Ustrushona. Ustrushona o'lkasi togrisida qadimgi yozma manbalarda ma'lumolar uchramaydi. Faqat antik davri mualliflari asarlarida Aleksandr Makedonskiyning Yaksart (Sirdaryo) bo'yiga yurish qilib, bu erdagi Eron shohi Kir tomonidan asos solingan Kiropol shahrini vayron qilgach uning o'rnida barpo ettirgan mustahkam qalani Aleksandriya EShata nomi bilan ataganligi togrisidagi ma'lumotlar saqlangan. O'lkaning antik davri manzilgohlari nisbatan yaxshi o'rganilmagan. Bu davrda Ho'jand kohna shahri, O'ratepa (Mugtepa), Munchoqtepa va Shirin kabi shahar turidagi manzilgohlar faoliyat yuritgan.
Xo'jand kohna shahrida aniqlangan madaniy qatlamlarga ko'ra hayot milodning boshlariga qadar davom etgan. Shirin manzilgohining quyi qatlami sopollari mil.avv. IV asrlarga oid bo'lib, tadqiqotchi olimlarning taxminlariga ko'ra milodning birinchi asrlarida shaharga aylangan. Umumiy maydoni 10 ga. ni tashkil etgan. Mug (O'ratepa) manzilgohi ham taxminan mana shu davrda shakllangan. Sirdaryo bo'yida joylashgan Munchoqtepa manzilgohi nisbatan yaxshi saqlangan. U togri to'rtburchak shaklli 4 ga. dan iborat manzilgohni bo'lib, daryo suvi muntazam yuvib turganligi tufayli maydon qisqarib ketgan. Shimoliy-sharqida nisbatan baland joyda joylashgan 70x40 m. Qismi ko'rinishidan kohna shaharning ark bo'lgan. Manzilgoh xom gishtlar bilan terilgan devorlari bilan muhofaza qilingan. Shirin va Mugtepa (O'ratepa) manzilgohlari o'rnida ham milodning birinchi asrlarigacha hayot davom etgan.
Xulosa.
Xulosa qilib shuni aytadigan bolsak O'rta Osiyoning qadimgi davrlardanoq muhim madaniy-tarixiy viloyatlaridan sanalgan Fargona vodiysi o'rta asrlar davri xitoy manbalarida “Lona” va “Polona” nomlari bilan tilga olinadi. Fodiyning ilk o'rta asrlar arxeologiyasi bilan turli yillarda A.N.Bernshtam, V.A.Bulatova, N.G.Gorbunova, Yu.A.Zadneprovskiy, B.A.Latinin, B.Abdulgazieva, G.A.Brikina, A.A.Anorboev, B.H.Matboboev va boshqalar arxeolog olimlarning ilmiy tadqiqotlari samarasi natijasida o'lkaning ilk o'rta asrlar davri arxeologiyasi o'rganilgan. O'lka ilk o'rta asrlar davri arxeologik jihatdan 7 xojalik tumaniga bo'linib, 250 dan ortiq mazkur davrga oid madaniy qatlamiga ega bo'lgan barcha turdagi yodgorliklar qayd etilgan. Shundan 22 tasi shahar turidagi yodgorliklar sanaladi.
Bu davrda o'lkada Quva, Axsikent, Koson, Andijon, O'sh, O'zgan va boshqa shular kabi shaharlari savdo-iqtisodiy, madaniy va diniy markaz sifatida rivojlangan. Nisbatan keyingi davr mualliflari Ibn Hurdodbek va Qudama ibn Jafar kabi o'rta asr mualliflarining asarlarida Fargona vodiysi shaharlari va ularning joylashishi togrisidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.
Fargona vodiysidagi ilk o'rta asrlar davri yirik shahar markazlaridan biri bo'lgan Axsikent shahri o'lkaning shimoliy qismida, Sirdaryoning o'ng soxilida Sharqiy Turkiston va Sugd karvon yo'li bo'yida joylashgan, bo'lib, u antik davridan boshlab shakllangan. Ilk o'rta asrlar davriga kelib mahalliy hukmdorlar markazi hisoblangan yirik shahar markazlaridan biriga aylanadi. Manzilgoh shahriston va uning ichkarisida joylashgan ark qismlaridan iborat
Dostları ilə paylaş: |