Kirish kurs ishining dolzarbligi


Sharqona tarbiyaning o’ziga xosligi



Yüklə 61,46 Kb.
səhifə3/6
tarix15.08.2023
ölçüsü61,46 Kb.
#139474
1   2   3   4   5   6
Samandarova Nozima kurs ishi 33333333333333333333

1.2 Sharqona tarbiyaning o’ziga xosligi.
Davlatimiz sobit qadamlar bilan o’z taraqqiyot yo’lidan bormoqda. Bu yo’l – milliy xususiyatlar, qadriyatlarni tiklash, saqlash, rivojlantirish, milliy g’ururimimzni uyg’otish, vatanparvarlik va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan maafkura negizida kamolatga erishish yo’lidir. Bu esa, o’z navbatida sobiq sho’ro tarbiya nazariyasida o’rganilish mumkin bo’lmagan milliy odob, milliy e’tiqod, iymon-diyonat kabi insonning butun milliy xususiyatiga bevosita bog’lik fazilatlarni yosh avlodnng shaxsiy sifatlariga aylantirilishni dolzarb vazifa kilib qo’ydi.
Shu tariqa yuqoridagi fazilatlarni shakllantirishni o’z ichiga oluvchi yangi pedagogik yo’nalish dunyoga keldi. Darxaqiqat, milliy tarbiya – O’zbekiston milliy mustaqilligining pedagogik maqsadi va shartidir. Milliy tarbiya O’zbekistonning davlat mustaqilligini mustahkamlash va amalga oshirishga tayyor farzandlarni tarbiyalab voyaga yetkazishga xizmat qiladi.
Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda mustaqil O’zbekistonning ijtimoiy buyurtmasi bo’lmish ijobiy sifatlar: milliy iftixor, vatanparvarlik, millatlararo muloqot madaniyati, milliy odob, vijdoniylik, iymon-e’tikod, milliy istiqlol mafkuraviy ongini rivojlantirish zarur. Ularning aksi bo’lgan salbiy sifatlar: milliy befarqlik, vatanfurushlik, xoinlik, manqurtlik, millatchilik, mahalliychilik, vijdonsizlik, mafkurasizlik kabilarga nafaqat uygotish darkor. Bu ishlarni bir-biri bilan uzviy bog’lab olib borish o’qituvchi-tarbiyachi tomonidan maxsus mezon qilib olinishi kerak. Milliy tarbiya mezonlarini belgilashda o’quvchilarning yosh, aqliy imkoniyatlarini e’tiborga olinadi.
Tarixning guvohlik berishicha, har bir xalq va millat o’zlarining eng ibtidoiy davridan, ya’ni urug’chilik davridan boshlab, o’zligini namoyon qilishiga, milliyligini saqlab qolishga va uni tobora rivojlantirib borishga harakat qilib kelganlar. Tarbiyaning bunday ko’rinishlari va uning o’ziga xos shakllari xilma-xildir. Shu o’rinda milliy qahramon Spitamenning vatanparvarlik yo’lida olib borgan mardonavor kurashlar yuqoridagi fikrimizga dalil bo’la oladi.
Ilm-fanda mo’jizalar yaratgan Muxammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Axmad Fargoniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy va boshqa ko’plab ajdodlarimiz qaysi zaminda yashamasin, qaysi tilda asarlar yaratmasin, o’z elini, urf-odatlarini unutmaganlar, doimo «o’zbek» degan nomni ulug’laganlar.
Milliy an’analarmizni o’rganishda Maxmud Qoshg’ariy va Yusuf Xos Xojib singari mashxur siymolar xizmatlari ham beqiyosdir. Amir Temur, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur, Abdulg’ozi Baxodirxon, Nodirabegim, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy kabi yorqin siymolarning sa’y-harakatlarini aytmaysizmi?! Haqiqatan ham, bu davr el-yurt tarixini, madaniyatini va san’atini o’rganishning oltin davrini tashkil etadi. Urf-odatlar, marosim va udumlar o’z-o’zicha boshqa xalqlar ma’naviyatdan ayricha taraqqiy etmagan qardosh-qozok, qirg’iz, turkman, tojik va ozarbayjon xalqlarining ta’sirida yaratilgan, taraqqiy topgan.
G’urur deganda, ko‘z o‘ngimizda haq va haqiqat gavdalanadi. Bobolarimizning hammasi g‘ururli zotlar bo‘lganlar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Xorazmiy, Amir Temur, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Boburlar o‘z g‘ururlarini minordek tutishgan. Shunday ekan, bugungi maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari bobolari merosiga sodiq qolib, ular yaratgan odob-ahloq me’yorlariga sodiq bo‘lishi lozim. G’ururli bo‘lish, birinchi navbatda, xalq manfaatini yoqlash, elga foyda keltirish.
Xalqimiz o‘z hayoti, turmush tarzida eng olijanob g‘oyalarni mujassam etgan ahloaq-odob qoidalariga, ma’naviy qadriyatlarga tayanib kelgan. Shunday ilg‘or g‘oyalar tufayli elimizda adolat, rostgo‘ylik, halollik, pokizalik, birovning haqqiga hiyonat qilmaslik, nogironlarga mehrli bo‘lish, odamiylik, qardoshlik, vatanparvarlik, shirinsuhanlik va boshqa insoniy fazilatlar rivoj topgan.
O‘zbek xalqining g‘ururini ifodalovchi bir qancha urf-odatlar, rasm- rusumlar, marosimlar, odatlar, udumlar, an’analar mavjud. Jumladan, o‘zbek xonadonlarida ota nomi mag‘rur va ulug‘ shaxs sifatida e’tirof etiladi. Ayniqsa, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, ya’ni farzandlarimizning o‘z yurtiga mehr-muhabbatli bo‘lishi, uning mustaqilligini mustahkamlashi, Vatanimiz shon-shuhratini dunyo miqyosiga olib chiqish ruhida tarbiyalash pedagoglar, ota- ona va har birimizning muqaddas burchimizdir. Bunday ezgu maqsadlarni bajarishda har bir O‘zbekiston fuqarosi g‘urur va iftixor bilan yashaydi va uning meyoriga amal qiladi.
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirish uchun hamisha asos bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Mehnat – farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo’lganligi sababli hamma fuqarolar uchun majburiydir. Mehnat odamlarning biror maqsad uchun sarflagan vaqti, akliy va jismoniy kuchi yoki zarur faoliyatidir. Mehnatsiz yashamoq mumkin emas. Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug’lab kelishgan, o’zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar – ilmiy-badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari, me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Jahon fanining rivojiga bebaho xissa ko’shgan al-Xorazmiy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muxammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Shu boisdan jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi o’zbek maqollarida ham mehnat va mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. «Suvsiz xayot bo’lmas, mehnatsiz rohat», «Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan», «Oltin o’tda chiniqar, odam – mehnatda», «Mehnat bilan qarisang, rahmat bilan yasharsan», «Uzoq umr siri mehnatda» kabi maqollar bejiz yaratilmagan. Mehnat hayot chirog’iga yog’ quyib turadi. Mehnat bilan charxlanib turmagan kuch susayadi. Ishlamaslik har doim lanjlikni keltirib chiqaradi, lanjlikdan keyin esa nogironlik keladi. Mexnat asosan ikki turli bo’ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo’l va boshqa a’zolari yordamida jismoniy kuch sarflab, amalga oshiradigan ishlar jismoniy mehnatni tashkil qiladi. Jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan xolda tushunish mumkin emas. Jismoniy aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va maxsuldor bo’ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor xaydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning maxsuli bo’lmaydi. Aqliy mehnat egalari – o’qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo’lib, ular ma’naviyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar. Mehnat bilan suyagi qotgan, mehnat tufayli izzat-u hurmat ko’rgan har bir ota-ona o’z farzandlarining ham mehnat bilan yashashini, mehnati bilan el-yurt oldida sharaf topishini xohlaydi. Har qanday yumush, jumladan, idish-tovoq yuvish, uy-hovlilarni supurish, mol-xollarga qarash, tomorka, qurilish, ta’mirlash ishlarida qatnashish ham mehnatdir. Ota-onalar bolalarining kelajagini o’ylab, ularni ilk yoshlaridan mehnatga solib chiniqtirib boradilar. To’g’ri tarbiyaning eng ta’sirli, eng samarali usuli xam mehnatdir. Ota-onalar bolalarining mehnatiga hamma vaqt ham muxtoj bo’lavermaydilar, lekin bolani yoshligidan ishga o’rgatish, mehnatga ko’niktirish zimmalaridagi burch ekanligidan shunday yo’l tutadilar. Oilada ota-onalar o’z farzandlarining mexnatsevar, tejamkor va extiyotkor kishilar bo’lib yetishishlarida o’zlari namuna bo’lishlari kerak. Bu tarbiya ishlari uchun juda muhim omillardan sanaladi.
Nafosat tarbiyasi (estetik tarbiya) bu o’quvchilarni voqelikdagi, san’atdagi, tabiatdagi, kishilarning ijtimoiy va mehnat munosabatlaridagi, turmushdagi go’zallikni idrok kilish hamda to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning badiiy didini o’stirish, ularda go’zallika muhabbat uyg’otish va hayotiga go’zallik olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Nozik didli bo’lish, go’zallikni faxmlay va qadrlay olish, badiiy madaniyatni tushunish, xullas, o’z hayotini go’zallik qonunlari asosida ko’ra olish – komil insonning eng zaruriy fazilatidir. Nafosat tarbiyasi – eng avvalo har bir kishida badiiy xissiyot tuyg’ularini, badiiy didni tarbiyalashdir. Bunday yuksak nafosatlilik aql-zakovatdan xoli bo’ladi, degan ma’noni tushunmaslik kerak. Shaxsning barkamol inson bo’lib shakllanishida bu ikki tomon bir-birini to’ldiradi. Chinakam san’at asarida xissiyot chuqur g’oyaviy aqliy mazmun bilan birikib ketadi. Nafosat tarbiyasi aql bilan xissiyotni tarbiyalash, yanada aniqroq qilib aytganda, xissiyot vositasi bilan aqlni tarbiyalashdir. Bu ikki tomon-bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Nafosat tarbiyasi bugungi kunda shuning uchun ham muhimki, did-farosatlilik mehnatda, ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda – har bir inson uchun xayotiy ehtiyojga aylanib qolgan. Did-farosat har bir insonning xatti-harakatida, kiyinishida, yurish-turishida, kishilarga bo’lgan munosabatida, jamiyatdagi u yoki bu voqealarga yondoshishida va hokazolarda yaqqol ko’zga tashlanadi. Ba’zan hayotda did past, ma’naviy qashshoq kishilarni uchratamiz. Bunday kishilar aqlan, axloqan va ruxan zaifligini yashirish uchun soxta xatt-harakatlar qiladilar, o’zlariga yarashmaydigan ishlar qiladilar, didsiz kiyinadilar, ma’ni-matrasiz, shovkin-surondan iborat musiqa va ashulalarni tinglaydilar. Bundaylarni kuzatarkanmiz, ularning mehnat gashtin surmagan, hayot tashvishlariga beparvao, loqayd kimsalar ekanligiga guvox bo’lasiz.






























Yüklə 61,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin