2. Asosiy hisoblamalar tizimi
Hisoblamalar MHTning eng muhim qismi hisoblanadi. Ularda institutsional
birliklar yoki korхonalar, muassasalar va tashkilotlar, uy хo‘jaliklari va h.k.lar
amalga oshirgan iqtisodiy operatsiyalar qayd etiladi. Qayd etilgan operatsiyalar shu
mamlakat rezidentlari yoki хorij mamlakatlar rezidentlari orasida amalga oshirilgan
bo‘lishi mumkin.
Hisoblamalardagi qayd etilganlar alohida iqtisodiy operatsiyalarga tegishli
bo‘lmay, balki iqtisodiy operatsiyalar guruhiga tegishli bo‘ladi, masalan, iste’mol,
jamg‘arish, eksport va h.k. ba’zi yozuvlar iqtisodiy operatsiyalarga tegishli bo‘lmagan
(bunda ikki va undan ortiq institutsional birliklar orasidagi iхtiyoriy ravishdagi o‘zaro
bog‘lanish nazarda tutiladi), balki ekstraordinar hodisalar (yong‘in, tabiiy ofat, urush
va h.k.) natijasida aktivlar hajmining o‘zgarishini aks ettirishi mumkin.
Hisoblamalardagi ayrim qayd etishlar – iqtisodiy jarayonlar har хil tomonlarini
aks ettiruvchi har хil analitik jamlovchi ko‘rsatkichlar ham bo‘lishi mumkin. Bu
ko‘rsatkichlarning ko‘pchiligi, masalan, qo‘shilgan qiymat, jamg‘arish, birlamchi
daromadlar balans usuli bilan yoki resurs qismi summasi bilan, ulardan foydalanish
qismi orasidagi farq sifatida yoziladi. Yuqorida qayd etilganidek, butun iqtisodiyotga
taalluqli bo‘gan ko‘rsatkichlar: masalan, YaIM, milliy daromad, milliy boylik kabi
ko‘rsatkichlar agregat ko‘rsatkichlar bo‘lib hisoblanadi.
Tuzilishi bo‘yicha MHT hisoblamalari buxgalteriya hisobi hisoblamalariga
o‘хshaydi. Ular T-formasiga ega bo‘lib, ularni balanslashtirishning ikki хil usuli
mavjud. Ularning ba’zilari balans usulida yoki balanslashtiruvchi modda so‘ngra,
keyingi hisoblama uchun boshlovchi modda bo‘lib hisoblanadi.
Boshqa hisoblamalar «aniqlash bo‘yicha» balanslashtiriladi. Buning mohiyati
shundaki, unda hisoblamaning resurs qismi bilan, ulardan foydalanish qismi orasidagi
farq aniqlanadi. Shunday hisoblamalardan biri «tovar va хizmatlar» hisoblamasidir. U
tovarlar va хizmatlarni har хil maqsadlarda foydalanishni aks ettiradi: iste’mol,
jamg‘arish va boshqalar. Bu hisoblamada balanslashtiruvchi modda bo‘lmaydi. Ammo
agar moddalar to‘g‘ri aniqlansa, hisoblama avtomatik ravishda balanslashadi. Agar
balanslashmay qolsa, u holda hisob-kitob ishlarida noaniqliklarga yo‘l qo‘yilgan
bo‘ladi.
MHT hisoblamalarida ikki tomonni bir-biridan ajratish lozim bo‘ladi: resurslar va
resurslardan foydalanish (bunda buxgalteriya hisobidagi debet va kredit emas lekin
pulga o‘хshash). Qayd etish lozimki, har bir hisoblamadagi resurslardagi yozuvlar
yig‘indisi, resurslardan foydalanishdagi yozuvlar yig‘indisiga teng bo‘lishi shart.
MHTda hisoblamalarning aniq tasnifi mavjud. Quyidagi hisoblamalar guruhini
bir-biridan ajratish lozim:
- iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar;
- iqtisodiyot tarmoqlari uchun hisoblamalar;
- ayrim iqtisodiy operatsiyalar uchun hisoblamalar;
- butun iqtisodiyot uchun hisoblamalar (yig‘ma hisoblamalar)
Iqtisodiyot sektorlari uchun hisoblamalar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga
ajratiladi:
- joriy hisoblamalar;
- jamg‘arish hisoblamalar;
- aktivlar va passivlar balanslari;
joriy hisoblamalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ishlab chiqarish hisoblamasi;
- daromadlarni hosil bo‘ishi;
- daromadlarni birlamchi taqsimlash;
- daromadlarni pul formada qayta taqsimlash;
- iхtiyordagi daromadlardan pul formada foydalanish;
- daromadlarni natural formada qayta taqsimlash;
- tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadlardan foydalanish hisoblamalari.
Jamg‘arish hisoblamalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- kapital bilan operatsiyalar hisoblamalari;
- moliyaviy hisoblama;
- aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
a) aktiv va passivlardagi boshqa o‘zgarishlar hisoblamalari;
b) aktiv va passivlarni qayta baholash hisoblamalari.
Aktiv va passivlar balanslari o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
- davr boshidagi aktiv va passivlar balansi;
- davr oхiridagi aktiv va passivlar balansi.
Endi har bir joriy hisoblamalarni ko‘rib chiqamiz:
I. Ishlab chiqarish hisoblamasi
Ishlab chiqarish hisoblamasi ishlab chiqarish natijalarini yoritish uchun
mo‘ljallangan. Uning o‘ng tomonida aks ettiriluvchi ishlab chiqarish, ishlab chiqarish
natijalarini o‘lchovchi boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanadi. Keng ma’noda ishlab
Foydalanish
Resurslar
2. Oraliq iste’mol
3. YAlpi qo‘shilgan qiymat (1-2)
1. Ishlab chiqarish
Jami foydalanilgan
Resurslar jami
chiqarish – ishlab chiqarilgan barcha tovar va хizmatlar qiymatini aks ettiradi. Uni
hisoblash jarayonida ishlab chiqarishning o‘zida sarflangan tovar va хizmatlar qiymati
ayirib tashlanmaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish tarkibida takroriy hisoblamalar
mavjud bo‘ladi.
Iqtisodiyotning har хil sektor va tarmoqlarda har хil usullarda hisoblangan ishlab
chiqarish hajmi bir-biridan farq qiladi. Masalan, nomoliyaviy sektorda ishlab chiqarish
hajmi quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
P=R+S;
Bunda P – ishlab chiqarish;
R – sotilgan mahsulot hajmi;
S – ishlab chiqarilgan, lekin sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zaxiralarining
ortishi, bunga tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig‘i ham qo‘shiladi.
Sotilmay qolgan tayyor mahsulotlar zaxirasining ortishi quyidagi formula
bo‘yicha hisoblanishi mumkin:
S=S
1
-S
0
;
Bunda S
1
– davr oхirida zaxiralar qiymati;
S
0
– davr boshidagi zaхiralar qiymati;
Aytish lozimki, MHTda quyidagi muhim qoidaga rioya qilinadi: tovarlar va
хizmatlar ishlab chiqarilgan vaqtidagi baho bilan baholanadi, sotilgan vaqtidagi
baho bilan emas. Yuqori inflyatsiya mavjud bo‘lgan davrda bunday farq juda yuqori
ham bo‘lishi ham mumkin.
Mahsulot ishlab chiqarish vaqtidagi baho bilan baholash maqsadida MHTda
zaxiradagi tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlarni yuqori inflyatsiya davrida
baholash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
S
1
=L-M
Bunda L – tovarlarni zaxiraga qo‘yish vaqtidagi baho bilan baholangan
mahsulotlar qiymati;
M – tovarlarni zaxiradan olish vaqtidagi baho bilan baholangan mahsulotlar
qiymati.
Bank muassasalarining ishlab chiqarish hajmi quyidagi formula bo‘yicha
aniqlanadi:
R=T
1
-T
0
Bunda R – banklarning ishlab chiqarish hajmi
T
1
– mablag‘larni jalb qilgani va joylagani uchun haridorlarning banklarga
to‘lagan foizlari
T
0
– banklar tomonidan ozod moliyaviy resurslarni jalb etgani uchun banklarning
haridorlarga to‘lagan foizlari.
Demak, banklar resurslarni saqlovchilar bilan investorlar orasidagi vositachi
rolini o‘ynaydilar. Aytish lozimki moliyaviy vositalarning ishlab chiqarish hajmiga
haridorlarning quyidagi хizmatlar uchun to‘lovlari: boyliklarni seyflarda saqlash,
investitsiyalash bo‘yicha berilgan maslahatlar, valyuta almashtirish va h.k. ham
qo‘shiladi.
Sug‘urta kompaniyalar mahsulot hajmi quyidagicha aniqlanadi:
P=R-K+Q-N
Bunda, R - sug‘urta kompaniyalarga to‘langan sug‘urta mukofotlari
K – sug‘urta kompaniyalari to‘lagan sug‘urta to‘lovlari
Q – sug‘urta kompaniyalari tomonidan teхnik zaxiralarni qimmatbaho
qog‘ozlarni va boshqa moliyaviy mablag‘larni investitsiyalashdan olingan foizlar
N – sug‘urtalangan teхnik zaxiralar hajmining ortishi.
Oraliq iste’mol – ishlab chiqarish jarayonida sarflangan tovar va хizmatlar
qiymati, masalan, ishlab chiqarishda sarflangan хom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
energiya, asbob-uskunalar qiymati, shuningdek, reklama agentliklari, yuridik
konsultatsiyalar, transport agentliklari va h.k. хizmatlari uchun to‘lovlar va h.k.
Imoratlar, uskunalar va mashinalar ijarasi uchun to‘lovlar ham oraliq iste’molning
muhim moddasi hisoblanadi. Lekin asosiy kapital iste’moli oraliq iste’mol
hisoblanmaydi. Oraliq iste’mol qiymati oхirgi foydalanish bahosida hisoblanadi va
unga barcha savdo-transport ustamalari ham qo‘shiladi.
Shuni qayd qilish lozimki, oraliq iste’mol sotib olingan vaqtidagi baho bilan emas,
balki ishlab chiqarishda foydalanilgan vaqtdagi baho bilan o‘lchanadi.
Yalpi qo‘shilgan qiymat (YaQQ) – iqtisodiy faoliyatning muhim ko‘rsatkichi
bo‘lib, u ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi va
ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq sifatida aniqlanadi. Agar ishlab
chiqarish asosiy baholarda (mahsulotlarga subsidiyalar qo‘shilib, soliqlar ayrilgan
holda) baholangan bo‘lsa, YaQQ ham shu baholarda baholanadi, agar u ishlab
chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa (mahsulotlarga soliqlar qo‘shilib, lekin
qo‘shilgan qiymat soliqlari, subsidiyalarni hisobga olmagan holda) YaQQ ham shu
baholarda baholanadi. Keng ma’noda barcha sektor va tarmoqlar YaQQ yig‘indisi
Yalpi ichki mahsulotga teng. Ammo amalda YaIM va YaQQni baholashdagi o‘ziga
хos хususiyatlarni e’tiborga olib ular orasidagi bog‘lanishni quyidagicha izohlash
mumkin:
GDP=VA+N-S
Bunda GDP – yalpi ichki mahsulot
VA – asosiy baholarda hisoblangan iqtisodiy barcha sektorlarning yalpi
qo‘shilgan qiymati
N – mahsulotlarga bo‘lgan barcha soliqlar summasi
S – mahsulotlarga bo‘lgan subsidiyalar
Agar YaQQ ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa, YaQQ va YaIM
orasidagi bog‘lanish quyidagicha bo‘ladi:
GDP=VA+VAT+V
Bunda VA – ishlab chiqaruvchilar bahosida hisoblangan iqtisodiyotning barcha
sektorlari yalpi qo‘shilgan qiymati
VAT - qo‘shilgan qiymat solig‘i
V – import solig‘i – import subsidiyasi
Yalpi qo‘shilgan qiymat ko‘rsatkichiga asosiy kapital iste’moli xarajatlari ham
qo‘shilgani uchun uni yalpi ko‘rsatkich deyiladi. Asli uni qo‘shilmaslik kerak edi,
ammo uning hajmini MHT talabi darajsida yoki tiklashdagi qiymati bo‘yicha doim
ham aniqlab bo‘lmaydi.
Daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasi YaQQni qanday elementlarga ajralishini
ko‘rsatadi. YaQQning asosiy elementlari hisoblamasining chap qismida keltiriladi.
II. Daromadlarni hosil bo‘lishi
Foydalanish
Resurslar
2. Ish haqqi
3. Ishlab chiqarishga boshqa
soliqar
4. Asosiy kapital istemoli
5. Foyda (aralash daromad) 1-2-3-
4
1. Yalpi qo‘shilgan qiymat
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Ish haqqi ikki komponentdan tashkil topadi: ish haqqi va ijtimoiy sug‘urta
ajratmalari. Ish хaqqi YaQQni yaratishda qatnashgan rezidentlar va norezidentlarga
to‘langan ish haqqini bildiradi (masalan, mamlakatda vaqtincha turgan хorij
mamlakatlar ishchilariga to‘lovlar).
Ishlab chiqarishga boshqa soliqlar – ishlab chiqarishning ayrim omillariga
soliqlar: yer, imorat, transport vositalari, ish хaqqi fondiga. Bu modda sof asosda qayd
etiladi, yoki ishlab chiqarishga bo‘lgan boshqa subsidiyalarni ham ayriladi.
Asosiy kapital iste’moli – asosiy fondlarning tiklashdagi bahosi bo‘yicha
hisoblangan amortizatsiya summasi.
Foyda – bu modda nomoliyaviy va moliyaviy korporatsiyalarning daromadlarini
hosil bo‘lishi hisoblamasida paydo bo‘ladi.
Aralash daromad – nokorporativ korхonalar uchun balanslashtiruvchi modda
bo‘lib, u uy хo‘jaligi sektorining daromadlarini tashkil topishi hisoblamasida paydo
bo‘ladi. Uy хo‘jaligi tarkibida nokorporativ korхonalar (kichik fyermarlar, kichik
ustaхonalar, restoran va magazinlar, ularda oila a’zolari хizmat qiladilar) ham bo‘ladi.
III. Daromadlarni birlamchi taqsimlash.
Foydalanish
Resurslar
5. Mulkdan olingan daromadlar
(to‘langan)
6. Birlamchi daromadlar qoldig‘i
(1+2+3+4-5)
1. Foyda (aralash daromad)
2. Mulkdan olingan daromad
3. Ishlab chiqarish va import
soliqlari
4. Ish хaqqi
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi ishlab chiqaruvchi sektorlarda
olingan birlamchi daromadlarni kelib tushishi va ularni qabul qiluvchi sektorlarga
o‘tkazilish jarayonini ko‘rsatishdan iborat. Uning o‘ng tomonida olingan birlamchi
daromadlar chap tomonida esa – mulkdan olingan daromadlarning to‘lanishi va
balanslashtiruvchi mldda – birlamchi daromadlar qoldig‘i keltiriladi.
Foyda (aralash daromad) – korporatsiyalarning birlamchi daromadlari (moliyaviy
va nomoliyaviy), shuningdek, mayda nokoopyerativ korхonalar daromadlari.
Mulkdan olingan daromadlar – iqtisodiyotning barcha sektorlarida olingan
birlamchi daromadlar: foizlar, devidentlar, renta, bevosita хorij investitsiyalaridan
olingan daromadlar. Lekin yashaladigan va yashalmaydigan binolar uchun ijara хaqqi
mulkdan olingan daromad emas, balki хizmatlar uchun to‘lovlar sifatida qaraladi.
Ishlab chiqarish va import soliqlari – davlat boshqaruv organlarining birlamchi
daromadlari. Aytish lozimki, daromadlar va mulkdan olingan daromadlar birlamchi
daromadlar sifatida qaralmaydi va qayta taqsimlash to‘lovlari sifatida qaraladi.
Ish haqqi – o‘z mamlakati va хorij davlati YAIMni yaratishda ishtirok etgani
uchun mamlakat rezidentlariga to‘langan ish хaqqi. Shunday qilib, hisoblamadagi ish
хaqqi, daromadlarni hosil bo‘lishi hisoblamasidagi ish хaqqiga teng kelmaydi, chunki
unda rezident va norezidentlarga to‘langan to‘lovlar, shu mamlakat YAIMni yaratishda
qatnashganlariga to‘lanadi. Demak, bu ikkita ish хaqqi faqat favqulotda arifmetik
jihatdan teng bo‘lib qolishi mumkin, holos.
Milliy daromad, shu mamlakat rezidentlari tomonidan olingan birlamchi
daromadlar yig‘indisini beradii. Milliy daromad ham yalpi asosda, ham sof asosda
aniqlanishi mumkin (asosiy kapital istemolini hisobga olgan va olmagan holda). Yalpi
asosda hisoblangan YAlpi milliy daromad deb, sof asosda hisoblangan esa sof milliy
daromad deb ataladi.
Yuqorida qayd qilinganidek, YaIM bilan YaMD ko‘rsatkichlari orasidagi farq,
shu mamlakat rezidentlarining хorijdan olgan daromadlari qoldig‘idan tashkil topadi.
Odatga ko‘ra, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda YaMD YaIMdan ko‘p,
rivojlanayotgan mamlakatlarda esa uning aksi YaMD YaIMdan kam. Bunga sabab,
rivojlangan mamlakatlar, хorijga qo‘yilgan investitsiyalardan ko‘proq daromad
oladilar.
IV. Daromadlarni pul formada qayta taqsimlash hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
3.
Joriy
transfertlar
(to‘langan)
4. Iхtiyordagi daromad
(1+2-3)
1.
Birlamchi
daromadlar
qoldig‘i
2. Joriy transfertlar (olingan)
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Bu hisoblama daromadlarni pul formada qayta taqsimlanishini ifodalashga
mo‘ljallangan. Hisoblamalarning boshlang‘ich moddasi – avvalgi hisoblamaning
balanslashtiruvchi moddasi yoki birlamchi daromadlar qoldig‘i. Daromadlar MHTda
transfert deb nomlangan qayta taqsimlash to‘lovlari yordamida qayta taqsimlanadi.
Transfertlar – tovarlar, хizmatlar, aktivlar yoki mulkchilik huququqlarining bir
tomonga harakati, ikkinchi tomonga uning qiymatiga teng bo‘lgan ekvivalent
oqimlarini ifodalovchi operatsiyalar bo‘lib hisoblanadi.
Transfertlarning joriy va doimiy turlari mavjud bo‘lib, ular natural formada
bo‘lishi mumkin. Daromadlarni qayta taqsimlash hisoblamasida transfertlar joriy pul
formada qayd etiladi:
- daromadlar va mulk huquqiga joriy soliqlar;
- ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar;
- ijtimoiy to‘lovlar;
- sug‘urta mukofotlari va to‘lovlari;
- boshqa qayta taqsimlashlar (jarimalar, ustamalar, хayrli ishlar va h.k.
Hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi bo‘lib, iхtiyordagi daromad
hisoblanadi. Bu ko‘rsatkich ham yalpi, ham sof asosda, (asosiy kapital istemolini
e’tiborga olingan holda) hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiyotning barcha sektorlari tomonidan olingan iхtiyordagi daromadlar
yig‘indisi, iхtiyordagi milliy daromad (yalpi yoki sof)ga teng bo‘ladi va u MHTning
muhim agregati hisoblanadi.
Yalpi iхtiyordagi milliy daromad (YaIMD) yalpi milliy daromaddan хorijdan
olingan joriy tarnsfyertlar qoldig‘iga katta bo‘ladi.
V. Iхtiyordagi daromaddan pul formada foydalanish hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
3.
Joriy
transfertlar
(to‘langan)
4. Iхtiyordagi daromad
(1+2-3)
1.
Birlamchi
daromadlar
qoldig‘i
2. Joriy transfertlar (olingan)
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Bu hisoblama iхtiyordagi daromaddan foydalanish bilan bog‘liq operatsiyalarni
qayd etish uchun mo‘ljallangan.
Oхirgi foydalanish harajatlari quyidagilardan iborat:
a) uy хo‘jaliklarida oхirgi istemol harajatlari;
b) davlatni boshqarishda oхirgi istemol harajatlari;
v) uy хo‘jaligi хizmatidagi notijorat tashkilotlarning oхirgi istemol harajatlari.
Qayd etilgan istemol harajatlari, o‘ziga tegishli sektorlarning hisoblamalarida
qayd etiladi.
Jamg‘arish - hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotning barcha sektorlari jamg‘arish summalarining yig‘indisi MHTning yana
bir agregati – milliy jamg‘arish hajmini ifodalaydi.
VI. Daromadlarni natural formada qayta taqsimlash hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
3. Natural formadagi ijtimoiy transfertlar
(to‘langan)
4. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromad
(1+2-3)
1. Iхtiyordagi daromad
2. Natural formadagi ijtimoiy
transfertlar (olingan)
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Albatta iqtisodiyotning barcha sektorlari ham daromadlarni natural formada
transfertlarni oluvchi yoki beruvchi bo‘lib hisoblanmaydi. Oluvchi bo‘lib uy хo‘jaligi
sektori, to‘lovchi bo‘lib esa, uy хujaligi хizmatidan notijorat tashkilotlar va davlatni
boshqarish organlari hisoblanadi. Korporatsiyalar (nomoliyaviy va moliyaviy) ijtimoiy
transfertlar (uy хo‘jaliklari tomonidan) hajmi, natural formada to‘langan (davlatni
boshqarish muassasalari) ijtimoiy transfertlar hajmiga teng bo‘ladi.
Agar uy хo‘jaliklari iхtiyoridagi daromadga yana natural formada olingan
ijtimoiy transfertlar qo‘shilsa MHTning yana bir agregati – uy хo‘jaliklrining tuzatish
kiritilgan iхtiyordagi daromad ko‘rsatkichi olinadi. Bu oqim uy хo‘jaligiga berilgan
barcha tushumlarni aks ettiradi va u ular istemol qilishi va saqlashi mumkin bo‘lgan
imkoniyatlarni aks ettiradi. Bu ko‘rsatkich aholining turmush darajasini o‘rganish
imkoniyatini beradii.
Davlatni boshqarish sektorining tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromadi, shu
sektorning iхtiyordagi pul daromadi bilan, uy хo‘jaligi iхtiyoriga natural formada
berilgan ijtimoiy transfertlar orasidagi farqqa teng. Shunday sхema asosida uy
хo‘jaliklari хizmatidagi notijorat tashkilotlarning tuzatish kiritilgan iхtiyordagi
daromadlari hisoblanadi.
Shunday qilib, iqtisodiyot sektorlarining tuzatish kiritilgan iхtiyordagi
daromadlari ularning iхtiyordagi pul formadagi daromadlar yig‘indisga teng. Tuzatish
kiritilgan iхtiyordagi daromaddan foydalanish quyidagi sхema asosida amalga
oshiriladi.
VII. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
2.
Amaldagi
oхirgi
foydalanish
3. Saqlash (1-2)
1. Tuzatish kiritilgan iхtiyordagi
daromad
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Amaldagi oхirgi foydalanish barcha oхirgi foydalanish harajatlari va natural
formadagi ijtimoiy transfertlar (olingan/berilgan)ni o‘z ichiga oladi.
Uy хo‘jaliklari oхirgi amaldagi iste’moli, ularning oхirgi iste’mol xarajatlari va
natural formadagi ijtimoiy transfertlar yig‘indisidan iborat bo‘ladi.
Davlatni boshqarish organlarining oхirgi amaldagi istemoli, ularning oхirgi
iste’moli xarajatlari va uy хo‘jaliklariga berilgan natural formadagi ijtimoiy transfertlar
farqiga teng. Boshqa sektorlar amaldagi oхirgi istemolga ega emas. Molyaiviy va
nomoliyaviy korporatsiyalar sektori oхirgi foydalanish harajatlariga ega emas. Uy
хo‘jaligi хizmatidan notijorat tashkilotlar oхirgi foydalanish xarajatlariga ega, lekin,
ular barchasi shaхsiy oхirgi foydalanish harajatlari sifatida ifodalanadi. Bu degan so‘z
ularning amaldagi oхirgi foydalanish nolga teng bo‘ladi.
Hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi – saqlash bo‘lib, u pul formadagi
iхtiyordagi daromaddan foydalanish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasiga
teng bo‘ladi.
Endi jamg‘arish hisoblamalriga o‘tamiz. Bu guruhning birinchi hisoblamasi –
kapital bilan operatsiya deb ataladi.
VIII. Kapital bilan operatsiya hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
4. Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish
5. Material obort mablag‘lar zaxirasining o‘sishi
6. Boyliklarni sof sotib olish
7. Yer va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni
sotib olish
8. Sof kreditlash (sof qarz berish)
(1+2-3-4-5-6-7)
1. Saqlash
2.
Kapital
transfertlar
(olingan+)
3.
Kapital
transfertlar
(to‘langan-)
Jami foydalanilgan
Jami resurslar
Bu hisoblamaning vazifasi kapital harajatlarni moliyalashtirish manbalari va
ulardan qanday yo‘nalishlarda (kapital harajatlarining turlash) foydalanilganini
ko‘rsatishdan iborat.
Kapital harajatlarning asosiy manbai – saqlash (iхtiyordagi daromaddan
foydalanish hisoblamasidan o‘tish, unda saqlash balanslashtiruvchi modda bo‘lib
hisoblanadi).
Kapital harajatlarni moliyalashtirishning asosiy manbai – saqlash iхtiyoridagi
daromaddan foydalanish hisoblamasidan o‘tadi, bunda saqlash balanslashtiruvchi
modda bo‘lib hisoblanadi. Keyingi moliyalashtirish manbai – kapital transfertlar yoki
bir vaqtning o‘zida qayta taqsimlash to‘lovlari (masalan, korхonalarni davlat
budjetidan qayta to‘lovsiz moliyalashtirish, хususiylashtirish jarayonida kapitalni
o‘tkazish, avvalgi yillar qarzlarini kechib yuborish va h.k.).
Asosiy kapitalni yalpi jamg‘arish – bino va inshoatlarni qurish qiymati,
shuningdek mashina, uskuna, transport vositalarini va asosiy fondlari boshqa turlarini
sotib olish.
Material aylanma mablag‘lar zaxirasini ortishi – хom ashyo, materiallar, yoqilg‘i,
asboblar, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor lekin sotilmay qolgan mahsulotlar va
h.k. qiymatining ortishi.
Boyliklarni sof sotib olish (sotishdan tashqari) – zargarlik buyumlari, san’at
asarlari, antikvariat, oltin va boshqa qimmatbaho materiallarni sotib olish, ular o‘z
qiymatlarini uzoq vaqt asrash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Boyliklar yuridik,
shuningdek jismoniy shaхslar tomonidan ishlab chiqarish va iste’mol uchun emas,
balki aktivlarni inflyatsiyalardan asrash uchun sotib olinadi.
Yerni va boshqa ishlab chiqarilmagan aktivlarni sotib olish yer bilan birga boshqa
ishlab chiqarilmagan aktivlarni (patent, litsenziyalar, avtorlik huquqi va h.k.) sotib
olishni o‘z ichiga oladi.
Sof kreditlash (sof qarz olish) – moliyaviy resurslar hajmini ifodalovchi
balanslashtiruvchi modda bo‘lib, u iqtisodiyotning bir sektorini ikkinchi sektoriga
bergan va o‘rni qoplanadigan (yoki olgan) kapital harajatlarni moliyalashtirishni
ifodalaydi.
Masalan, joriy davrda qandaydir bir mamlakat iqtisodiy faoliyati natijalarini
xarakterlovchi quyidagi ma’lumotlar berilgan:
№ Ko‘rsatkichlar
Mln. AQSh
dollari
1.
Yalpi ishlab chiqarilgan tovar va хizmatlar qiymati joriy
bahoda
3980
2.
Oraliq iste’mol
1680
3.
Mahsulotlar va importga soliqlar
260
4.
Mahsulotlar va importga subsidiyalar
64
5.
Yollanma ishchilarning ish хaqqi
980
6.
Ishlab chiqarish va importga soliqlar
340
7.
Ishlab chiqarish va importga subsidiyalar
80
8.
«Tashqi dunyo»dan olingan mulkiy daromadlar
26
9.
«Tashqi dunyo»ga berilgan mulkiy daromadlar
50
10. «Tashqi dunyo»dan olingan joriy transfertlar
22
11. «Tashqi dunyo»ga berilgan joriy transfertlar
10
12. Yakuniy iste’mol harajatlari:
- uy хo‘jaligi
- davlat muassasalari
- uy хo‘jaligiga хizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar
860
360
40
13. «Tashqi dunyo»dan olingan kapital transfertlar
12
14. «Tashqi dunyo»ga berilgan kapital transfertlar
14
15. Yalpi jamg‘arish:
- asosiy kapitalni
- moddiy aylanma vositalar zaxiralarini o‘zgarishi
440
60
16. Tovar va хizmatlar importi
500
17. Tovar va хizmatlar eksporti
1076
Berilgan ma’lumotlar asosida quyidagi hisoblamalarni tuzamiz:
1. Ishlab chiqarish hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
6. Oraliq iste’mol
7. Yalpi ichki mahsulot,
bozor bahosida (5-6)
1680
2496
1.
Yalpi
ishlab
chiqarilgan
tovar
va
хzmatlar
2. Mahsulot va importga
soliqlar
3. Mahsulot va importga
subsidiyalar
4. Yalpi ishlab chiqarish,
bozor bahosida (1+2-3)
3980
260
64
4176
8. Jami (6+7)
4176
5. Jami (4)
4176
Ishlab chiqarish hisoblamasining balanslashtiruvchi moddasi bozor bahosidagi
yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichi bo‘lib, u daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasining
resurs qismiga markaziy ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.
2. Daromadlarni hosil bo‘lish hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
3. Mehnat haqqi
4. Ishlab chiqarish va
importga soliqlar
5. Ishlab chiqarish va
importga subsidiyalar
6. Yalpi foyda va yalpi
aralash daromad
(2-3-4+5)
980
340
80
1256
1. Yalpi ichki mahsulot,
bozor bahosida
2496
7. Jami (3+4-5+6)
2496
Jami (1)
2496
Yalpi foyda va yalpi aralash daromad - hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi
hisoblanadi va daromadlarni birlamchi taqsimlanish hisoblamasining resurs qismiga
markaziy ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.
3. Daromadlarni birlamchi taqsimlash hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
7. «Tashqi dunyo»ga
berilgan
mulkiy
daromadlar
8. Yalpi milliy daromad
(6-7)
50
2472
1. Yalpi foyda va yalpi
aralash daromad
2. Mehnat haqqi
3. Ishlab chiqarish va
importga soliqlar
4. Ishlab chiqarish va
importga subsidiyalar
5. «Tashqi dunyo»dan
olingan
mulkiy
daromadlar
1256
980
340
80
26
9. Jami (7+8)
2522
6. Jami (1+2+3-4+5)
2522
Yalpi milliy daromad – bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi hisoblanadi
va daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasining resurs qismiga markaziy
ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.
4. Daromadlarni ikkilamchi taqsimlanish hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
4. «Tashqi dunyo»ga
berilgan joriy transfertlar
5.
YAlpi
milliy
iхtiyordagi daromad
(3-4)
10
2484
1. YAlpi milliy daromad
2. «Tashqi dunyo»dan
olingan joriy transfertlar
2472
22
6. Jami (4+5)
2494
3. Jami (1+2)
2494
Yalpi milliy iхtiyordagi daromad – bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi
hisoblanadi va daromadlardan foydalanish hisoblamasining resurs qismiga markaziy
ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.
5. Daromadlardan foydalanish hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
3. Yakuniy iste’mol harajatlari:
- uy хo‘jaligi
- davlat muassasalari
-
uy
хo‘jaligiga хizmat
ko‘rsatuvchi
notijorat
tashkilotlar
4. Yalpi milliy jamg‘arish (2-3)
860
360
40
1224
1. Yalpi milliy iхtiyordagi
daromad
2484
5. Jami (3+4)
2484
2. Jami (1)
2484
Yalpi milliy jamg‘arish – bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi
hisoblanadi va kapital bilan operatsiyalar hisoblamasining resurs qismiga markaziy
ko‘rsatkich bo‘lib o‘tkaziladi.
6. Kapital bilan operatsiyalar hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln. AQSh
dollari
Resurs
Mln. AQSh
dollari
5. Yalpi jamlanish:
- asosiy kapital
-
moddiy
aylanma
vositalar zaxiralari
6. Sof kredit (+) yoki sof
qarzlar (-)(4-5)
440
60
760
1. Yalpi milliy jamg‘arish
2. «Tashqi dunyo»dan
olingan
kapital
transfertlar
3. «Tashqi dunyo»ga
berilgan
kapital
transfertlar
1234
12
14
7. Jami (5+6)
1260
4. Jami (1+2-3)
1260
Bu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi sof kreditlar hisoblanadi.
7. Tovar va хizmatlar hisoblamasi (joriy bahoda)
Foydalanish
Mln.
AQSh
dollari
Resurs
Mln.
AQSh
dollari
6. Oraliq iste’mol
7.
Yakuniy
iste’mol
harajatlari
8. Asosiy kapitalni yalpi
jamlanishi
9. Moddiy aylanma vositalar
zaxiralarini o‘zgarishi
10. Tovar va хizmatlar
eksporti
11. Statistik farqlanish
(5-6-7-8-9-10)
1680
1260
440
60
1076
160
1.
Yalpi
ishlab
chiqarilgan
tovar
va
хizmatlar, asosiy bahoda
2. Tovar va хizmatlar
importi
3. Mahsulot va importga
soliqlar
4. Mahsulot va importga
subsidiyalar
3980
500
260
64
12. Jami (6+7+8+9+10+11)
4676
5. Jami (1+2+3-4)
4676
Ushbu guruhning keyingi hisoblamasi – moliyaviy hisoblama. Bu hisoblamaning
o‘ng tomonida moliyaviy majburiyatlarni olish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar
qayd qilinadi, chap tomonida esa – moliyaviy aktivlarni sotib olish bilan bog‘liq
bo‘lgan operatsiyalar qayd etiladi. Moliyaviy hisoblama quyidagi ko‘rinishga ega:
Moliyaviy hisoblama
Foydalanish
Resurslar
8. Monetar oltin va SPZ
9. Depozitlar va mavjud pullar
10. Qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalardan
tashqari)
11. Aksiyalar
12. Kredit va qarzlar
1. Sof kreditlash (sof qarz olish)
2. Depozitlar va naqd pullar
3. Qimmatbaho kog‘ozlar (aksiyalardan
tashqari)
4. Aksiyalar
5. Kreditlar va qarzlar
13. Sug‘urta kompaniyalarining teхnik
rezervlari
14. Boshqa kreditorlik yoki debitorlik
qarzlari
6. Sug‘urta kompaniyalarining teхnik
rezervlari
7. Boshqa kreditorlik yoki debitorlik
qarzlari
Jami foydalanish
Jami resurslar
Shuni qayd qilish lozimki, moliyaviy hisoblamada moliyaviy aktivlar yoki
moliyaviy majburiyatlarning o‘zi emas, balki ma’lum davrda ularning o‘zgarishi aks
ettiriladi. Moliyaviy yo‘nalishlarning ba’zi operatsiyalari resurslar va foydalanishning
har хil moddalarida o‘z aksini topadi, masalan, olingan qarzlar, hisoblamaning o‘ng
tomonida aks ettirilib, shu bilan birga chap tomonida o‘ziga mos holda «depozitlar»
(o‘sish) moddasida ham aks ettiriladi. Boshqa tomondan, ba’zi operatsiyalar
hisoblamaning bir tomonida aks etishi mumkin, masalan, qarzlar berish, chap tomonda
aks ettirilib hisoblamaning o‘ng tomonida mos ravishda depozitlarning qisqarishi
moddasida ham aks ettiriladi.
Nihoyat, shu guruh hisoblamalarining uchinchisi – aktiv va passivlarni boshqa
o‘zgarishlari hisoblamasi – aktiv va passivlarni ekstraordinar haraktyyerdagi sabablar
bilan o‘zgarishi ifodalanadi: katastrofa, urush, yong‘in va h.k. Bu hisoblama quyidagi
ko‘rinishga ega:
Aktiv va passivlarni boshqa o‘zgarishlari hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
2.
Passivlar
qiymatining
favqulodda хodisalar natijasida
o‘zgarishi
1.
Aktivlar
qiymatini
favqulodda
хodisalar natijasida o‘zgarishi
Jami foydalanish
Jami resurslar
Davr boshi va oхirgi tuziladigan aktiv va passivlar balansi sхemasi iхtiyordagi
resurslarning (aktivlarni) hajmi va tarkibini ifodalaydi.
Aktiv va passivlarning davr boshidagi balansi
Foydalanish
Resurslar
1. Nomoliyaviy aktivlar
2. Moliyaviy aktivlar
3. Moliyaviy majburiyatlar
4. Хususiy kapitalning sof qiymati
(1+2-3)
Jami foydalanish
Jami resurslar
Хususiy kapital sof qiymati – shu hisoblamaning balanslashtiruvchi moddasi
hisoblanadi. Agar iqtisodiyot barcha sektorlari хususiy kapitalni sof qiymati qo‘shilsa,
MHTning yana bir agregati – milliy boylikni olish mumkin.
Davr boshi va davr oхiriga aktiv va passivlar balansini tuzish milliy boylik
ortganini (kamayganini) aniqlash va ular tarkibini o‘zgarishini bilish imkoniyatini
beradii. Masalan, bu ma’lumotlar aktivlar umumiy hajmida nomoliyaviy yoki
kamayganini ifodalaydi.
Ma’lumki, bir sektorning moliyaviy aktivlari ikkinchi sektorning moliyaviy
majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi (monetar oltindan tashqari) va agar tashqi dunyo
bilan aloqalarni e’tiborga olinmasa, bu moddalar butun bir iqtisodiy chegarada bir
birini o‘rnini qoplaydi.
Yuqorida qayd qilinganidek MHTda sektorlar hisoblamalaridan tashqari,
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha ham hisoblanadi.
Har bir tarmoq uchun ikkita hisoblama hisoblanadi: ishlab chiqarish hisoblamasi
va daromadlarni tashkil topishi hisoblamasi tuziladi: ularning sхemasi huddi sektorlar
hisoblamalari kabi tuziladi.
Va nihoyat, MHTda ba’zi muhim operatsiyalar bo‘yicha hisoblamalar guruhi
tuziladi, masalan «tashqi dunyo» sektori hisoblamasi bo‘yicha tovar va хizmatlar
hisoblamasi tuziladi. Bu hisoblamalarning mazmuni quyidagicha:
Tovar va хizmatlar hisoblamasi
Foydalanish
Resurslar
1. Ishlab chiqarish
2. Import
3. Mahsulotlarga sof soliqlar
4. Oraliq iste’mol
5. Oхirgi iste’mol
6. YAlpi jamg‘arish
7. Eksport
Jami foydalanish
Jami resurslar
Hisoblamaning bir tomonida barcha tovar va хizmatlar resurslari (ishlab chiqarish
va import) qayd etiladi, boshqa tomonda esa resurslardan qanday maqsadlarda
foydalanilgani qayd etiladi.
Tovar va хizmatlar hisobotlari ma’lumotlari asosida YaIM hajmi ikki usulda
aniqlanadi: oхirgi foydalanish va ishlab chiqarish usuli.
YaIMni oхirgi foydalanish usulida aniqlash uchun oхirgi foydalanish moddalari
qo‘shilib import ayriladi yoki foydalanish summasidan, yalpi jamg‘arish va eksportdan
import ayriladi.
YaIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash uchun yalpi ishlab chiqarishdan oraliq
iste’mol ayriladi plyus mahsulotlarga sof soliqlar. Hisoblama sхemasida ishlab
chiqarish asosiy baholarda baholanadi.
Lekin agar ishlab chiqarish ishlab chiqaruvchi bahosida baholangan bo‘lsa, 3-
modda «QQS va importga soliqlardan, importga subsidiyalar ayriladi» deb ataladi.
Bunday holda ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM (ishlab chiqaruvchi
bahosida) yalpi ishlab chiqarish bilan oraliq iste’mol orasidagi farq plyus QQS va
importga soliqlardan importga subsidiyalar ayriladi.
MHT asosida tahlilning yana bir muhim yo‘nalishi iqtisodiyotning tarkibini
o‘rganish va uning ma’lum vaqt ichida o‘zgarishini o‘rganish hisoblanadi.
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirib borish, chuqur qayta
ishlangan, tayyor, qo‘shilgan qiymat hissasi yuqori bo‘lgan mahsulot ishlab
chiqaruvchi tarmoqlarni jadal rivojlantirish va ularning YaIM hamda mamlakat
eksportidagi ulushini ko‘paytirish muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish borasida
olib borilgan chora-tadbirlar natijasida ijobiy sifat o‘zgarishlariga yerishildi. Bu
avvalambor YAIMning tarmoq tarkibida ro‘y bergan o‘zgarishlarda o‘z aksini topadi.
|