1-jadval.O’zbekistonda xususiylashtirishning bosqichlari.
I Bosqich
(1992-1993 yillar)
II Bosqich
(1994-1995 yillar)
III Bosqich
(1996-1998 yillar)
IV Bosqich
(1998-2002 yillar)
V Bosqich
(2003-yildan boshlab)
Umumiy uy joy fondini,savdo,mahalliy sanoat ,xizmat ko’rsatish
korxonalarini ,qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash
korxonalarini xususiylashtirish
Ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik
jamiyatlariga aylantirish hamda ularning aksiyalarini respublika
qimmatbaho qog’ozlar bozorida sotish.
Aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkida bo’lgan yirik
korxonalar va tarmoqlarni xususiylashtirish.
Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb
etish,boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi
munosabatlarini to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish.
Xususiylashtirish jarayonlari samaradorligini oshirish va
jadallashtirish , iqtisodiyotda xususiy sektorning ishtirokini
faollashtirish va salmog’ini oshirish.
24
1992-1993 yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu
bosqichda xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy
sanoat, xizmat ko‘rsatish korxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini
qayta ishlash tizimini qamrab oldi.
Xususiylashtirishning birinchi bosqichida davlat xalq xo‘jaligining iqtisodiy
jihatdan samarasiz bo‘lgan, biroq butun mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotida
muhim rol o‘ynaydigan ayrim sektorlarini, ayrim korxonalarni saqlab turishni va
mablag‘ bilan ta‘minlash vazifalarini o‘z zimmasiga oldi.
Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi natijasida kichik
xususiylashtirish amalda tugallandi, davlat mulkini boshqarish va uni
mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirish uchun kerak bo‘lgan muassasalar
tizimi vujudga keltirildi. Savdo, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish, mahalliy sanoat
korxonalari xususiy va jamoa mulki qilib berildi.Yengil, mahalliy sanoatga,
transport va qurilishga, boshqa tarmoqlarga qarashli ayrim o‘rta va yirik
korxonalar keyinchalik sotib olinish huquqi bilan ko‘proq ijara korxonalariga,
jamoa korxonalariga, yopiq turdagi aksionerlik jamiyatlariga aylantirildi.
Aksiyalarning nazorat paketi davlat ixtiyorida saqlab qolindi.
Uy joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo’lgan bir
milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog`i
fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi.
Davlat ijtimoiy dasturida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga
to’g`ri keldi. Bu bosqichda ko’plab o’rta va yirik korxonalar hissadorlik
jamiyatlariga aylantirildi hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho
qog`ozlar bozorining asosini tashkil etdi.
Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes
korxonalari qizg`in tashkil qilindi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning bu bosqichida ochiq
turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida
hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi.
Ko’chmas mulk va qimmatli qog`ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
25
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki
yoqlama tavsifga ega.
Bir tomondan, u aholining bo’sh turgan mablag`larini o’ziga jalb qilib, ularning
bozorga tazyiqini pasaytiradi.
Ikkinchi tomondan, yangi mablag`larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab
chiqaruvchilar o’rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi.
Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga
qarashli bo’lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo’li emas.
Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan,
shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, ma’suliyati cheklangan jamiyatlar
ko’rinishidagi kichik va o’rta korxonalarni tashkil qilish – ikkinchi qudratli jarayon
hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga kirishdi.
Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar
ro’yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan
chiqarildi.
Xususiylashtirish jarayonlarining to’rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning
asosiy vazifalari sifatida davlat byudjetiga xususiylashtirishdan tushgan
mablag`larni yo’naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investistiyalarni
jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini
to’laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish
ustuvor vazifa etib belgilandi.
O’zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining
hozirgi - beshinchi bosqichi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24
yanvardagi «O’zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini
tubdan oshirish chora tadbirlari to’g`risida»gi Farmoni bilan bog`liq.
Mazkur Farmon yaqin istiqbolda yo’naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat
korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini
jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizastiyalash va barqaror
26
rivojlantirish uchun to’g`ridan-to’g`ri investistiyalarni jalb etish maqsadida
xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi.
Xususan,xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang`ich
narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni
va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo’yicha tanlov asosida
investistiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari
tasdiqlandi. Xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investisiyalarni jalb etish,
boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilikning yangi munosabatlarini
to'laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish,xususiylashtirish jarayonlari
samaradorligini oshirish va jadallashtirish,iqtisodiyotda xususiy sektorning
ishtirokini faollashtirish va salmog'ini oshirish ustuvor vazifalar etib belgilandi.
Keyingi yillarda mamlakatimizdagi xususiylashtirish jarayonlarida xorijiy
investorlarning ishtirokiga katta e‘tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2005 yilning
11 aprelida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «To‘g‘ridan
to‘g‘ri xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasidagi
qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni buning yaqqol dalilidir.
Mazkur Farmonga binoan, 2005 yilning 1 iyulidan boshlab to‘g‘ridan-to‘g‘ri
xususiy xorijiy investisiyalarni jalb etadigan korxonalar quyidagi soliq va majburiy
ajratmalarni to‘lashdan ozod etiladi:
-asosiy faoliyati bo‘yicha daromad (foyda) solig‘i;
-mulk solig‘i;
-obodonlashtirish solig‘i;
- ekologiya solig‘i;
- mikrofirma va kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliq;
- Respublika yo‘l jamg‘armasiga ajratma.
Xorijiy investisiyalar uchun bunday imtiyozlarning belgilanishi, shubhasiz,
keyingi yillar davomida mamlakatimizdagi mulkni davlat tasarrufidan chiqarish
hamda xususiylashtirish jarayonlarida ular ishtirokining yanada kengayishi va
buning natijasida, mazkur jarayonlar samaradorligining sezilarli darajada oshishiga
olib keldi.
27
Respublikada xususiylashtirishning manzilli yo‘naltirilganligi uning navbatdagi
xususiyatidir. Bu aholining barcha qatlamlariga mazkur jarayonda aniqroq va
natijaliroq qatnashish imkonini yaratadi. Xususiylashtirishning manzilli
yo‘naltirilganligi uy-joylarning o‘z egalariga imtiyozli yoki bepul berilishida,
aholining ko‘proq muhtoj va zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashning turli xil
dasturlari byudjet mablag‘lari hisobiga qoplanishida, qishloq aholisi o‘z yordamchi
xo‘jaligi uchun chek yerlar olishi kabilarda ifodalanadi.
O‘zbekistonda xususiylashtirishning to‘lovliligi uning navbatdagi muhim
xususiyatidir.Pulni to‘lash orqali davlat tasarrufidagi korxona va ob‘yektlarni
xususiylashtirishda mulkni bepul taqsimlash bilan bog‘liq salbiy holatlar bartaraf
etilishi bilan birga qator muammolarni hal qilish imkoniyati yaratiladi.
Bulardan asosiysi, avvalo, tadbirkorlikni, xususiylashtirilgan korxonalarni davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlashning moliyaviy manbalari paydo bo‘ladi, bozor
infrastrukturasini barpo etish uchun resurslar vujudga keladi va aholini ijtimoiy
muhofazalash dasturini ro‘yobga chiqarish uchun mablag‘lar jamlanadi.
Davlat mol-mulkini yangi mulkdorlarga sotish yo‘li orqali ularning mulkchilikning
boshqa shakllariga aylantirilishi bilan birga xususiylashtirishdan olinadigan
mablag‘lar shu korxonaning o‘zini qo‘llab-quvvatlashga, yangi raqobatbardosh
korxonalar barpo etishga ham sarflanadi.
Navbatdagi muhim xususiyat - respublikada mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish chog‘ida aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlar yaratildi va ta‘minlandi.
Ijtimoiy kafolatlar bir butun imtiyozlar tizimi orqali yaratildi.
Bular:
- xususiylashtirilayotgan korxona mehnat jamoasiga aksiyalarni imtiyozli shartlar
bilan sotish;
- yangi mulkdorga eskirgan asosiy fondlar hamda ijtimoiy infrastruktura
ob‘yektlarini bepul topshirish;
- davlat korxonalarining mol-mulki, fermalar, bog‘lar va shu kabilarni imtiyozli
shartlar asosida xususiylashtirish,
- shuningdek soliq to‘lashda ayrim imtiyozlar berish kabilardir.
28
Ijtimoiy kafolatlar iste‘mol savatining eng kam miqdorini kuzatib borish, eng
kam ish haqini, daromad solig‘ini tartibga solish kabilarni ham o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy muhofazalash davlatning barcha mulkdorlar hissadorlar,
xususiylashtirilgan uy-joylarning, sotib olingan texnika, avtotransport
vositalarining, yer maydonlari, xususiylashtirilgan fermalar va boshqa
vositalarning egalarining huquqlarini himoya qilishda o‘z ifodasini topadi.
Respublikada davlat mulkini xususiylashtirishning o‘ziga xos boshqa jihatlari
Prezidentimiz tomonidan bayon qilingan iqtisodiy islohotlarni amalga
oshirishning asosiy qoidalaridan kelib chiqadi.
Bular quyidagilar:
- davlat mulkini xususiylashtirish respublikada amalga oshirilayotgan
islohotlarning ichki mantiqiga bo‘ysundiriladi va ularning asosini tashkil qiladi;
- mulkni xususiylashtirish jarayoni davlat tomonidan boshqariladi;
- xususiylashtirishni huquqiy-me‘yoriy jihatdan ta‘minlashda qonunlarga
rioya etiladi.
Respublikamizda xususiylashtirish bo‘yicha qo‘yilgan vazifa, davlat sektori
bozor sharoitida ham sezilarli rol o‘ynashini inkor qilmaydi.
Chunki iqtisodiyotning davlat korxonalari saqlanib qolishi kerak bo‘lgan sohalar
ham mavjud. Bunday korxonalar uchun ularning bozor sharoitlariga tarkiban
moslashuviga imkon beradigan xo‘jalik yuritish mexanizmini ishlab chiqish talab
qilinadi.
29
Xulosa
O‘zbekiston so‘ngi yillarda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiy etayotgan va
raqobatbardosh mamlakatga aylanmoqda. Zero, raqobatbardosh iqtisodiyotni
shakllantirmasdan, mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada
chuqurlashtirish va fuqorolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida ko‘zda
tutilgan maqsadli vazifalarni amalga oshirmasdan turib, kelajakda
iqtisodiyotimizni rivojlangan demokratik mamlakatlar darajasiga olib chiqib
bo‘lmasligi davlatimiz rahbari tomonidan asoslab berilgan edi.Mamlakatimizda
mulkchilik tizimi va mulkchilik munosabatlarini takomillashtirishga hamda kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga e‘tibor qaratilib, xususiy
mulkning huquq va himoyasi mustahkamlandi. Bugungi kunda har bir tadbirkor
biladiki, davlat xususiy mulkdor huquqlarining himoyachisidir.Xususiylashtirish
jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, haqiqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish,
ko‘p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish va unda xususiy mulkning yetakchi
o‘rin egallashini ta‘minlash, xususiylashtirishni amalga oshirish bosqichlarida
aholi uchun kuchli ijtimoiy kafolatlarni yaratilishi, mulkni tejab-tergab
foydalanadigan, talab va taklif qonuni asosida iste‘mol bozorini to‘ldira oladigan
mulkdorlarga topshirilishi lozimligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish va milliy iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish masalalari ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga molik ekanligi ushbu
mavzuda kurs ishining naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Kurs ishining ilmiy yo‘nalishi mulkchilik shakllarini o’zgartirish yo’llari va
usullari, mulkchilik munosabatlarini takomillashtirish orqali iqtisodiyotni
innovatsion rivojlantirish bo‘lib, uning maqsadi mamlakatimizda mulkchilik
shakllarini o’zgartirish borasidagi muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etishga
qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat:
- xususiy mulk tushunchasini nodavlat mulkka asoslangan korxonalar
tushunchasidan farqini aniqlashtirish;
- qonunga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini
amalda ta‘minlash yo‘nalishlarini takomillashtirish;
30
- xususiy mulkni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash hisobiga
ishlab chiqarishni texnik va texnologik yangilash va modernizatsiya qilish;
- jahon bozorlariga yangi maxsulotlarni olib chiqishdagi mavjud
muammolarni tahlil etib, ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish;
- tayyorlanayotgan mahsulotlarning material va energiyani ko‘p talab qilishi
va avvalo iqtisodiyotning xususiy mulkka asoslangan sektori tarmoqlarining
texnologik jihatdan qoloqligini oldini olishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishidan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija mulkchilik shakllarini o’zgartirish
yo’llari va usullari tushunchalariga nazariy jihatdan aniqlik kiritish,
qonunlarimizga muvofiq ravishda iqtisodiyotda xususiy mulkning ustuvorligini
amalda ta‘minlash. Uni qo‘llab-quvvatlash va daxlsizligini kafolatlash orqali
xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, biznes yuritish, iqtisodiyotimizga mahalliy va
xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish uchun zarur sharoit va qulay muhit yaratish
imkoniyatlari tahlil etilib, ijtimoiy sohani rivojlantirish, ish joylarini shakllantirish
va aholi bandligi, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, ta‘lim
tarbiya jarayonlari va sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh etish va
takomillashtirishga yo‘naltirish chora tadbirlarini ishlab chiqish zarur.
Demak, O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti hozirgi bozor munosabatlariga
o`tish davrida mulkchilik va ko`p ukladlilik xususiyatiga ega hamma qonunga
ko`ra fuqarolarga, tashkilotlarga va boshqa mulkdorlarga ularning mulkiy huquqini
himoya qilish va ulardan samarali foydalanish uchun teng sharoitlar yaratiladi.
Bular O`zbekistonning mavjud barcha potentsialidan foydalanish asosida
iqtisodiyotni ko`tarishga ta‘sir etuvchi strategik yo`nalishi hisoblanadi.Insoniyat
taraqqiyoti bosqichlari va har bir bosqichga xos bo’lgan iqtisodiy
tizimlarni o’rganish iqtisodiy jarayonlarni, ularni o’zgaruvchan ekanligini bilishda
muhim ahamiyatga egadir. Kishilik jamiyati ishlab chiqarish munosabatlari va
ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’zaro birligi va ziddiyati asosida taraqqiy etib
borib, uning turli bosqichlariga o’ziga xos bo’lgan iqtisodiy tizimlar muvofiq
keladi.
31
Taraqqiyot bosqichlarini bilishda,tarixiy-formastion yondashuv; madaniylashish
(stivilizastiya) darajasi jihatdan yondashuv; texnika va texnologik taraqqiyot
darajasi jihatidan yondashuv; sostial-iqtisodiy shakllar o’zgarishi jihatidan
yondashuvlar keng qo`llaniladi.
Insoniyat jamiyati tarixida bir-biri bilan izchil almashinib turgan qator ishlab
chiqarish usullari va shunga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy formastiyalar ajralib turadi.
Jamiyat taraqqiyotiga, jumladan texnika va texnologiyaning rivojiga ijtimoiy
iqtisodiy munosabatlarning kuchli ta’sirini shunda ko’rish mumkinki, bir necha
ming yillab rivojlanmay yotgan texnika va texnologiya taraqqiyoti tovar xo’jaligi
va bozorning vujudga kelishi bilan gurkirab o’sib ketdi.
Har bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar
majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo’jalik mexanizmi va
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda iqtisodiy tizimni tashkil qiladi.
Iqtisodiy nazariyada ko’pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog`lab turkumlashga harakat
qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy tizimining uchta
nusxasiga kiritiladi: an’anaviy iqtisodiyot, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va
bozor iqtisodiyoti tizimlari.
Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy
munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli
hisoblanadi.Mulkchilik munosabatlari moddiy va ma’naviy ne’matlarni ishlab
chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi.
Mulkchilik munosabatlari uning ob’ektlari va sub’ektlari bo’lishini shart qilib
qo’yadi. Mulk ob’ektida asosiy bo’g`in - bu ishlab chiqarish vositalariga egalik
qilish hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotining to’laqonli amal qilishi ko’p jihatdan
mamlakatdagi monopoliyaga qarshi siyosatning samarasiga ham bog`liq.
O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan monopoliyaga qarshi siyosatning
muhim yo’nalishlaridan biri – bu monopolist korxonalarning tovar bozoridagi
egallab turgan ustunlik mavqeini nazorat qilish va raqobatni qo’llab quvvatlashdir.
32
Agar bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlardan
biri – ijtimoiy soha ob’ektlarining ishga tushirilishiga e’tibor qaratsak, 2019 yil
davomida qishloq joylarda 197,2 km uzunlikdagi tabiiy gaz, 1665 km uzunlikdagi
ichimlik suv tarmoqlari quvurlarini tortish, 466 ta qishloq aholi punktlarida
ichimlik suv ta’minoti ob’ektlarini rekonstrukstiya qilish, obodonlashtirish
boshqarmalarini 3100 dona maxsus texnikalar bilan jihozlash, 564ta ko’p qavatli
uylarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarilganini ko’rishimiz mumkin. Umuman
olganda, hududlarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining qurib,
ishga tushirilishi natijasida, respublika bo’yicha qo’shimcha 1,6 mln. nafar
aholining yoki 468,4 mingta oilaning turmush darajasi yaxshilanib, zarur hayotiy
va ijtimoiy-maishiy ehtiyojlarga bo’lgan talabini qondirishga erishilgan. Bu esa,
yuqorida ta’kidlanganidek, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moddiy
farovonligi va imkoniyatlarining kengayishi orqali ichki ehtiyojning o’sishiga
ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.
33
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Mc. Connell, Brue. Economics. 17th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA, 2014.
2. N. Gregory Mankiw. Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA 2016.
3. Paul A. Samuelson, William D. Nordhaus. Economics. 19th Edition.
McGraw Hill Companies. USA. 2015.
4. O’lmasovA., Vaxobov A.B. Iqtisodiyot nazariyasi. “Iqtisod moliya” 2014.
5. Shodmonov SH.SH.,GofurovU.V. Iqtisodiyot nazariyasi. “Iqtisod moliya” 2010.
6. Y.Abdullayev ―Bozor iqtisodiyoti asoslari‖ Toshkent-―Mehnat‖-1997.
7. T.Jo‘rayev, D.Tojiboyeva ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ Toshkent 2012.
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 08.12.1992 (qo‘shimcha va
o‘zgartirishlar bilan)
9. O‘zbekiston Respublikasining Mulkchilik to‘g‘risidagi‖ Qonuni 31.10.1990 yil.
10. O‘zbekiston Respublikasining ―Davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish to‘g‘risidagi‖ Qonuni 19.11.1991yil
Internet saytlari
http://www.press-service.uz
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti portali).
www.gov.uz
. (O‘zbeksiton Respublikasi hukumatining rasmiy sayti).
www.gki.uz
(O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi).
http:// www.rmm.uz
(―Respublika mulk markazi‖ YoAJning sayti).
www.sion.uz
(Ko‘chmas mulk agentligi)
www.wikipedia.ru
(Ma‘lumotlar qidiruv portali)
Document Outline
Dostları ilə paylaş: |