O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vazirligi


Qin va to'g`ri ichak orqali tekshirish



Yüklə 224 Kb.
səhifə6/14
tarix12.12.2022
ölçüsü224 Kb.
#74020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
perinatal psixologiya

Qin va to'g`ri ichak orqali tekshirish
Odatda homilador bachadoni tubi 3- oy oxirida qov suyagi ustidan ko'tarilib turadi, ammo tashqi paypaslab ko'rish bilan ba`zan buni aniqlash qiyin bo'ladi. SHunga ko'ra homilaning bor-yo'qligini va uning muddatini aniqlash uchun ko'pincha qin orqali, ba`zan to'g`ri ichak orqali tekshirib ko'riladi.
Buning uchun tekshirishdan oldin qovuq va to'g`ri ichak bo'shatiladi (to'g`ri ichakka ho'qna qilinadi). So'ngra jinsiy organlarning tashqi qismi dezinfektsiya qiladigan kuchsiz eritma bi­lan yuviladi.
Qin orqali tekshirishda aseptika va antiseptika qoidalari sal bo'lsa ham buzilsa, tekshirilayotgan ayolda og`ir kasallik vujudga kelishi va hatto u halokatga uchrashi mumkinligini unutmaslik kerak. Ayol ayniqsa homiladorligida turli mikrob ta`sirlariga juda sezgir bo'ladi.
Tekshirishda yaxshisi ayolni chalqancha yotqizib, tizza bo'g`imlarini bukib, oyoqlari orasi ochiladi.
Tekshirishdan oldin vrach qo'lini tozalab yuvib, steril rezina qo'lqop kiyadi. Tekshirishda jinsiy organlarning tashqi yuzasini, chotni, to'g`ri ichak teshigi
atrofini ko'zdan kechirib, biror patologik o'zgarish bor-yo'qligianiqlanadi. So'ngra chap qo'lning ikki barmog`i (bosh va ko'rsat-kich barmoqlar) bilan kichik jinsiy lablarni ochib, qinga kirish oldi qizargan-qizarmaganligi, ko'kargan-ko'karmaganligi, siydikchiqarish teshigi qanday ahvolda ekanligi, qin dahlizi oldidagi katta-kichik bezlarda yallig`lanish bor-yo'qligi aniqlanadi. So'ng-
ra o'ng qo'lning ko'rsatkich va o'rta barmog`i qinga asta-sekin kir- giziladi. Bunda katta barmoq bilan jimjiloq esa kaft tomonga bukilgan holda chetga taqalib turadi. Qinga kiritilgan barmoqlar bilan qinning uzunligi va kengligi, qin devorlarining holati (shishganligi, qatqatlari, g`adir budirligi, kengayish xususiyati), chanoq osti muskullarining qanday holatda ekanligi, bachadon bo'ynining qin qismi va qin gumbazlari, bo'yin tashqi teshigining shakli (dumaloq, yoriqqa o'xshash ochiq yoki berkligi va boshqalar) aniqlangach, ikki qo'l bilan tekshirishga kirishiladi.
Ikki qo'l bilan homilador ayolni tekshirish (bimanual tekshirish)ning o'ziga xos xususiyati bo'lib, bunda bachadonning katta-kichikligi, shakli, qo'zg`aluvchanligi, qattiq-yumshoqligi, turish holati, og`riqli yoki og`riqsiz ekanligini, homiladorlik belgilarini, bachadon ortiqlarining qanday holatda ekanligi va chanoqning ichki yuzasi tekshirilib, uning ichki o'lchovlari aniqlanadi.
Buning uchun o'ng qo'l barmoqlari qinning oldingi gumbaziga yuborilgan holda, chap qo'l barmoqlari bilan qorin devorining qov suyagi ustidan bachadon tanasi tekshiruvchining ikki qo'li orasida bo'lguncha, asta-sekin bosiladi. Agar bachadon orqaga egilgan bo'lsa, uni bunday tekshirish bilan topa olmaslik ham mumkin. Bunday hollarda qin ichidagi o'ng qo'l barmoqlari orqa gumbaziga o'tkaziladi va tekshirish yuqoridagicha qaytariladi.
Bachadon tanasi aniqlangach, uning katta-kichikligi, harakatchanligi va shakli aniqlanadi. Bachadonni paypaslab tekshirib bo'lgach, qin gumbazlari sinchiklab ko'riladi. Bundan tashqari, chanoq devorini tekshirib, o'siqlar bor-yo'qligi, chanoq shakli va dumg`aza suyagining chanoq ichiga qaragan do'ngi barmoq bilan tekshiriladi, unga barmoq etmasa, demak, chanoq tor emas, agar etsa, u o'lchanadi.
Chanoqning ichki yuzalarini tekshirib bo'lgach, qinga kiritilgan o'rta barmoq uchini dumg`aza suyagining turtib chiqqan joyiga (promontorium)ga etkazib ko'rishga harakat qilinadi (normada barmoqlar etmaydi), tashqaridagi chap qo'lning ko'rsatkich barmog`i bilan simfizning pastki cheti belgilangan holda o'ng qo'l barmoqlari qindan chiqariladi. O'ng qo'lning ko'rsatkich barmoq uchi bilan belgilangan oraliq chanoq o'lchagich (tazomer)da o'lchanadi. Bu oraliq diagonal kon`yugata (conjugata diagonalis) deb atalib, normal chanoqda buning uzunligi 12,5-13 sm va undan yuqori bo'lishi mum­kin. SHundan 2 sm olib tashlansa, chin kon`yugataning o'lchovi aniqlanadi.

Yüklə 224 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin