganlarni muhokama qilina-
yotgan mavzu yuzasidan nima his qilayotganlarini aniqlashga
imkon beradi. Faol eshitish qobiliyatiga quyidagilar ta’sir qiladi: