Kurs ishining dolzarbligi: Maktabagcha talimni tahlil qilganda Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotilari soni ortib, qamrovi kengaymoqda 2017 yilning 1 noyabr holatiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatida 288 ta, shundan 286 ta davlat, 2 ta xususiy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lib, ularga atigi 31 ming 55 nafar yoki maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 11,6 foizi qamrab olingan edi.
2020 yil yakuniga kelib, viloyatda 98 ming 757 nafar o‘g‘il-qiz 1125 ta maktabgacha ta’lim tashkilotiga qamrab olindi. Ushbu 1125 ta maktabgacha ta’lim tashkilotining 378 tasi davlat, 137 tasi davlat-xususiy sherikchilik asosidagi, 10 tasi xususiy va 600 tasi oilaviy nodavlat muassasalardir.Bundan ko‘rinadiki, viloyatdagi maktabgacha ta’lim yoshida bo‘lgan 238 ming 45 nafar bolaning 41,5 foiziga sifatli ta’lim-tarbiya olish imkoniyatlari yaratilgan.
Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida ham rivojlanishining mohiyati, uning sur’atlari insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan. Qaysi yerda ma’naviy kamolot yuksak bo‘lib ma’rifiy-tarbiyaviy tadbirlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu jamiyat gullab rivojlangan, taraqqiy etgan.Biz qurayotgan demokratik-huquqiy jamiyatning uch muhim tomoni bor: iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. Bu tomonlar qancha mustahkam va baquvvat bo‘lsa kelajagimiz ravnaqi ham baqquvvat bo‘ladi.
Mustaqil O‘zbekistonimiz oldida turgan iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy ta’lim va tarbiya ishini takomillashtirish bilan chambarchas bog‘liq. Ta’lim tizimidagi vazifalarga zamonaviy yondashuv-davlatimizning bu sohaga nihoyatda katta e’tibor berayotganida qabul qilingan bir qator hujjatlarda o‘z ifodasini topdi.
Yuksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi ota-bobolarimizning necha-necha avlodlari tajribasi davomida yuzaga kelgan. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan singib kelgan. Bugungi kunda ma’rifiy va ma’naviy hayotimizda sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimizning hayotimizdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda.
Xar bir jamiyatda shaxsning shakllanishi, kamol topishi muxim muammolardan xisoblanadi. Shu sababli shaxsning shakllanishi masalalariga tugri yondashish uchun shaxsning tabiatini, tuzilishini, uning xulk-atvorini va unga ta’sir va unga ta’sir sabab va vositalarini bilish zarur.
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suxbatiga aralashishi, nojo’ya ishlariga zinxor-vazinxor yo’l qo’ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muxim tomoni deb qaraganlar.
Milliy urf-odatlar, an’analar tarixiy-ijtimoiy kategoriya bo’lib, ular muayyan millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avloddan avlodga o’tib kelgan ishlab chiqarish, tirikchilik, maishat, xulq-atvor va boshqalarda o’ziga xoslikka ega bo’lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga aylangan xolda, ularning qon-qoniga, xatti-harakatiga, kundalik turmush shakllariga singib ketadi.
Boshqarmamiz tomonidan o‘tgan vaqt mobaynida viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, vazirligimiz tomonidan tashkil qilingan “Aqlvoy” va “Ilk qadam” dasturlari orqali berilayotgan onlayn dasturlariga jalb qilindi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ota-onalari o‘rtasida doimiy ravishda ijtimoiy tarmoqlar orqali muloqotlar, tarbiyachilar tomonidan televizion videomashg‘ulotda berilgan mavzularni tarbiyalanuvchilar o‘zlashtirgan holda uyga berilgan topshiriqlarni bajarib, telegram kanali orqali tarbiyachilarga qayta yuborishi tarzida yo‘lga qo‘yildi, bolalarning ushbu dasturlarda ishtiroklari ta’minlanib, ularning ta’lim tarbiya jarayonlari doimiy nazorat qilib borilmoqda.
Surxondaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi xuzuridagi “O‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish hududiy Kengashi” tomonidan Kengashga taqdim qilingan metodik ishlanma va qo‘llanmalarni ko‘rib chiqish va Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “O‘quv-metodik ishlarni muvofiqlashtirish Kengashi”ga tavsiya etish ishlari buyicha kengash a’zolari ishtirokida joriy yilning 25 avgust kuni yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tizimli tahlil - bu shunday bir ijodiy jarayonki, uning natijasida alohida faktlar rejalashtirish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish bilan bog‘liq ma’lum qarorlarni qabul qiluvchi va bajaruvchi davlat organlari va mansabdor shaxslar uchun mo‘ljallangan tayѐr mahsulotga aylanadi. Tizimli tahlil va qaror qabul qilish, axborot-tahliliy faoliyat bilan u ѐki bu darajada ijroiya hokimiyati va o‘rta bo‘g‘in vakillari ham, raxbar kadrlari, shuningdek oliy ta’lim sohasi vakillari ham shug‘ullanadi. SHuning uchun hozirgi davrda har bir xodim axborot-tahlil ishining usul va vositalarini bilishi hamda yuzaga keluvchi vaziyatlarni tadqiq qilishda ulardan samarali foydalana olishi lozim. Ilmiy uslublarni e’tiborga olmaslik ѐki ulardan foydalana bilmaslik nafaqatvaqt va kuchni isrof qilishga, balki keyinchalik muhim qarorlar qabul qilishga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Vaxolanki shu kungacha respublikamizda tizimli taxlil qilishni biladigan, tizimli fikrlash qobiliyatiga ega mutaxasislar tayorlash muammosi etarli darajada xal bo‘lgani yuq. Bunga sabab ko‘pchilik professor-o‘qituvchilarimizda muammoga tizimli yondashuv va tizimli fikrlashning etarli darajada emasligi, bu bilimlarning ishlatilmasligidir.
Shunday qilib bilim taraqqiyoti bir tomondan juda ko‘p yangi faktlar, turli sohalarga oid ma’lumotlarning ochilishi va to‘planishiga olib keldi, boshqa tomondan insoniyat oldiga ularni tizimlashtirish vazifasini qo‘ydi. Analiz, sintez va qismlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa anglashning bo‘laklarga bo‘linganligi tizimli bilishning ѐrqin misolidir.
Demak, tizimli tahlil muammoni hal qilish metodologiyasi sifatida barcha zaruriy uslublarni, bilimlarni va muammoni echish uchun lozim bo‘lgan harakatlarni umumlashtiruvchi ustun vazifasini bajaradi. Aynan shu bilan uning jaraѐnlar tadqiqoti, statistik echim nazariyasi, tashqillashtirish nazariyasi va boshqa shu kabi sohalar bilan munosabati aniqlanadi. Tizimli tahlil u ѐki bu metoddan qaysi bosqichda va qanday shaklda foydalanish lozimligini aniqlab beradi. Mazkur o‘quv metodik majmua O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 12 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayorlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4732-son Farmoni, 2016 yil 30 noyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayѐrlash va malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2015 yil 12 iyundagi PF–4732-son Farmoniga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi PF–4860-sonli Farmoni, 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF–4947-sonli Farmoni, 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–4958-sonli Farmoni, 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–2909-sonli Qarori hamda 2019 yil 27 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini joriy etish to‘g‘risidagi” PF-5789 sonli Farmonidagi ustuvor yo‘nalishlar mazmunidan kelib chiqqan holda tuzilgan bo‘lib, oliy ta’lim muasssasalari pedagog kadrlarning kasbiy tayѐrgarligi darajasini rivojlantirish, ularning ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganishlari hamda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirishni maqsad qiladi. O‘UM mazmunida oliy ta’limning dolzarb masalalarini o‘rganish, global Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘quv jaraѐniga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish, pedagogning shaxsiy va kasbiy axborot maydonini loyihalash, pedagogik mahoratni oshirish, fan, ta’lim, ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha ilm – fanni rivojlantirishning ustivor yo‘nalishlari, ilmiy – tadqiqotlar o‘tkazishning samarali metodlaridan foydalanishga o‘rgatish asosiy vazifalar etib belgilangan.
Shu bilan birga oliy ta’lim muassasalari professor- o‘qituvchilarning muntazam kasbiy o‘sishda interaktiv metodlar, pedagoglarning tahliliy va ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion metodikalar, masofadan o‘qitishni, mustaqil ta’lim olishni kengaytirishni nazarda tutuvchi texnika va texnologiyalardan foydalangan holda mashg‘ulotlar olib borish malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirish nazarda tutiladi.