kategorial shakl yasovchi nokategorial shakl yasovchilar. Kategorial shakl yasovchilar biror grammatik kategoriyaga xos shakllarni yasaydi. Otlardagi koplik, fe'llardagi shaxs -son, zamon, mayl, nisbat shakllarini yasovchi qoshimchalar kategorial yasovchilardir. Masalan. bolalar sozidagi -lar koplik kategoriyasini, boraman sozidagi -man shaxs -son kategoriyasini hosil qiladi.
Ma’lum biror grammatik kategoriyaga xos bolmagan shakllarini hosil qiluvchi qoshimchalar nokategorial shakl yasovchilar hisoblanadi. Masalan, otlardagi kichraytish-erkalash qoshimchalari sonning ma'no turini hosil qiluvchi qoshimchalar, sifatdagi daraja, fe'lning xoslangan shakllari qoshimchalari
yasovchi nokategorial shakl qoshimchalardir. Nutqda sozlarni boshqa sozlar bilan munosabatini (bog‘lanishini) ta'minlaydigan qoshimchalar soz ozgartiruvchi qoshimchalar deyiladi. Soz ozgartiruvchi qoshimchalar grammatik ma'no ifodalaydi. Shuning uchun bunday qoshimchalar sintaktik vazifa bajaradi. Masalan: Shohning qoshlari chimirilib, moylovlarini uchi pastga osilib qoldi. (P. Q.) Ushbu gapdagi sozlarni bog'lashda-ning, -larini, -i ,-ga qoshimchalarining muhim orni bor. Agar gap tarkibidan shu qoshimchalar chiqarilib tashlansa, undagi sozlar ozaro bog'lanmaydi, natijada fikr ifodalanmaydi. Bu holat soz ozgartiruvchi qoshimchalarning grammatik ma'no-siga nisbatan ham sintaktik vazifasi muhim ekanligini korsatadi.
Soz ozgartiruvchilarga otlardagi kelishik, egalik. Fe’llardagi shaxs-son qoshimchalari kiradi. Bu qoshimchalar xarakteriga kora ikki xil: turlovchi qoshimchalar, tuslovchi qoshimchalar. Ot va otlashgan sozlarga qoshilib, ularni boshqa sozlar bilan birikishini ta'minlaydigan qoshimchalar turlovchi qoshimchalar deyiladi. Otlardagi egalik va kelishik qoshimchalari turlovchilardir.
Fe’llarga qoshilib shaxs -son ma'nosini ifodalovchi qoshimchalar tuslovchi qoshimchalar deyiladi. Fe'llardagi shaxs-son qoshimchalari tuslovchilardir.
Soz ozgartiruvchi qoshimchalarining qollanishi boshqa qosliimchalarga nisbatan kengdir. Ular qaysi turkumga taaluqli bolsa, shu turkumdagi barcha sozlarga qoshiladi. Masalan, uyning, uyim, uyga, bolaning, bolam, boladan, bordim, oqidim, ishladim kabi.Boshqa qoshimchalarda bu xususiyat nisbatan chegaralangan (otlardagi koplik qoshimchasi bundan mustasno).