O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 94,47 Kb.
səhifə3/13
tarix03.12.2022
ölçüsü94,47 Kb.
#72175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Oila tili

Matemati ka

Iqtisodiy tushunchalar

O’qish

Mehnat

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishdan maqsad shuki, ular jamiyat hayotida ro‘y berayotgan voqelikni birdaniga ilg‘ab olishga qiynaladi qolaversa, ularning yosh xususiyatlari va taraqqiyot darajalari bunga monelik qiladi. Agar jamiyat hayotidagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni ta`lim jarayoni o‘zida aks ettirmasa, o‘quvchi rivojlanishda davr talablaridan orqada qoladi. Chunonchi, biz har kuni duch keladigan iqtisodiy tushunchalar darsliklarda o‘z ifodasini topmasa, o‘qituvchi dars jarayonida ularning ma`nosini izohlamasa, o‘quvchilar mazkur tushunchalar mazmun-mohiyatini anglab yetolmaydi.


Ma‘lumki, iqtisodiy munosabatlar kishilik jamiyatida odamlarning ishlab chiqarish va iste‘mol ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda vujudga keladi. Inson va

jamiyat hayoti bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan iqtisodning o‘zi esa uning shaxs sifatida rivojlanishi va shakllanishiga ta`sir ko‘rsatgan va ko‘rsatadi.


O‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirish jamiyatda tobora barqarorlashayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan holda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiy ta`lim tushunchasi O‘zbekiston Respublikasi umumiy o‘rta ta`lim maktablarida amalga oshiriladigan ta`lim mazmuni tarkibiga mustaqillik yillarida kiritilgan bo‘lib, bu atama pedagogika fani uchun ham yangidir. Mazkur sohada amalga oshirilayotgan tadqiqotlar nihoyatda dolzarb bo‘lib, u birinchi navbatda, ta‘lim amaliyotini rivojlantirishga qaratilgandir. Jumladan, o‘quv dasturlar va darsliklar o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga yo‘naltirilgan matn, mashq, masala va topshiriqlar hamda iqtisodiy tushunchalar bilan boyitilib o‘quvchilarning iqtisodiy savodxonligini oshirishga xizmat qilishi lozim.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda boshlang‘ich sinflardan boshlab o‘quvchilarning iqtisodiy bilimdonligini rivojlantirishga e`tibor berish nihoyatda muhimdir. Chunki inson tabiat va jamiyat, undagi shaxslararo muloqot muhitidan tashqarida yashay olmaydi. Shunday ekan, jamiyatdagi iqtisodiy munosabatlarni anglab yetish ham uning birinchi darajali ehtiyojidir. U mehnati bilan tabiatdagi barcha narsalarni (yer, suv, o‘simlik, foydali qazilmalar va boshqalar) o‘z ehtiyojini qondirish uchun o‘zlashtiradi. Inson o‘zini o‘rab turgan narsalarning bir-biridan farqi nimada, ular qayerdan keladi, qayerga ketadi degan savolga javobni o‘zi paydo bo‘lgandan beri izlaydi. Iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmasdan esa, bu savollarga javob topish juda qiyin. O‘z hayotiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida odamlar faqatgina atrof-muhit bilan emas, balki o‘zaro ham muloqotga kirishadi. Iqtisodiy munosabatlarga kirishish shaxslararo muntazamlik kasb etadi. Bu munosabatlar o‘z tarkibiga qanday muloqot ko‘rinishlarini qamrab olishini har doim ham to‘la idrok eta olmaymiz.
Iqtisodiy munosabatlar insonlar orasida ishlab chiqarish, taqsimot, ayirboshlash, pul va boyliklarga erishish sohasida vujudga keladigan aloqalardir. Kezi kelganda shuni ham ta`kidlab o‘tish kerakki, ishbilarmon, tadbirkor inson

uchun faqatgina haloliik , rostgo‘ylik, odamlar bilan tez muloqot qila olish xususiyatlarning o‘zigina yetarli emas. U bunday xususiyatlardan tashqari yana iqtisodiy bilimlarga ham ega bo‘lishi kerak. Masalan, narx-navo nima? U nima uchun va qanday o‘zgaradi? Tadbirkorlikda qanday qilib o‘z ishini boshlash va inqirozga uchramaslik mumkin? degan savollarning javobini topish uchun iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish kerak.


Inson nafaqat moddiy boyliklarning yaratuvchisi va iste`molchisi, balki ushbu jarayonda yangidan-yangi texnika va texnologiyalarni ishga soluvchi, ulardan foydalanish usullarini aniqlovchi va belgilovchi yuqori intellektual shaxs hamdir. Yangi ishlab chiqarish vositalari inson mehnati mahsuli bo‘lib, o‘z navbatida mehnatning shakli va mohiyatini o‘zgartiradi, ularga kasbiy-malakaviy sifat bag‘ishlaydi. O‘quvchilarga bozor iqtisodiyoti tushunchasi haqida dastlabki ma`lumotlarni berishda, albatta moddiy boylik halol mehnat orqali shakllanishini ularning ongiga singdirish kerak.

    1. Yüklə 94,47 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin