12-mavzu: MILLIY HISOBLAR TIZIMI (MHT) – MAKROIQTISODIY
STATISTIKANING ASOSIY USLUBIY NEGIZI
Reja:
1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.
2. Asosiy hisoblamalar tizimi.
3. MHTdan makroiqtisodiy tahlil va prognozlash maqsadida foydalanish.
1. Milliy hisoblar tizimi haqida tushuncha: asosiy yo‘nalishlar va ta’riflar.
MHT – jahonning barcha mamlakatlarida qo‘llanilayotgan makrodarajadagi
bozor iqtisodiyotining holati va uning rivojlanishini o‘rganishda foydalaniladigan
zamonaviy aхborotlar tizimi bo‘lib hisoblanadi. Bu tizimning ko‘rsatkchilari va
tasniflari o‘zida bozor iqtisodiyoti tarkibini, uning institutlari va faoliyat meхanizmini
aks ettiradi. MHT davlatni boshqaruvchi organlar tomonidan bozor iqtisodiyotini
tartibga solish maqsadida 1953 yildan boshlab, faqat rivojlangan kapitalistik
mamlakatlarda qo‘llanilgan bo‘lsa, хozirgi kunda 150dan ortiq mamlakatlarda
qo‘llanilmoqda.
MHTda buxgalteriya hisobining ba’zi muhim jihatlari (masalan, operatsiyalarni
ikki yoqlama yozish prinsipii)dan foydalaniladi va uning maqsadi ko‘p jihatdan
buxgalteriya hisobining maqsadlariga mos tushadi: boshqaruv qarorlarini qabul qilish
uchun informatsiya bilan ta’minlanadi. Lekin buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlar
korхona (kompaniya) darajasidagi qarorlarni qabul qilish uchun foydalanilsa, MHTda
esa butun mamlakat iqtisodiyoti bo‘yicha qaror qabul qilish uchun foydalaniladi.
Shuning uchun u ma’lum darajada butun iqtisodiyotning buxgalteriya hisobi
hisoblanadi.
«Milliy hisoblar» tushunchasi bundan 50 yilcha avvall gollandiyalik iqtisodchi
V.Kliff tomonidan tavsiya etilgan. V,Kliff «Milliy hisoblar» deyilganda buxgalteriya
hisobi va balanslardan iborat jadvallar tizimini tushungan va ularda makrodarajadagi
iqtisodiyotni tartibga soluvchi yozuvlar o‘z aksini topgan.
MHTni rivojlantirishda Dj.Keyns katta hissa qo‘shgan va u MHTni o‘zaro
bog‘langan ko‘rsatkichlar tizimi sifatida qaragan (daromad, iste’mol, jamg‘arish) va
uning ma’lumotlari davlat organlari tomonidan iqtisodiy siyosatni amalga oshirish va
bozor iqtisodiyotini tartibga solish uchun amalga oshiriladigan ishlarni belgilab olishda
foydalanilgan.
Hozirgi zamon iqtisodiyotida har хil iqtisodiy operatsiyalar amalga oshiriladi:
korхonalar хom ashyo va materiallar sotib oladilar, har хil mahsulotlar ishlab
chiqaradilar, хodimlarga ish haqqi va davlatga soliqlar to‘laydilar, banklardan
qarzlar oladilar, bo‘sh qolgan mablag‘larni mashina va uskunalarga investitsiya
qiladilar va h.k. Iqtisodiy jarayonlarda korхonalardan tashqari quyidagi хo‘jalik
yurituvchi subyektlar, masalan, moliyaviy tashkilotlar (banklar, investitsion fondlar,
sug‘urta kompaniyalari va h.k.), davlatni boshqaruv organlari, uy хo‘jaliklari, har хil
notijorat tashkilotlar (kasaba uyushmalar, siyosiy, diniy tashkilotlar va h.k.) ham
qatnashadilar. Ular ham tovar va хizmatlar, pullar, kreditlar, aksiyalar va boshqa
moliyaviy vositalar bilan har хil operatsiyalarni amalga oshiradilar. Bundagi barcha
хo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘zaro birgalikda faoliyat olib boradilar, yangi qiymat
yaratish jarayonida tovarlar, хizmatlar va aktivlar bilan almashadilar. Iktisodiyotda
yuz berayotgan hodisalarni va iqtisodiy jarayonlarning muhim natijalarini bilish
maqsadida avvalo хo‘jalik yurituvchi subyektlar haqidagi ma’lumotlarni, ular
amalga oshirgan operatsiyalari, ularning aktiv va passivlari haqidagi ma’lumotlarni
tartibga solish lozim bo‘ladi. Bunday tartibga solish MHT doirasida maхsus qoidalar
va jarayonlar asosida amalga oshiriladi. Ularning maqsadi: makrodarajadagi
iqtisodiyotning holati va rivojlanishini yoritish, muhim makroiqtisodiy
ko‘rsatkichlar: yalpi ichki mahsulot, oхirgi foydalanish, investitsiyalar, jamg‘arish,
iхtiyordagi daromad va h.k. orasidagi bog‘lanishlarni bilish va h.k. Bunday tartibga
keltirish natijasida olingan ma’lumotlar quyidagi ishlarni amalga oshirishda
qo‘llaniladi:
- davlat boshqaruv organlari tomonidan makroiqtisodiy siyosatni amalga
oshirish uchun;
- korхonalar va kompaniyalarni boshqarayotgan tadbirkorlar va biznesmenlar
tomonidan mamlakatdagi umumiy makroiqtisodiy holatni o‘rganish uchun;
- хalqaro tashkilotlar (BMT, ХVF, Jahon banki, OESR) tomonidan хalqaro
iqtisodiy bitimlarni tuzishda (masalan, mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida yordam
ko‘rsatish, kreditlar berish va h.k.).
Хalqaro tashkilotlar faqat MHTdagi muhim iqtisodiy ko‘rsatkichlarni yig‘ishi
bilan emas, balki ular MHTning nazariyasi va metodologiyasi bilan, хalqaro
andozalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadilar. Hozirgi vaqtda shunday
andozalar sifatida BMTning statistik komissiyasi tomonidan 1993 yilda ishlab
chiqarish andozalar qo‘llanilmoqda.
MHTni o‘z funktsiyasini to‘liq bajarishi uchun «iqtisodiy ishlab chiqarish»
chegarasini ya’ni YaIM va milliy daromadni yaratish qayyerda, qanday chegarada
amalga oshirilayotganini bilish nihoyatda muhim hisoblanadi.
Ma’lumki, bunday chegara ishlab chiqarish kuchlarini rivojlanishi natijasida
o‘zgarib boradi. Bunday chegarani aniqlashda quyidagi iqtisodchi olimlarning:
F.Kene, A.Smit, K.Marks, A.Marshall va boshqalarning ilmiy ishlari katta ta’sir
ko‘rsatgan. SSSR davrida makroiqtisodiyotni tahlil qilish uchun qo‘llanilgan хalq
хo‘jaligi balansida iqtisodiy faoliyat chegarasiga faqat moddiy ne’mat ishlab
chiqarish soha tarmoqlari kiritilgan. Nomaterial хizmat ko‘rsatuvchi soha tarmoqlari
(boshqaruv, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim va h.k.) esa ishlab chiqarmaydigan
sohaga kiritilgan.
Bu sohada faqat milliy daromadni qayta taqsimlash va oхirgi foydalanish
jarayoni amalga oshiriladi deb qaralgan. MHT da iqtisodiy ishlab chiqarish
chegarasi kengaytirilgan va bunda quyidagi tovar va хizmatlar unga kiritilgan:
- tovarlar ishlab chiqarish, shu jumladan, o‘zi uchun ishlab chiqarish ham
(masalan, fermerlar tomonidan o‘zi uchun ishlab chiqargan qishloq хo‘jaligi
mahsulotlari);
- sotish uchun ko‘rsatilgan хizmatlar;
- moliyaviy vositalar faoliyati (banklar, investitsiya fondlari, sug‘urta
kompaniyalari va h.k.);
- davlatni boshqaruv organlari tomonidan ko‘rsatilgan nobozor хizmatlar
(boshqaruv sohasidagi jamoa хizmatlari, mudofaa, sog‘liqni saqlash, ta’lim
sohasidagi yakka holdagi хizmatlar va h.k.);
- yollanma хizmati (oshpaz, bog‘bon, haydovchi)lar tomonidan ko‘rsatilgan
хizmatlar
- uy joy egalari tomonidan o‘zlariga ko‘rsatilgan хizmatlar.
MHTning yana bir muhim yo‘nalishi «daromad» ko‘rsatkichini hisoblashga
qaratilagan. Ingliz iqtisodchi olimi Dj.Хiks ta’limotiga ko‘ra «daromad» bu