O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shahar poliklinikasi (grekcha polis – shahar, klinike – da-



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/179
tarix14.04.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#55364
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179
S. B. Bairova, G. M. Abduraupova bemorlar bilan ishlash asoslari

Shahar poliklinikasi (grekcha polis – shahar, klinike – da-
volash san’ati) – ko‘p tarmoqli DPM bo‘lib, bemorlarga umu-
miy  va  maxsus  tibbiy  yordam  ko‘rsatish,  zaruriyat  bo‘lganda, 
ularni  ambulatoriya,  poliklinika  va  uy  sharoitida  tekshirish  va 
davolashga  mo‘ljallangan.  Poliklinikada  shifokorlar  bemorlarni 
har  xil  ixtisosliklar  bo‘yicha  qabul  qiladi:  terapevt,  kardiolog, 
ginekolog,  quloq  -  tomoq  -  burun  shifokori,  stomatolog  va 
boshqalar.  Shuningdek,  poliklinikada  diagnostika  xonalari 
(rentgen,  funksional  diagnostika,  endoskopiya)  laboratoriya, 
fizioterapiya  bo‘limi,  muolaja  xonalari  mavjud.  Poliklinikada 
asosan mahallalar bo‘yicha biriktirilgan shifokor va hamshiralar 
xizmat qiladi. Ular shu mahallada barcha davolash va kasallikni 
oldini olish uchun javobgardir.  
Hamshira  uydagi  bemorga  shifokor  buyurgan  ko‘rsat-
malarni bajaradi (inyeksiya, zuluk solish), uning qarindoshlariga 
parvarish  bo‘yicha  maslahat  beradi,  bemor  muammolarini  hal 
etadi.  
Poliklinikada  mahalla  hamshirasidan  tashqari,  muolaja  xo-
nasining  hamshirasi,  tor  mutaxassisliklar:  ko‘z,  asab,  quloq  - 
tomoq  –  burun  kasalliklari,  bog‘lov  xonasi  hamshiralari  ham 
xizmat qilmoqda. 
Poliklinikada ko‘rish xonalari tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda 
bemor  isitmasini,  arterial  bosimni  o‘lchaydi,  pulsini  sanaydi. 
Hozirgi  vaqtda  sog‘liqni  saqlash  sohasida  o‘tkazilayotgan 
islohotlar natijasida oilaviy poliklinikalarda oilaviy shifokorlar va 
hamshiralar xizmat qilmoqda. 
Ambulatoriya (lotincha ambulatorius so‘zidan olingan bo‘lib – 
harakatlanuvchi degan ma’noni anglatadi) – DPM bo‘lib, xuddi 


47 
poliklinika  singari  xizmat  ko‘rsatadi,  faqat  xizmat  ko‘rsatish 
hajmining  kamligi  bilan  farq  qiladi.  Ambulatoriyalar  ko‘proq 
qishloq  joylarda  ochilib,  unda  ko‘pi  bilan  beshta  shifokorlik 
lavozimi bor. Ambulatoriyadagi hamshiralar ishi ham poliklini-
kadagi hamshiralar ishiga o‘xshash, lekin ular bemorlarga bog‘-
liq muammolarni ko‘proq mustaqil ravishda mas’uliyat bilan hal 
qilish zarur. 

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   179




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin