Masalalar yechish jarayonida o‘quvchilarda tejamkorlik ko‘nikmasini tarkib toptirish
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari juda qiziquvchan bo‘lishadi. Har bir bajarilayotgan ishga, topshiriqqa e`tiborli bo‘lish, uni o‘z vaqtida bajarishga o‘rgatib borish o‘qituvchi oldidagi muhim vazifalardan biri sanaladi.
Amaliyotda juda ko‘p masalalar mavjudki, ularni yechish jarayonida o‘quvchidan matematik bilim, ko‘nikma va malaka talab etiladi. Ayniqsa, bozorda xarid qilganda, maktab hovlisi, yuzini, parametrini hisoblashda, transport parametrini hisoblashda o‘quvchilar arifmetik amallarni qo‘llab, og‘zaki hisoblashlarning qulay usullaridan foydalanishdi. Ammo tajribada shunday masalalar borki, ularni yechish orqali o‘quvchida tejamkorlik ko‘nikmasi tarkib
topadi. Aynan shunday masalalarni o‘quvchiga ko‘proq yeshtirish ularda moddiy ne`matlardan tejab foydalanishga, iflosgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. Shunday turdagi ayrim masalalarni qarab chiqamiz.
Elektr chirog‘i yonganida yoki elektr asboblari ishlatilganda elektr energiyasi sarflanadi. Elektr asboblari hayotda juda ko‘p joylarda ishlatiladi: elektr dazmoli, isitish tarmoqlari, elektr choynak, elektr nasos, elektr choyshab va boshqalar.
Elektr energiyasi elektr stantsiyalarida ishlab chiqariladi. Uni ishlab chiqarishda suv, gaz va neft mahsulotlaridan foydalaniladi. Elektr energiyasidan tejamkorlik bilan foydalanish kerak.
Elektr energiyasi kilovatt-soat deb nomlangan o‘lchov birligi bilan o‘lchanadi. Sarflangan 1 kilovat-soat elektr energiyasi uchun aholi 125 so‘m haq to‘laydi (2013- yil mart oyidan).
Xonadonda sarflanayotgan elektr energiyasi maxsus hisoblagich ko‘rsatkichiga qarab, har oyda to‘lovni amalga oshirildi. Aytaylik mart oyi boshida hisoblagich 00327 ni oy oxirida 00517 ni ko‘rsatgan bo‘lsin. Demak, mart oyi mobaynida xonadon 517-327=190 (kilovatt-soat) elektr energiyasi sarflagan. 1 kilovatt-soat elektr energiyasi 125 so‘m turishini hisobga olsak, xonadon egasi iste`mol qilingan elektr energiyasi uchun
125x190=23750 (so‘m) pul to‘lash lozim bo‘ladi.
Shunga o‘xshash hayotiy masalalar yechib, o‘quvchilarni elektr energiyasini tejab, isrof qilmasdan foydalanishga o‘rgatib borish zarur.
Dostları ilə paylaş: |