Homiladorlikni ko'rsatuvchi belgilar: Piskachekbelgisi – homiladorlikda bachadon shaklining o'zgarishidan iborat. Aslida noksimon, bir tekis yapaloqlashgan bachadon noto'g`ri shakldagi sharga o'xshab qoladi. Bachadon devorining homila tuxumi joylashgan qismi do'ppayib chiqadi.
Gorvits – Gegar belgisi. Bu bachadon bo'yni bilan tanasi oralig`i, ya`ni bachadon bo'yin oldi (istmust) yumshashiga asoslangan. Ikki qo'l bilan tekshirganda, qinga kirgizilgan qo'l barmoqlari bilan qorin devori orqali qovuq suyagi ustidan bosayotgan tashqaridagi barmoqlar bachadon bo'yni oldi yumshagani uchun bir-biriga tegar darajada yaqinlashadi.
Snegirevbelgisi – bu belgida ham har ikki qo'l yordamida tekshiriladi. Qin orqali barmoqlar bilan tekshirish vaqtida barmoqlar ta`sirida bachadon qisqa muddatga qisqarib, qattiqlashadi. Bachadon qattiq-yumshoqligining bunday o'zgarishi uning nerv sistemasining ta`sirlanishi tufayli vujudga keladi va ta`sirlanish to'xtagach, u yana yumshab qoladi.
Genterbelgisi – bu belgida ham har ikala qo'l yordamida tekshiriladi. Qinga kiritilgan barmoqlar yordamida bachadondagi o'zgarishlarni aniqlash bilan birga, tashqi qo'l yordamida bachadon oldingi yuzasining o'rta chizig`ida taroqsimon do'mboqcha bo'ladi, bu Genter belgisi deb ataladi.
Homiladorlikning aniq yoki shubhasiz belgilari quyidagilardir.
1. Homiladorlik taxminan 15—20 haftalik bo'lganda homilaning yurak urishi qorin devori orqali, oddiy akusherlik stetoskopi bilan aniq eshitiladi. YUrak urishini «Malыsh» deb ataladigan apparat yordamida ham eshitsa bo'ladi. Buning uchun qorin devori sathiga vazelin surtib, uning eshitadigan qismini qorin devori bo'yicha surib homilaning yurak urayotgan sohasi topiladi, bunda apparat yordamida yurak urishi sanaladi (minutiga 130—140 marta uradi).
Ona organizmidan qorin devori orqali eshitiladigan ovozlarga quyidagilar kiradi.
a) homilaning yurak urishi bilan bir vaqtda bo'ladigan qorin aortasining urishi va bachadon yon devorlaridagi katta qon to- mirlarda bo'ladigan shuvillagan shovqin;
b) ichaklarning peristaltik (to'lqinsimon) harakati tufayli hosil bo'ladigan ritmsiz shovqin;
v) homilaning qo'loyoqlari qimirlashi natijasida hosil bo'ladigan va qiyinlik bilan eshitiladigan bo'g`iq ovoz.
Homilaning yurak urishi homiladorlikning ikkinchi yarmidan boshlab eshitila boshlanadi. Agar homilaning boshi oldinga egilgan bo'lib, uning orqasi bachadonning biror devoriga yaqin turgan bo'lsa, uning yurak urishi orqa tomondan yaxshi eshitiladi. Agar homila yuzi bilan kelib, boshi orqaga egilgan bo'lsa, uning orqasi bachadon devoridan uzoqlashadi va ko'kragi bachadon devoriga tegib turadi. Bu holda uning yurak urishi ko'krak tomonidan yaxshiroq eshitiladi. Homila boshi bilan oldin kelganda uning yurak urishi ona kindigidan pastda, chanog`i bilan kelganda — kindik qarshisida yoki undan yuqoriroqda, ko'ndalang kelganda — kindik to'g`risida, tug`ish jarayonida homilaning boshi chanoq ichiga kirganda — qorin o'rta chizig`ida (simfiz ustida) eshitiladi.
Homilada asfiksiya (bo'g`ilib qolish) ro'y berganda uning yurak urishi asfiksiya bosqichiga qarab minutiga 100—110 marta urishi yoki tezlashib, 150 va undan ham tez ura boshlaydi. Homiladorlikning birinchi yarmida homilaning tirik ekanligini, normal o'sayotganligini, bachadonning o'sishini kuzatish va ultratovush yordamida aniqlash mumkin. Odatda sog`lom onaning tomir urishi homilanikiga qaraganda bir yarim barobardan kam bo'ladi, buni homilaning yurak urishidan ajratish uchun homilaning yurak urishi onaning bilak tomiri urishi bilan solishtiriladi.
2. Ob`ektiv tekshirilganda homiladorlik 20 haftalik bo'lgandan boshlab homilaning qimirlashi aniq bilinadi. Homiladorning o'zi ham homilaning qimirlaganini ancha ilgari sezishi mumkin. Lekin buni ayol ichaklar peristaltikasi bilan almashtirishi va yanglish ma`lumot berishi mumkin.
Ultratovush yordamida homila skeletini va yurak urishini, undagi mavjud nuqsonlarni ko'rish mumkin.
Homiladorlikning beshinchi oyidan boshlab homilaning skelet suyaklarini rentgenda ko'rish mumkin. Bu usuldan hozir deyarli foydalanilmaydi.
Paypaslab ko'rish usulida (Levitskiy-Leapold usuli) homila holatini aniqlash mumkin. Homiladorning qornini paypaslab (ushlab) ko'rish usuli homila qismlarining katta-kichikligini, homilaning bachadonda joylashish holatini, oldin keluvchi qismining qaerda ekanligini (chanoqqa kirishdan yuqorida, chanoqqa kiraverishga suqilgan holatda yoki kichik yoki katta segment bilan turganligi) ni aniqlashdan iborat. Homilador ayolning qornini paypaslab ko'rish uchun tekis karavotga chalqanchasiga, oyoqlarini tizza va yonbosh bo'g`imlaridan bukkan holda yotqiziladi, vrach uning o'ng tomoniga o'tiradi.