O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə8/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1 masala. Elektr dazmol 1 soat ishlatilganda 1 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanadi. Dazmol 3 soat ishlatilsa necha so‘mlik elektr energiyasi sarflanadi?
Bunday masalani echish jarayonida dastlab, elektr termoqlaridan to‘g‘ri foydalanish zarurligi, dazmoldan o‘rinli foydalanib, xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi ta`kidlanadi. Masala yechilib,dazmol 3 soat ishlatilganda qancha mablag‘ sarflanishi aniqlanib olinadi.

      1. masala. Elektr chirog‘i 10 soat yonib tursa, 1 kilovatt-soat elektr energiyasi

sarflanadi. Kechasi yo‘lak 10 soat davomida yoritildi. Bir oy (30 kun) davomida yo‘lakni yoritish uchun davlat tomonidan qancha mablag‘ sarflanadi?


Ushbu masalani yechish orqali o‘quvchilar elektr energiyasini tejab ishlatishga da‘vat qilinadi.
Masala yechimi:Demak, 1 ta elektr chirog‘i 1 kecha, ya`ni 10 soat davomida 1 kilovatt-soat energiya sarflasa, 1 oy davomida 30 kun davomida 30 kilovatt-soat elektr energiyasi sarflanadi. 1 kilovatt-soat elektr energiyasi 125 so‘m ekanligini inobatga olsak,
125x30=3750 so‘m davlat mablag‘i sarflanadi.

      1. masala. Xonadonda bir oy davomida 50 soat keraksiz yonib turgan uchta elektr chirog‘i uchun necha so‘m to‘lash kerak bo‘ladi?

Bu masala ham xuddi yuqoridagidek yechiladi. 1) 50:10=5 (marta)

  1. 1x5= (kilovatt-soat)

  2. 125x5=625 (so‘m) - 1 ta elektr chirog‘i uchun to‘lash kerak bo‘lgan pul.

  3. 625x3=1875 (so‘m) - 3 ta elektr chirog‘i uchun to‘lak kerak bo‘lgan pul.

O‘qituvchi maktab misolida ham olib elektr energiyasini tejash zarurligini aytib o‘tadi.
O‘quvchilar maktabimizda 30 ta sinf bor. Shu 30 ta sinfdagi elektr chiroqlari bir kecha o‘chirilmay qolsa, qancha elektr energiyasi sarflanadi. Davlatning qancha puli isrof qilingan bo‘ladi? 1 kechani taxminan 10 soat deb qarasak, bita sinf xonasidagi elektr chirog‘i 1 kilovatt-soat elektr energiyasini sarflagan bo‘ladi. 30 ta sinf xonasi uchun 30 kilovatt-soat sarflangan bo‘ladi. Bular uchun davlatning 125x30=3750 so‘m mablag‘i behuda sarflangan bo‘ladi. Bu bir maktabimiz misolida olindi. Shahrimiz, viloyatimiz, mamlakatimiz misolida olinsa qancha mablag‘ isrof qilinishini tasavvur qiling.
Shunday masalalar orqali o‘qituvchi o‘quvchilarni qayerda kunduzi behuda yonib turgan chiroqni ko‘rsa, darhol o‘chirish lozimligini o‘rgatib borishi, elektr energiyasini tejab ishlatishga o‘rgatib borishi zarur.



        1. Yüklə 94,47 Kb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin