Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga egadir boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari, tashqi siyosiy muassasalari va diplomatik vakolatxonalari bilan oʻz vakolatlari doirasida muzokaralar olib borish hamda davlat nomidan ular bilan rasmiy yozishmalarni amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalaridan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari boʻyicha soʻrovlar yuborish va maʼlumotlar, takliflar, xulosalar hamda boshqa zarur materiallarni olish;
muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-uslubiy va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek, tashqi siyosiy faoliyat muammolari boʻyicha maxsus kengashlar chaqirish;
zarurat boʻlganda xalqaro munosabatlar sohasida takliflar, xulosalar va tahliliy materiallar tayyorlash uchun olimlar, mutaxassislardan iborat muvaqqat ishchi guruhlari tuzish;
xorijiy mamlakatlar bilan oʻzaro hamkorlik asosida zarur axborotni ayirboshlashni belgilangan tartibda amalga oshirish, buning uchun tegishli vazirlik, idora va tashkilotlardan talab etiladigan materiallarni olish;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti ishiga rahbarlikni amalga oshirish.
Vazirlik tuzilmasi[2] Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining tuzilmaviy boʻlinmalari