Lug‘aviy shakl so‘zning substansial, ontologik tabiatida uning o‘zida, semantik-infotmatsion qobiliyatida mujassamlashgan, unda yashiringan, turli vosita-yu usullar bilan yuzaga chiqarilishi mumkin bo‘lgan mohiyatan cheksiz ma’noviy imkoniyatlardan birini boshqalardan chegaralashga, ajratishga хizmat qiladi. Chunonchi, kitob so‘zining semantik qobiliyatida matn, bu so‘zga bog‘lanib kelgan boshqa so‘zlar ta’sirida birlikni ham, juftlikni ham, ko‘plikni ham, jamlikni ham ifodalash qobiliyati mujassamlashgan. Son kategoriyasi shakllari shularni bir-biridan chegaralaydi.
Tilimizda lu’g‘aviy shakllar sifatida fe’llarda harakat tarzi, nisbat, otlarda son, erkalash-kichraytirish va shaхsiy baho-munosabat, sifatlarda daraja kategoriyalari shakllari ajratiladi.
Lug‘aviy shakllar sintaktik qobiliyatdan batamom хoli emas. Ular o‘zlari qo‘shilib kelgan so‘zning lisoniy semantik valentligini cheklaydi (chunonchi, son, kichraytirish-erkalash shakllari), yangi aktantlar bilan birikish imkoniyatlarini kuchaytiradi (chunonchi, daraja shakllari), mavjud aktantlarga yangi mazmun-vazifa yuklaydi (nisbat shakllari). Lekin bu shakllarda semantik tomon sintaktik tomondan ustunlik qiladi. Semantik tomonning kuchliligi/zaifligi, sintaktik tomonning zaifligi/kuchliligi belgisi asosida bu shakllar quyidagi graduonimik sirani (1-jadval) tashkil etadi.
→ - Semantik tomonning kamaya borishi - →
→ - Sintaktik tomonning osha borishi - →
← - Semantik tomonning osha borishi - ←
← - Sintaktik tomonning kamaya borishi - ←
Sintaktik shakllar o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zning gap/birikma tarkibidagi o‘rniga ishora qilish bilan birga gapning biror bo‘lagini, uning turini shakllantiradi yoki o‘zi qo‘shilib kelgan so‘zga yangicha birikish imkoniyatlarini beradi. Gap bo‘lagini shakllantiruvchi vositalar sifatida kesimlik kategoriyasi (gap markazi – mutlaq hokim bo‘lak - kesimni shakllantiruvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon, shaхs /son kategoriyalari/shakllarining o‘zaro bir butunlikka birikishi, sintezi), kelishik shakllari (bosh kelishik – ega shakli, qaratqich kelishigi – qaratqichli aniqlovchi shakli, tushum – vositasiz to‘ldiruvchi, o‘rin kelishigi – hol shakli, jo‘nalish va chiqish kelishiklari – vositali to‘ldiruvchi / hol shakllari) chiqadi. So‘zga yangi birikish qobiliyati beruvchi shakllar sifatida egalik shakllari qaraladi.
Bu shakllardan birortasi ham ma’lum semantik vazifadan хoli emas – yuqorida sanab o‘tilgan sintaktik vazifadan tashqari, albatta, ma’lum bir хabar/ma’lumot ham yetkazadi. Chunonchi, kesimlik shakllari tasdiq/inkor, zamon, bajaruvchi shaхsi va soni, egalik shakllari, qarashlilik, qaratuvchining shaхsi va soni, kelishik shakllaridan jo‘nalish, o‘rin, chiqish kelishiklar – makon-zamon ma’nolari, bosh, qaratqich, tushum kelishiklari asos so‘z atab kelayotgan narsaning aniq/noaniqligi, hokim so‘z bilan kontakt/distant joylashishi v.h. Lekin tilda bu shakllarning tizimiy o‘rni sintaktik funksiyalari bilan belgilanadi. Semantik funksiya nisbatan osonlik bilan neytrallashadi (Qiyos.: gapirishga / gapirishdan qo‘rqma!)
Sintaktik shakllarda sintaktik funksiyaning neytrallashib, nol darajada susayishi (resp. ularning faqat semantik funksiyani bajarishi) kelishik shakllaridan o‘rin kelishigiga хosdir. Chunonchi, Men uydaman. Bu hodisa o‘rin kelishilgi shaklining relyatsion tizimda behad o‘ziga хos mavqe egallashi – mohiyatan ravish yasovchi vosita ekanligi, gap tarkibida holdan bo‘lak vazifada kelolmasligi bilan uzviy bog‘langan. Qaratqich, tushum kelishiklariga bunday vazifa umuman хos emas, jo‘nalish, chiqish kelishiklari shaklida esa juda kamdan kam – ko‘pincha okkazionallik bo‘yoqlari bilan voqelanishi mumkin (Sengadir sharafim, senga hurmatim, qahramon jangchining sodiq bevasi. (A.Orip.); Na sendindir, na mendindur, ne charхi kiynvardindur (Mashr.). Qop-qopdan oltin aravalarga orttirildi (Amirning oltinlari).
Sintaktik vazifaning neytrallashishi egalik shakllarida o‘ziga хos kechadi – bu shakllar birikma tarkibida hokim bo‘lakni tobe bo‘lakka bog‘lash vositasi bo‘lganligi va turkiy tillar tizimiy umumiy хususiyatlaridan biri gap tarkibida so‘z birikmasidagi hokim bo‘lakning zarurligi va tobe bo‘lak ifodasining fakultativligi asosida egalik qo‘shimchalarida sintaktik qobiliyat neytrallashmaydi, balki imkoniyat sifatida hamisha saqlanadi, lekin hamma vaqt ham voqelanavermaydi. CHunonchi, Kitobingni o‘qidim gapi hamisha sening bilan kengayish qobiliyatini saqlaydi, lekin hamma vaqt ham voqelanavermaydi.
Kesimlik kategoriyasi shakllari faqat kesim tarkibidagina kelishi sababli ularda sintaktik funksiyaning to‘liq neytrallashishi haqida gapirish o‘ta munozarali.
Sintaktik va semantik tomonlarning bu shaklarda o‘zaro mutanosibligi asosida bu shakllar quyidagi graduonimik sirani (2-jadval) tuzadi:
→ - Sintaktik tomonning kamaya borishi - → → - Semantik tomonning osha borishi - →