73
INFEKSIYANING OLDINI OLISH
Paranteral yo‘l bilan yuqadigan 30 ga yaqin ifeksiyalar mav-
jud. Bunday infeksiyalarga B, C virusli gepatitlari, OIV infek-
siyasi va boshqalar misol bo‘ladi. Infeksiya yuqtirish asosan, teri
qoplamalari butunligining buzilishi bilan bog‘liq.
CDC (AQSH) ma’lumotlariga ko‘ra B gepatit virusining
yuqish xavfi yuqori.
Har bir tibbiyot xodimi OIV infeksiyasining profilaktikasi
maqsadida universal ehtiyot choralarini bilishi kerak.
Universal ehtiyot choralari – bu qon va boshqa biologik
suyuqliklar orqali infeksiya yuqishining oldini olish yo‘li bilan
mijozlar va tibbiyot xodimlari o‘rtasida qon orqali yuqadigan
infeksiyalarning yuqish xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan
tadbirlar majmuyidir.
Qon orqali yuqadigan infeksiyalarga chalingan barcha kishi-
larni aniqlashning imkoni yo‘qligi bois, bugungi kunda har bir
bemor potensial yuqumli deb qaralishi zarur. Demak, qon va
boshqa biologik materiallar ham potinsial yuqumli hisoblanib,
ular bilan ishlaganda har doim himoya choralari qo‘llanilishi
zarur.
Qon infeksiyalari yuqishi mumkin bo‘lgan kontakt turlariga
quyidagilar kiradi:
– perkutant kontakt, ya’ni terining igna sanchilishi yoki
o‘tkir
buyumdan jarohatlanishi;
– biologik materiallar (qon va organizmning boshqa bio-
logik suyuqliklari)ni shilliq pardalar yoki zararlangan teri (yo-
rilish, kesilish)ga tushishi;
– qon, sperma, qin suyuqligi, tarkibida qon bo‘lgan suyuq-
liklar va boshqa biologik suyuqliklar orqali OIV yuqish xavfi
mavjud bo‘lib, ular bilan ishlaganda universal ehtiyot choralari
qo‘llanishi shart.
OIV yuqishi bo‘yicha xavflilik darjasi aniqlanmagan bo‘lsa-
da, quyidagi suyuqliklar bilan ishlaganda universal ehtiyot cho-
ralari qo‘llanishi zarur: sinovial suyuqlik, orqa miya suyuqligi,
plevral suyuqlik, peritoneal suyuqlik, perikardial suyuqlik, am-
niotik suyuqlik.
74
Har qanday biologik suyuqlik, agar u qanday suyuqlik
ekanligini aniqlashning iloji bo‘lmasa, ular bilan ishlaganda ham
universal ehtiyot choralari qo‘llanishi talab qilinadi.
Indivuduval himoya vositalarini qo‘llashga katta e’tibor
berilishi zarur. Bularga xalat, qo‘lqop, niqob, muhofaza ko‘zoy-
nagi va ekran kiradi.
Muhofaza xalatlarini va fartuklar teri va kiyimni ularga qon
va boshqa biologik suyuqliklar tushishidan saqlaydi. Oyoqqa
qon tushmasligi uchun xalat ostidan fartuk va baxila kiyiladi.
Agar muolaja bajarishda qon va boshqa biologik suyuq mu-
hitning sachrash ehtimoli bo‘lsa, niqob va ko‘zoynak
taqish yoki
ko‘z, burun, og‘iz va umuman ko‘zning katta qismini himo-
yalash uchun ekrandan foydalaniladi.
Muolajalarni bajarishga kirishishdan oldin, ishni yakunla-
gandan keyin yoki bir bemor ko‘rilgandan so‘ng tibbiyot xodimi
qo‘lini qo‘l yuvishning umumiy qoidasi bo‘yicha yuvishi zarur.
Tibbiyot xodimining tirnoqlari kalta qilib olingan bo‘lishi
kerak.
Teridagi jarohat, shilliq parda, ifloslangan buyum, qon yoki
organizmning boshqa har qanday biologik suyuqliklari hamda
ifloslangan chiqindilar bilan ishlaganda va invaziv muolajalar
o‘tkazganda (vena ichiga inyeksiya qilish va boshqalar) albatta
rezina qo‘lqop kiyish zarur. Inyeksiya o‘tkazishda bir martalik
shprits va sistemalar bemorning ko‘z oldida ochiladi. Muola-
jalardan keyin rezina qo‘lqop ichki tomonini tashqariga qilib
yechiladi va xlorli dezinfektantning 0,5% li eritmasida 10
daqiqa
davomida botirib qo‘yiladi, qo‘llar ikki marta sovunlab yuviladi,
bir martalik salfetka yoki sochiq bilan artiladi, sochiq maxsus
idishga tashlanadi.
Professional kontakt yuz bergan vaqtda harakatlar tartibi
(avariya holatlari):
Dostları ilə paylaş: