O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Bolalarni tejamkorlikka o‘rgatish sohasidagi tarixiy tajribalar



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə4/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • II BOB

Bolalarni tejamkorlikka o‘rgatish sohasidagi tarixiy tajribalar


Ma`lumki, o‘zbek xalqi azal-azaldan tijorat bilan shug‘ullanib kelgan, butun olamga o‘zining donoligi, tadbirkorligi, mehnatsevarligi bilan nom chiqargan.
Ajdodlarimiz jamiyat hayotining asosini tashkil qilgan iqtisodiyot va tijoratga oid boy bilim, tajriba top`lashga erishganlar. Ko‘plab ilmiy va badiiy manbalar, Sharq, shu jumladan o‘zbek xalqining hayoti, turmush tarzi haqida ma`lumotlar beruvchi tarixiy, falsafiy adabiyotlar bunga misol bo‘la oladi.
Halollik, poklik, haromdan hazar, birovning haqqiga xiyonat qilmaslik, odamiylik, odoblilik gavhari bo‘lib, odamni inson sifatida yuksak darajada e`zozlaydi, ulug‘laydi. Shuning uchun ham Sharq xalqlari adabiyoti, falsafasi, tarixi va madaniyati, shuningdek islom ta`limoti, ularning asosini tashkil etgan Qur`oni Karim va Hadisi shariflarda har bir kishiga halol yo‘l peshona teri bilan mehnat qilib mol topish pokiza hayot kechirishlik qayta-qayta uqtiriladi.
Avlod-ajdodlarimiz o‘zlarining bir necha ming yillik hayot tajribalari va tarixiy kuzatishlaridan kelib chiqib, o‘g‘rilik, bosqinchilik, qalloblik,

tovlamachilik, firibgarlik, ko‘zbo‘yamachilik, xiyonatkorlik, poraxo‘rlik va boshqa nopok yo‘llar bilan boylik orttirishni keskin qoralaganlar. Bolalarni tejamkorlik, isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, mehnatsevar, rostgo‘y insofli, sabr-qanoatli bo‘lish ruhida tarbiyalaganlar.


Ma`lumki, azaldan ota-onalar bolalarini xo‘jalik ishlari bilan tanishtirib, ularda oilaning moddiy ahvoli haqida tasavvur hosil bo‘lishga e`tibor berganlar. Shuningdek, o‘zbek oilalarida bolalarga ro‘zg‘or buyumlarini ehtiyotlab, asrab- avaylash lozimligi uqtirib kelingan. Qadimda ota-bobolarimiz bolalarni tejamkorlik ruhida tarbiyalab, bu tushunchani ular ongiga singdirib borganlar. Otalar o‘g‘illariga savdo-sotiq, uy-ro‘zg‘or ishlarini, onalar esa qizlariga uy tutish, oziq-ovqatni saqlash, tayyorlashni o‘rgatganlar va bu odatlar qadimiy urf- odatlarimizdan hisoblanib kelgan.
Musulmonchilikda «halol» va «harom», «savob» va «gunoh» kabi tushunchalarni farqlash muhim ahamiyat kasb etgan. Ota-bobolarimiz musulmonchilik qoidalari deganda islom dinining asosi bo‘lgan sha`riy hukmlarni tushunganlar. O‘zbek oilalarida shariat qonun-qoidalariga amal qilish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir qilib kelgan. Qadriyatlarimizga ko‘ra, nonni halollab yegan, haromga yo‘lamagan, birovning haqidan hazar qilgan, savdo paytida tarozidan urib qolmagan, buni hatto xayoliga ham keltirmagan diyonatli tijoratchilarni odamlar hurmat qilgan.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o‘tish odamlarda iymon-e`tiqod, vijdon, halollik, birovning haqqini yeyishdan qo‘rqish xayr-ehson singari fazilatlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov quyidagilarni ta`kidlagan: «Ma`naviyat tarbiyaning eng ta`sirchan quroli ekan, undan oqilona foydalanish bolalarimizni vatanparvarlik, rostgo‘llik, haqsevarlikka o‘rgatish kerak bo‘ladi. Aslini olganda, axloq - ma`naviyatning o‘zagi. Inson axloqi shunchaki salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq - bu avvalo insof va adolat tuyg‘usi, iymon, halollik degani» .
Bugungi kunda istiqlol sharofati tufayli yoshlarda milliy, ma`naviy qadriyatlar, qadimiy urf-odatlar, tilimiz, tariximiz, o‘tmish me`rosimizga

muhabbatni tarbiyalash uchun eng qulay muhit, shart-sharoit yaratildi.


Donishmandlarning har bir so‘zi, ta`sirchan, serma`no asarlari odamlarning qalbi va ongi, his-tuyg‘ulariga ta`sir etib, hayotimizdagi kamchiliklar, nuqsonlarni bartaraf etish rivojlanayotgan shaxs dunyoqarashi, uning ma`naviy, iqtisodiy hamda estetik bilimdonligini shakllantirishga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1-Prezidenti Islom Karimov ilm-fanning barcha sohalarida buyuk ajdodlarimiz qoldirgan mo‘tabar ma`naviy ne`matlar va ilmiy qadriyatlarni tadqiq qilib, o‘zbek xalqining bugungi avlodiga yetkazib berishga da`vat etib kelmoqda. Jumladan: «Mubolag‘asiz aytish mumkinki, fanimiz, aql- zakovat salohiyatimizning noyob va go‘zal binosiga bundan ko‘p asrlar muqaddam poydevor solingan edi. Mamlakatimiz fani juda qadim zamondan yuksala boshlaganini, uning chuqur va qudratli ildizlari borligini faxrlanib ayta olamiz. U asrlar davomida o‘zbek millatiga, butun insoniyatga tabiat sirlarini o‘rganishda, tibbiyot, falsafa, huquqshunoslik, ilohiyot, adabiyotshunoslik va tilshunoslikda ishonchli xizmat qilib kelmoqda.
Uzoq o‘tmishdayoq o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning amalga oshirgan kashfiyotlari jahon umuminsoniyat
fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoga mashhur»6.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin ta`lim-tarbiya sohasida milliy axloq-odobni qayta tiklash urf-odatlar, turli tuman an`analarni joy-joyiga qo‘yish qadriyatlarni yanada rivojlantirish borasida juda keskin va buyuk burilishlar bo‘lgani barchaga ayondir. Shunga ko‘ra, yosh avlodni milliy qadriyatlar, o‘zlikni anglaydigan, buyuk tariximiz bilan haqli ravishda fahrlana oladigan ruhda tarbiyalash ajdodlarimiz merosi aks ettirilgan, mustaqillik ruhi singdirilgan darslik va qo‘llanmalar yaratilmog‘i zarur.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilim va tushunchalarini boyitishga yo‘naltirilgan o‘quv materiallari tizimini vujudga keltirishda o‘zbek xalqining tarixiy tajribasidan samarali foydalanish katta ahamiyatga egadir. Chunki, ezgulik, saxovat, ulug‘vorlik, halollik, poklik singari ijobiy fazilatlar

ta`lim-tarbiyada, jamiyat a`zolari o‘rtasida ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy-ma`rifiy munosabatlarni shakllantirish va mustahkamlashda katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham odob-axloq haqidagi pan-du nasihatlar, o‘git, maqol va matallarda o‘zbekona ma`naviyat, qadriyatlarga qadim zamonlardan boshlab alohida e`tibor qaratilgan. Chunonchi, Imom Ismoil al Buxoriy, Rizouddin ibn Faxriddin, Kaykovus, Mahmud Qoshg‘ariy, Ali ibn Abu Bakr Marg‘iloniy, Alisher Navoiy, Abu Nasr Farobiy, Abdulla Avloniy va boshqa mutafakkirlar, mashhur shoir va olimlarning asarlarida bayon qilingan iqtisodga oid qarashlar bunga misol bo‘la oladi.


Chunonchi, Imom Ismoil al Buxoriyning «Al-jomi` as-sahih» (Ishonarli to‘plam) asari o‘quvchilarda bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ma`naviy-axloqiy asoslarini tarkib toptirish va rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Chunki hadislarda ilgari surilgan fikrlar hozirgi iqtisodiy munosabatlarda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Hadislarda insoniy xislatlardan ezgulik, sabr-qanoat, shukronalik kabilar ulug‘lansa, isrofgarchilik, ta`magirlik, ochko‘zlik, bahillik, johillik kabi illatlar qoralanadi.
Hadislarda xalq tajribasida sinalgan ezgu g‘oyalar kuchaytiriladi, ular nasihat va talab shaklida xalqqa yetkaziladi, xalq g‘oyalariga zid odatlar esa qoralanadi, yomon oqibatlardan ogoh etiladi. Bunday hollarda mubolag‘ali usul orqali hadislarning tarbiyaviy ta`siri kuchaytiriladi.
Asardan keltirilgan quyidagi parchalar fikrimizning dalilidir:
Hufayza Raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sallollohu alayhi vasallom: «Hech kim o‘z qo‘li bilan topgan rizqdan ko‘ra lazzatliroq taom yemagan. Ollohning payg‘ambari Dovud alayhissalom ham o‘z qo‘llarining mehati bilan tirikchilik qilganlar». Bu yerda mehnatsevarlik, halollik ulug‘lanib, insonning sh mehnati evaziga topilgan rizqining naqadar lazzatli ekanligi ta`kidlanadi.
Umuminsoniy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan saxiylik, olijanoblik, ezgulik xolis niyatda amalga oshirilmog‘i zarur ekanligi quyidagi hadisda ta`kidlanadi:
Jobir ibn Abdulloh Raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Biror narsa sotishda

yoki xarid qilishda yoxud biror hukm chiqarishda olijanoblik ko‘rsatgan odamni Olloh taolo o‘z rahmatiga olur».


Navbatdagi nasihatda ta`magirlik, ochko‘zlik bilan mol-dunyo to‘plash saxiylikka zid bo‘lib, u minnat evaziga, g‘arazli maqsadda qilinishi, Olloh taolo nochorlarning qarzidan kechgan saxiy, fe`li keng odamlarning gunohidan o‘tishi haqida quyidagilar ta`kidlanadi:
Hufayza raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Janob Rasulloh sallollohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir odam vaqti-soati yetib dunyodan o‘tdi. Shunda unga: «Hayotlik vaqtingda qanday xayrli ish qilgansan?»-deyildi. U:
«Odamlar bilan savdo-sotiq qilar edim. Shunda qarzini uzishga qurbi yetadigan, (ammo vaqtincha uzolmay turgan) kishiga muhlat berar, nochorlarning qarzini kechib yuborar edim»,-deydi. Shul bois, Olloh taolo uning gunohlaridan o‘tdi».
«Abu Hufayza Raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiy sallallohu alayhi vasallam bunday deydilar: «Bir tojir (savdogar) odamlarga qarz berardi. Agar nochor odamlarga qarz bersa, qo‘l ostidagilarga: «Uning qarzidan o‘tib qo‘ya qolinglar, shoyad Olloh taolo ham bizning gunohlarimizdan o‘tsa!»,-derdi. Shunga binoan uning xizmatchilari nochorlarning qarzini kechib yuborardilar. Shuning uchun Alloh taolo u dunyoda o‘sha savdogarning gunohidan o‘tdi».
Agar inson o‘zini yolg‘on gapirish ikkiyuzlamachilik, ochko‘zlikdan saqlasa, shaxs va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, ma`naviy takomillashuviga ijobiy ta`sir etadi. Hadislarda birovning haqiga xiyonat qilmaslik, halollik, to‘g‘riso‘zlik savdoga baraka keltirishi, ochko‘zlik, bir-biriga g‘irromlik qilish uning barakasini uchirishi haqida quyidagi fikrlar berilgan:
«Al-Ado ibn Holid raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Nabiiy sallollohu alayhi vasallam: Agar sotuvchi o‘z molining aybini yashirmasa hamda oluvchi ham pul berishda g‘irromlik qilmasa, bunday savdoda baraka bo‘lur. Agar har ikkala tomon ham bir-biriga g‘irromlik qilsa, bunday savdoda baraka bo‘lmas!».
Demak, shunday xulosa qilish mumkinki, har ikkala tomon bir-birini aldasa, g‘irromlik qilsa, bu savdo halol savdo hisoblanmaydi. Savdo-sotiq ishi halollikni yoqtiradi, shuning uchun sotuvchi ham, xaridor sham rost gapirishi shart.

Uqba ibn Omir raziyallohu anhu: «Kishi o‘z molining aybini yashirgan holda savdo qilishi halol ermas»,-deydilar.


Shuningdek, savdoda poklik, insof, diyonat, to‘g‘rilik tuyg‘ulariga rioya qilish haqidagi so‘zlar yuqoridagi fikrlarni to‘ldiradi. Ibn Umar Raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir odam janob Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga (har safar) savdoda aldanib qolishidan shikoyat qildi. Shunda janob Rasullulloh dedilar:,,Har safar savdo qilayotganingda: «Savdoda aldov yo‘q» deb qo‘y!».
Savdo-sotiq ishlarida amal qilinadigan shartlardan yana biri savdogarlar o‘zaro bir-birlarining savdolarini buzmasliklari lozimligidir. Keyingi nasihatda birodariga xiyonat qilish nopok narsalarga vaqti va pulini sarf etish gumroh odamlarga xos qusurlar ekanligi, ularning topgani esa halol bo‘lmasligi ta`kidlanadi. Ibn Umar Raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh alayhi vasallam: «Birortangiz birodaringiz savdosi ustiga savdo qilmangiz!».
Hadislarda savdo-sotiq ishida sudxo‘r bilan shug‘ullanish qoralanadi. Sudxo‘rlikdan olingan foyda halol foyda emas, shuning uchun uning barakasi ham bo‘lmaydi. G‘irromlik qilish ham sudxo‘rlikning bir ko‘rinishi sifatida qoralanadi. Ibn Abu Avfo: «Molning bahosini sun`iy oshiruvchi odam sudxo‘r, xoin va aldamchi bo‘lib, topgani halol ermas»,-deydilar.
Yangi jamiyat kishisini tarbiyalashda yuqorida keltirilgan bunday fikrlar juda katta ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ushbu fikrlar yosh avlodni insoniy fazilatlar bilan qurollantirishdan tashqari ular tafakkurini iqtisodiy bilimlar bilan ham boyitib boradi. Shuning uchun bu fikrlardan odobnoma, o‘qish, ona tili, mehnat, matematika darslarida samarali foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Imom Ismoil al Buxoriyning «Al-adab al mufrad» (Adab durdonalari) asarida ham o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini oshirishga xizmat qiladigan qimmatli fikrlar berilgan. Asarda xaridorni aldamaslik, qimmatfurush bo‘lmaslikka intilish xaridorga qattiq gapirmaslik - bular savdogarchilik odob- axloqi va madaniyatining muhim talablaridan bo‘lib hisoblanishi ta`kidlanadi. Tejamkorlik, poklik, to‘g‘rilik, iymon-e`tiqodlilik ulug‘lanadi. Asardan keltirilgan quyidagi parchalar fikrimiz dalilidir.

Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilinadi: «Axloqning yaxshi bo‘lishi, taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to‘rt xislatni Alloh taolo senga bergan bo‘lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo‘lsang ham, zarari yo‘qdir».


Abu al Abid ibn Mu`oviya ibn Sibra (roziyollohu anhu) aytdilar: Men Abdulloh ibn Mas`uddan isrofkunandalar degan so‘zning ma`nosini so‘raganimda, Abdulloh: «U molni nohaq yerlarga sarflaydigan kishilardir»,-dedilar.
Isrof so‘zining lug‘aviy ma`nosi-molni gunoh ishlarga sarflash yoki o‘zi va bola-chaqasi uchun odam narsa qoldirmay, bor-yo‘g‘ini mayda-chuyda, ikir- chikirlarga sarflab yuborish ma`nosini anglatadi. Isrof, qaysi ko‘rinishda bo‘lmasin, kishining bor-yo‘g‘ini sovuradi, yakson qiladi,-degan fikr ilgari suriladi.
Keyingi hadisda quyidagilar ta`kidlanadi. Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilindi: Rasululloh: «Yaxshi siyrat, chiroyli hay`at va har bir ishda iqtisodchilik yetmish xislatdan bir bo‘lagidir»,- deydilar. Bu o‘rinda yaxshi siyrat deganda yaxshi muomala, chiroyli shay`at tashqi ko‘rinishni yaxshilab yurish, iqtisod, har bir xatti-harakatda me`yorni ko‘zlash nazarda tutiladi.
Molni tejash va ko‘paytirish savob haqida quyidagi hadisda shunday rivoyat qilinadi.
Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi: Rasululloh: «Birortangiz ekish uchun qo‘yninggizda bir ko‘chatni ushlab turgan vaqtingizda qiyomat qoyim bo‘lib qolsa-yu, qoyim bo‘lishdan ilgariroq uni ekib olishga ko‘zingiz etsa, albatta ekib qo‘ying»,-deydilar.
Shunday qilib, hadislar Sharq madaniyatining buyuk obidasi sifatida uzoq tarixga ega bo‘lib, ular o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, kishilarning ma`naviy, iqtisodiy madaniyatini shakllantirishdagi boy tarbiyaviy imkoniyatlari hamda Sharq xalqlarining qimmatli merosi sifatida o‘quvchi-yoshlarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishda katta ahamiyatga ega. Bu bilan bir qatorda ushbu hadislardan o‘qituvchilar ta`lim-tarbiya berish jarayonida samarali foydalanishlari maqsadga muvofiqdir.


II BOB



Yüklə 94,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin