Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi



Yüklə 18,24 Kb.
tarix16.03.2023
ölçüsü18,24 Kb.
#88145
Pedagogik mahorat . Qo\'chqarova Sevara . Mustaqil ish



Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi

AJINYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


SIRTQI BOʻLIM

PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA TAʼLIM YOʻNALISHI


3 D KURS TALABASI QOʻCHQAROVA SEVARANINING
PEDAGOGIK MAHORAT FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: MAVZU : PRIZDENT SH.M.MIRZIYOYEV O'QTUVCHILAR
VA ULARNING VAZIFALARI HAQIDA

Bajardi : Qoʻchqarova Sevara


Qabul qildi : Oʻraqboyev Zulhender

MAVZU : PRIZDENT SH.M.MIRZIYOYEV O'QTUVCHILAR VA


ULARNING VAZIFALARI HAQIDA

REJA:


  1. Prezidentimizning taʼlim sohasiga oid bildirgan taklif va rejalari haqida

  2. Oʻqtuvchi va ularning oldidagi vazifalari

  3. Prezidentimiz tomonidan taʼlim sohasidagi yangiliklari

  4. Prezidentimizning yosh avlod tarbiyasi haqida fikrlari

Davlatimiz rahbari joylarga tashrifi chogʻida yosh avlod tarbiyasining birlamchi va muhim boʻgʻini sifatida maktabgacha taʼlim tizimini yuksaltirish, bogʻchalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni mohir pedagoglar bilan taʼminlash, bolalarni maktabga sifatli tayyorlash masalasiga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Joriy yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha taʼlim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga koʻtaradi.
Maktabgacha taʼlim tizimini takomillashtirish borasida Toshkent shahri Yunusobod tumanida ham keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Tumanning Bogʻishamol mahallasida joylashgan “Sevinch” nomli 74-maktabgacha taʼlim muassasasi bolalar uchun haqiqiy orzular maskaniga aylandi. Boisi 1976 yili qurilgan maktabgacha taʼlim muassasasi joriy yilda tubdan taʼmirlanib, Prezidentimiz tashrifi arafasida foydalanishga topshirildi.

275 oʻrinli muassasasining mashgʻulot xonalari bolalar tarbiyasi uchun zarur, bejirim va qiziqarli inventarlarga boy. Oshxona va sport zali yangidan qurilgan.

Muassasa innovatsion texnologiyalar asosida jihozlangan boʻlib, mamlakatimizdagi ilk “aqlli bogʻcha” hisoblanadi. Bu yerda bolalar xavfsizligi taʼminlash maqsadida keluvchilarni nazorat qilish uskunasi, har bir xonaga domofon oʻrnatilgan. Ota-onalar farzandi qaysi guruhida boʻlsa, shu xonani bogʻlovchi tugmani bosgandan soʻng tarbiyachi bolani olib chiqib beradi. Binoga kiraverishda qoʻyilgan tablodan bolaning oʻz guruhiga kirganini koʻrish, har bir guruhdagi mashgʻulotni onlayn kuzatish mumkin.

Ichkarida zina va xonalarga ishlangan rangli belgilar, tafakkurga undovchi rasmlar bolalarni rang bilish, sanashga oʻrgatadi. Yoʻl koʻrsatuvchi rangli chiziqlar orqali kichkintoylar oʻz guruhini topib boradi. Har bir mashgʻulot xonasida “Ilk qadam” dasturi asosida ishlab chiqilgan multimedia tajriba-sinov dasturiga ega monitorlar oʻrnatilgan. Bu dasturdagi turli sohalarga oid suratlar, interfaol oʻyinlar yordamida bolalarning bilim va koʻnikmasi shakllantiriladi.



Adliya vazirligi buyurtmasi asosida “Sotol systems” kompaniyada ishlab chiqilgan ushbu dastur onlayn tarzda ishlaydi. Uni ota-onalar ham oʻyali telefoniga yuklab olib, uyda televizor orqali shugʻullanishi mumkin.Davlatimiz rahbari bogʻchada yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, tarbiyachilar bilan muloqot qildi.Biz uchun bolalarimizning maʼnaviyati, bilimi, sogʻligi eng muhim masala. Shuning uchun davlat tomonidan maktabgacha taʼlimga katta eʼtibor berilyapti va bu hali boshlanishi. Sizlarning vazifangiz bolalarning koʻzidagi nurni ilgʻab olish, ularga yaxshi tarbiya berish, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Oʻqituvchi, muallim — turli yoʻnalishdagi oʻrta umumiy taʼlim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilar bilan taʼlimtarbiya ishlarini amalga oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab Oʻ.lari "domla" deb yuritiladi, ular "oʻqituvchiprof." tarzida umumlashma nom bilan ham ataladi. Shuningdek, Oʻ.larga nisbatan "muallim" yoki "pedagog" atamasi ham qoʻllaniladi.Oʻ.lik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi sifatida mavjud. Chunki inson faqat taʼlimtarbiya tufayligini hayotini davom ettira va rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy singari qadimiy oʻchoqlarida topilgan tarixiymadaniy obidalar bu oʻlkalarda Oʻ.lik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini koʻrsatadi. Bu davrlarda eng oqil, tajribali kishilar Oʻ.lik bilan shugʻullanishgan va ular boshqalarga qaraganda katta imtiyozlarga ega boʻlishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina Oʻ.lik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli yoshslarida grammatiatlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va koʻpincha oʻz shaxsiy maktablariga ega boʻlganlar. Boy oilalarda esa, taʼlimtarbiya ishi bilimli va savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar ("pedagog" soʻzi shundan kelib chiqqan), yaʼni "bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rim imperiyasida Oʻ. imperator nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. Oʻrta asrlarga kelib, Gʻarb mamlakatlarida oʻqtuvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shugʻullanishgan. Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma oʻqtuvchilik paydo boʻldi. Texnika taraqqiy etib, fkazdlar koʻpayishi bilan oʻqtuvchilik eng ommaviy kasblardan biriga aylandi. Chunki maʼlum darajada taʼlim koʻrmagan odam texnika vositalaridan foydalana olmas edi. Buning uchun esa, koʻplab maktab va oʻqtuvchilik kerak boʻlardi. Ayni vaqtda, 18—19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy oʻqtuvchilaridan foydalanish keng yoyildi.
Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston oʻlkasida ham Oʻ. eng qadimiy va obroʻli kasb hisoblanib, "ustoz" deb eʼzozlangan. Oʻlkaga islom dini kirib kelishi bilan har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida maktab tashkil etildi. Bu maktablarning Oʻ.lari domla deb ataldi. Shuningdek, maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. Oʻlkamizda qizlarni oʻqitishga ham alohida eʼtibor qaratilib, savodli ayollar uylarida otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab Oʻ.lari otinoyi yoki otinbibi deb yuritilgan. Taʼlim davlatdan ajratilganligi, bolalarning oʻqishi, asosan, ota-onalarning ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda Oʻ.lik kasbiga maxsus tayyorlanilmagan. Madrasa koʻrgan yoki maktabdan soʻng oʻz ustida ishlagan savodli kishi Oʻ.lik bilan shugʻullanishi mumkin boʻlgan.

19-asrning oxiridan, yaʼni oʻlkada maʼrifatchilik harakati paydo boʻlishi bilan Oʻ.ning saviyasiga alohida eʼtibor beriladigan boʻldi. Turkistonda anʼanaviy yoʻsinda oʻqitadigan Oʻ.lar bilan birga Yevropa mamalakatlaridan oʻzlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi muallimlar ham faoliyat koʻrsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj olgan kezlarda ancha keng yoyildi. Oʻ.lar saviyasining oshganligi millat ruhiyatida uygʻonish boʻlishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.


Oʻqtuvchilar oldida turgan vazifalar va uning mavqei jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha boʻlgan. Jamiyat gullabyashnagan davrda unga eʼtibor yuksak boʻddi yoki Oʻ.ning mavqei koʻtarilgani uchun jamiyat rivoj topdi. Oktabr toʻntarishi amalga oshgandan soʻng va shoʻrolarning oʻz oldiga qoʻygan ommani yoppasiga savodli qilish vazifasini bajarish uchun Turkistonda ham tizimli ravishda Oʻ. tayyorlash yoʻlga qoʻyildi. Chunki butun oʻlka boʻylab ochilgan maktablarda ishlaydigan mutaxassislar kerak edi. Shu sababli Oʻ.lar shoʻro hokimiyatining dastlabki yillarida urushga olinmaydigan boʻldi. Taʼlim tizimi ham mafkuraga boʻysundirilgan shoʻro davrida Oʻ.lar hukmron siyosatni oʻtkazuvchi kuchga aylantirildi. Ular bevosita taʼlimtarbiyaga tegishli boʻlmagan turli gʻoyaviy-siyosiy hamda tashkiliy ishlarga meʼyoridan ortiq jalb etildi. Oʻziga xos boʻlmagan ishlar bilan shugʻullanish Oʻ.lar obroʻsining pasayishiga olib keldi.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Oʻ. tayyorlashga alohida eʼtibor berila boshlandi. Bu "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun (1997-yil 29 avgustda qabul qilingan) va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida oʻz aksini topdi. Oʻzbekistonda Oʻ.lar universitetlar, ped. oʻquv yurtlarida tayyorlanadi. Oʻ. oʻz pedagogik faoliyati jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. Mamlakatda oʻqituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir Oʻ. ga oʻqituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1-oktabrda "Oʻqituvchilar va murabbiylar" kuni umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada "Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi", "Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi" singari faxriy unvonlar mavjud. Oʻ.larga maksimal darajada qisqa ish kuni va haq toʻlanadigan eng uzun mehnat taʼtili belgilangan. Shuningdek, Oʻ.lar uchun xalq taʼlimi va ped. gazeta va jur.lari, jumladan, oʻzbek tilida "Maʼrifat", rus tilida "Uchitelskaya gazeta" ("Oʻqituvchilar gazetasi") gaz.lari, "Xalq taʼlimi", "Boshlangʻich taʼlim", "Uzluksiz taʼlim", "Taʼlim taraqqiyoti", "Taʼlim va tarbiya", "Til va adabiyot taʼlimi" jur.lari, pedagogik va metodik adabiyotlar nashr etiladi.
2002/03 oʻquv yili boshida Oʻzbekistondagi kunduzgi umumiy taʼlim maktablarida 461,1 ming oʻqituvchi ishladi. Ulardan 5 kishi (M.Ismatova, M. Madaliyeva, M.Zokirov, V. Pak, A. Mahmudova) Oʻzbekiston Qahramonidir (2005).

Shuni aytish kerakki, Oʻ. alohida ijtimoiy hodisa boʻlib, jamiyat aʼzolarining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgani uchun ham uning shaxslik sifatlari kasbiy fazilatlaridan muhimroq hisoblanadi. Chunki u jamiyatning buguni va ertangi kuni qiyofasini shakllantiradi. Shuning uchun ham Oʻ.ning professional jihatdangina yetuk boʻlishi kifoya qilmaydi. Uning maʼnaviy olami oʻquvchilarga singdirilishi koʻzda tutilgan ezgu insoniy sifatlarga toʻyingan boʻlishi kerak. Oʻ.lar tayyorlanadigan oʻquv yurtlarida ayni shu jihatga alohida eʼtibor qaratiladi.Hozirgi pedagogika fani Oʻ.ning amaliyotchilik, tadqiqotchilik, tashkilotchilik, vositachilik, ijrochilik singari vazifalari borligini qayd etadi. Ana shu vazifalarni toʻla uddalaydigan Oʻ.gina bugungi yosh avlodning barkamol shaxslar sifatida shakllanishiga taʼsir koʻrsata oladi. Istiqlol davri Oʻ.larida ana shunday xususiyatlarni qaror toptirish mamlakat taraqqiyotini taʼminlash omilidir.


O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-avgust kuni umumta'lim maktablari va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim muassasalari o'rtasida o'zaro integratsiyani ta'minlagan holda yangi o'quv yiliga tayyorgarlikning borishi, 11-yillik o'rta ta'lim tizimini joriy etish, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish, yangi ochilgan oliy ta'lim muassasalari, filiallar faoliyatini tashkil etish bilan bog'liq ishlar holati bilan yaqindan tanishish maqsadida oliy va o'rta maxsus ta'lim vaziri I.Majidov, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi direktori M.Xolmuhamedov, xalq ta'limi vaziri U.Inoyatov va ularning o'rinbosarlarini qabul qildi va hisobotlarini tingladi. Majlisda Prezidentning Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev, Bosh vazir o'rinbosari J.Qo'chqorov va Hisob palatasi raisi M.Ikromov qatnashdi.

Muloqot chog'ida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan isloh qilish borasida berilgan topshiriqlar ijrosining borishi ko'rib chiqildi.

Belgilangan vazifaga muvofiq, umumta'lim maktablari 9-sinf bitiruvchilarini o'z xohishiga ko'ra 10-sinfda o'qishini davom ettirishi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalariga qamrab olish ishlari izchil davom etmoqda.

O'quv rejasiga ko'ra, 10-sinf o'quvchilari haftada 5 kun umumta'lim fanlarini va 1 kun kasbga doir fanlarni o'rganishi belgilandi. Kasb-hunar kollejlaridan uzoq masofada joylashgan 2703 ta maktab uchun 1103 ta maktabda, 6956 maktab uchun esa 615 ta kollejda o'quv-ishlab chiqarish majmualari tashkil etiladi. Maktablarda 10-sinf ochilishi munosabati bilan 22 ming o'qituvchiga ehtiyoj yuzaga keladi. Shularning 9,5 ming nafari oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilari hisobidan, 13 ming nafari litsey va kollejlar o'qituvchilarini jalb etish hisobidan qoplash rejalashtirilyapti.

2017-2018 o'quv yilidan boshlab 10-sinflarda dars beradigan 116 ming nafar o'qituvchining kasbga oid bilimlarini yangilash va chuqurlashtirish maqsadida qisqa muddatli malaka oshirish kurslari yo'lga qo'yildi.

10-sinf o'quvchilari uchun 8,5 million nusxa darslik va o'quv-metodik qo'llanmalar chop etilib, ayni paytda ta'lim muassasalariga yetkazilmoqda.

Ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga tayyorlash bo'yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta'limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta'limi bo'limlaridan har bir maktabga mas'ullar biriktirildi.

Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o'quvchi uchun "Prezident sovg'asi" sifatida 12 nomdagi o'quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to'liq yetkazildi. Ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga tayyorlash bo'yicha vertikal tizim yaratilib, vazirlikdan hududlarga 14 nafar, hududiy xalq ta'limi boshqarmalaridan tuman va shaharlarga 195 nafar, tuman va shahar xalq ta'limi bo'limlaridan har bir maktabga mas'ullar biriktirildi. Bu yil 1-sinfga qabul qilinadigan 650 ming nafar o'quvchi uchun "Prezident sovg'asi" sifatida 12 nomdagi o'quv qurollari solingan maktab sumkalari tayyorlanib, joylarga to'liq yetkazildi. Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi hamkorligida iqtidorli va qobiliyatli o'quvchilarni tanlab olish va ularni oliy ta'lim muassasalariga maqsadli tayyorlashni tashkil etish uchun har bir oliy ta'lim muassasasi huzurida bittadan akademik litsey ochish va faoliyatini yo'lga qo'yish ishlari olib borilmoqda. O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari tarmoq vazirliklari va davlat qo'mitalariga biriktirib berildi. 10-11-sinflar joriy etilib, kollejlarda kontingent qisqarishi munosabati bilan mavjud moddiy-texnika bazasidan samarali foydalanish maqsadida 7 ta kollej va akademik litsey negizida yangi 3 ta oliy ta'lim muassasasi filiallari va 1 ta oliy ta'lim muassasasi tashkil etilmoqda. Muloqot chog'ida oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarini ortiqcha hisobotlar, turli byurokratik topshiriqlardan ozod etish, ularning ilmiy salohiyatini ta'lim mazmuni va sifatini yanada yaxshilash, ilmiy- tadqiqot ishlariga yo'naltirish masalalariga ham alohida e'tibor qaratildi.


Prezidentimiz maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini tubdan yaxshilash, eng ilg'or xorijiy tajribani o'rganish, har jihatdan zamonaviy tizim yaratish masalasiga to'xtalib o'tdi. Bolalarning qiziqish va intilishlarini hisobga olgan holda, ularga maktabgacha
bo'lgan davrda har tomonlama puxta ta'lim va tarbiya berish, dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, qalbi va ongiga milliy va umuminsoniy qadriyatlarni singdirib borish, shu orqali ularni ona Vatanga muhabbat, pokiza orzular ruhida kamol toptirish bugungi kundagi eng muhim, eng dolzarb masalalardan biri ekanini ta'kidladi. Zero, farzandlarimizning maktabda qanday o'qishi, qanday yuksak maqsadlar bilan kamol topishi ko'p jihatdan ularning maktabgacha ta'lim muassasasida oladigan tarbiyasiga bog'liqdir. Majlisda davlatimiz rahbari tomonidan maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, boshqaruv tuzilmasini tashkil etish, mazkur muassasalarga bolalarni 100 foiz qamrab olishga qaratilgan alohida dastur ishlab chiqish, boshlang'ich ta'lim muassasalariga qator imtiyozlar berish, shuningdek, Xalq ta'limi vazirligi tasarrufidagi malaka oshirish institutlarida ta'lim mazmunini sifat jihatdan tubdan o'zgartirish, ularni eng ilg'or oliy ta'lim muassasalari tarkibiga o'tkazish orqali umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilariga eng bilimli va tajribali professor-o'qituvchilar ta'lim berishiga erishish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.
Muloqot yakunida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan mutasaddi vazirlik va idoralar rahbarlariga 25-avgustga qadar barcha ta'lim muassasalarini yangi o'quv yiliga va kuz-qish mavsumiga sifatli tayyorlash hamda Investitsiya dasturiga kiritilgan ta'lim obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash va jihozlash ishlarini yakunlash, ko'rilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar loyihalarini tayyorlash bo'yicha mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.
Yurtimizda yosh avlodning jismoniy va ma’naviy yetuk bo‘lib ulg‘ayishi, jumladan, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish, ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida “Sog‘lom turmush tarzi” elektron platformasi ishlab chiqilmoqda. Piyoda va velosipedda yurishga mo‘ljallangan “Salomatlik yo‘laklari” barpo etilmoqda, – dedi davlat rahbari.

Keyingi yillarda mahallalarda tashkil etilgan sport maydonchalari yoshlarning sevimli maskaniga aylandi. Bu ishlar davom etishi aytib o‘tildi. Ayni paytda, maktab sport zallaridan darsdan tashqari vaqtlarda ham unumli foydalanish choralari ko‘riladi.

Forumda yoshlar ma’naviyati bilan bog‘liq muammolar ham ochiq aytildi. Jahonda turli nizo va ziddiyatlar avj olayotgani, terrorizm, ekstremizm balosi va boshqa tahdidlar internet makoniga chuqur kirib, moslashib olgani ta’kidlandi.
Mana shunday murakkab sharoitda yoshlarimiz sezgir va ogoh bo‘lishi, har bir masalada, avvalo Vatan manfaatlarini o‘ylab ish tutishi zarur. Ilm-ma’rifat va kasb-hunarga intilish, oilani muqaddas bilish, ma’naviy poklik, kattalarga hurmat, kichiklarga shafqat, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlar azaldan xalqimiz, millatimizning qonida bo‘lib kelgan. Biz mana shunday bebaho merosimizni nafaqat asrashimiz, balki uni yanada boyitishimiz, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazishimiz kerak.

Shu o‘rinda men hurmatli ota-onalar, bobolarimiz va momolarimizni, jonkuyar ustoz va murabbiylarni, muhtaram ziyolilarimiz, keng jamoatchiligimizni bu masalaga befarq bo‘lmasdan, yoshlar tarbiyasiga qaratilgan ishlarimizni yanada kuchaytirishga da’vat etaman.

Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz yoshlar tarbiyasi bo‘yicha o‘zimizga xos va ta’sirchan, bugungi kunga hamohang usullarni izlab topishimiz kerak. Jondan aziz farzandlarimizni buzg‘unchi va zararli g‘oyalar, jinoyatchilik, giyohvandlik, loqaydlik, ma’naviy qashshoqlik kayfiyatidan asrashimiz zarur. Bunday salbiy holatlarni bartaraf etishda barchamiz, avvalo, siz, aziz yoshlar faol bo‘lishingiz kerak. Xalqimizning ma’naviy qudrati va boqiy an’analarini asrab-avaylash va butun dunyoga tarannum etishga sizlar albatta qodirsiz, – dedi Shavkat Mirziyoyev. Davlatimiz rahbari forumda yoshlar kelajagi bilan bog‘liq har qanday vazifa birlamchi ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidladi.

– Yoshlar bilan ishlash Prezidentdan tortib vazirgacha, hokimdan tortib mahalla raisigacha – hammamizning eng asosiy ishimizga aylanishi zarur. Har qaysi hokim, har bir vazir, har qaysi mahalla raisi “Bugun men yoshlar uchun nima ish qildim? Ertaga farzandlarimiz manfaati uchun yana nima ish qilishim kerak?” degan savollarga javob beradigan, shunday e’tiqod bilan yashaydigan vaqt keldi.

Aziz farzandlarim! Xalqimiz, Vatanimiz sizlardan buyuk ishlar kutayotganini hech qachon yodingizdan chiqarmang! Yurtning yuksak ishonchi va umidini to‘la oqlash, unga munosib bo‘lish dunyodagi eng ulug‘ baxtdir. Shunday sharaf barchangizga nasib etsin, – dedi Shavkat Mirziyoyev so‘zining yakunida.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasi boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Davlatimiz rahbari Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yoʻllagan tabrik nutqida taʼkidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, taʼlim va tarbiyadir.

Shuning uchun ham, Oʻzbekistonda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablagʻlar yoʻnaltirilmoqda. Maktabgacha taʼlim, maktab va oliy taʼlim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat oʻzgarishlari roʻy bermoqda.

– Biz ustozni otaday ulugʻ deb bilgan, doimo ardoqlagan maʼrifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham oʻqituvchi, muallim deganda oʻzim uchun eng aziz va hurmatli boʻlgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va taʼlim berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, – dedi davlat rahbari yigʻilish avvalida. – Bugungi kunda Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin koʻmakchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir.Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bogʻlangani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani taʼkidlandi.

– Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini oʻqituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari boʻlgan bu moʻtabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom koʻrsatishimiz kerak, – dedi Prezident. Yigʻilishda bugungi modernizatsiya jarayonlari, islohot va oʻzgarishlar natijadorligi maktab taʼlimiga, yangi avlod kadrlarini yetishtirish masalasiga borib taqalayotgani qayd etildi. Shu bois maktab direktorlari va muallimlarga koʻp narsa bogʻliq. Ular qishloq va shaharlarda taʼlim-tarbiya, madaniyat va maʼnaviyat tarqatadigan fidoyi kishilardir. Maktablar nafaqat taʼlim maskani, balki mahallaning madaniy, intellektual markazi boʻlishi zarur.

Maʼlumki, mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yana-da takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish maqsadida Prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur hujjat regulation.gov.uz portaliga qoʻyilib, barcha hududlarda, mahalliy kengashlarda va maktab jamoalarida ota-onalar ishtirokida keng muhokama qilindi.

Farmon loyihasida taʼlimdagi hozirgi muammolarni hal qiladigan, yaqin besh yilda natijasini koʻrsatadigan va keyingi taraqqiyot darajasini belgilab beradigan maqsadlar qamrab olingan. Jumladan, jamiyatda muallimning obroʻ-eʼtibori va maqomini koʻtarish, oʻquv dasturlari va metodikasini toʻliq qayta koʻrib chiqish, maktabni taʼlimning keyingi bosqichlari bilan uzviy bogʻlash, oʻqituvchilarni ortiqcha qogʻozbozlikdan xalos etib, oʻz ustida koʻproq ishlashi uchun sharoit yaratish va shuni ragʻbatlantirish, maktab infratuzilmasi va undagi maʼnaviy muhitni yaxshilash kabi masalalarning yechimlari aniq belgilab berilmoqda.


Eng asosiysi, joylardagi rahbarlarning, shuningdek, mahalliy kengashlarning ushbu muhim masalaga yondashuvi va eʼtiborini tubdan oʻzgartirish, ularning masʼuliyati, javobgarligi va hisobdorligi mexanizmlari kiritilmoqda.Videoselektor yigʻilishida taʼlim sohasidagi muammolar, ularni hal etib, taʼlim sifatini oshirishga oid vazifalar muhokama qilindi. Davlatimiz rahbari avvalo maktablarda oʻquv yuklamasi va darslar sonini qayta koʻrib chiqish, oʻquvchilarni faqat yodlashga emas, balki fikrlashga chorlaydigan metodika yaratish zarurligini taʼkidladi.

Bu borada Finlyandiya tajribasi misol qilib keltirildi. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika boʻyicha dunyoda eng ilgʻorlardan biri.



– Maktabda oʻqitish metodikasi oʻzgarmasa, taʼlim sifati ham, mazmuni ham, muhit ham oʻzgarmaydi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Dunyodagi zamonaviy oʻquv dasturlari, oʻqitish metodikalarini oʻrganib, yurtimiz umumtaʼlim maktablarida joriy qilish muhimligi taʼkidlandi. Xalq taʼlimi vazirligiga ushbu tajriba asosida Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqib, 2021/2022 oʻquv yilidan boshlab taʼlim jarayoniga sinov tariqasida tatbiq etish vazifasi qoʻyildi. Yangi metodikani samarali yoʻlga qoʻyish uchun barcha maktab oʻqituvchilari videoaloqa orqali xorijiy mutaxassislar ishtirokida oʻqitiladi. Eng muhimi, bu jarayonlarga pedagogika yoʻnalishidagi universitet va institutlar ham jalb qilinib, pedagog kadrlar tayyorlash metodikasi ham yangilanadi. Shuningdek, matematika, fizika, kimyo, biologiya va informatika fanlari boʻyicha chet ellardagi ilgʻor darsliklar chuqur oʻrganib chiqiladi.
2020 “Yangi Oʻzbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati»
Yüklə 18,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin