Kirish kurs ishining dolzarbligi


II.BOB. TARBIYA TIZIMIDA MILLIY UDUM VA ODATLARNING AHAMIYATI



Yüklə 61,46 Kb.
səhifə4/6
tarix15.08.2023
ölçüsü61,46 Kb.
#139474
1   2   3   4   5   6
Samandarova Nozima kurs ishi 33333333333333333333

II.BOB. TARBIYA TIZIMIDA MILLIY UDUM VA ODATLARNING AHAMIYATI.


2.1 Tarbiyada milliy udum va urf-odatlarning ahamiyati.
Har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayotida azaliy an’ana, urf-odatlar alohida o’rin tutadi. Ular kishilar turmush tarzining o’ziga xos hodisasi sifatida namoyon bo’ladi. “An’ana”, “odat”, “marosim” bevosita “bayram” tushunchasi bilan bog’liq.
“An’ana” - tarixiy taraqqiyot jarayonida va ijtimoiy ehtiyojlar orasida vujudga keladigan, avloddan-avlodga meros bo’lib o’tadigan, kishilar ma’naviy hayotiga ta’sir ko’rsatadigan madaniy hodisadir. An’ana o’ziga xos ijtimoiy hodisa sifatida majmuasi hisoblanadi. Xalq an’analari - uzoq taraqqiyot jarayonida etnoslarning ijtimoiy-ma’naviy ehtiyojlari asosida vujudga kelib, ularning aqliy - ijodiy faoliyati asosida, atrof - muhit, tabiat, mehnat jarayoniga bog’liq holda avloddan-avlodga o’tib, taraqqiy etgan va asrlararo ajdodlar fikri, orzu-o’ylari, tajribalari, yutuqlari va boshqa qadriyatlarini mujassamlashtirgan bebaho ijtimoiy-madaniy merosga aylangan.
Urf - odat kishilarning turmushiga singib ketgan, ma’lum muddatda takrorlanib turuvchi xatti-harakat, ko’pchilik tomonidan qabul qilingan xulq -atvor qoidalari ko’nikmasidir. Masalan: kichiklarning kattalarga salom berishi, uy-hovlini tartibga keltirish, mehmonlarga alohida hurmat ko’rsatish, bayram arafasida keksa qariyalar, kasal ojiz, qiynalgan kishilar holidan habar olish, qo’ni- qo’shnilarni biror ishiga yordam berish, hasharga borish kabilar o’zbek xalqiga xos yaxshi odatlar hisoblanadi.Urf-odat degan tushuncha psixologiyada ham mavjud bo’lib, u ma’lum sharoit ta’sirida vujudga kelib, kishining fe’l-atvorida mustahkamlanib qolgan va kiyinchalik o’z-o’zidan beixtiyor bajariladigan harakat ma’nosini bildiradi.
An’ana ijtimoiy hayot, mehnat, madaniyatining barcha sohalariga xos hodisa sifatida juda keng doirani qamrab oladi. Urf-odat esa muayyan bir kishining turmush tarzi xatti-harakati, xulq -atvori, muloqoti va oilaviy munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Marosim - inson hayotidagi muhim voqyealarni nishonlashga qaratilgan, rasmiy va ruhiy ko’tarinkilik vaziyatida o’tadigan, tartib-qoidalarga amal qilinadigan tadbir sanaladi. Masalan: ism qo’yish, nikohdan o’tish, dafn qilish, xotiralash, urug’ qadash marosimlari.
Urf-odat kundalik hayotda kuzatilsa, marosim esa inson hayotidagi muhim hodisalar sodir bo’lganida vujudga keladi. Marosim kishilar hayotidagi eng muhim voqealarni rasmiylashtiradi. Marosimlarni o’tkazishda avloddan-avlodga o’tadigan ramziy va rasmiy an’analar, qoidalarga amal qilinadi.
Marosimga bo’layotgan voqeaga “guvoh” sifatida odamlarcha qiriladi. Odamlar kimningdir g’ami yoki quvonchiga sherik bo’lishadi, kelajak uchun yaxshi niyatlar qilishadi. Har bir marosimning o’ziga xos umum qabul qilingan tuzilishi bo’ladi. Inson hayotida bo’lib o’tayotgan muhim voqyealarni nishonlash jarayonida an’ana ham, urf-odat ham, marosim ham mujassamlashadi. An’ana”, “urf-odat”, “marosim” bir-biri bilan bevosita bog’li q hodisa sanaladi. Shu bois an’analarning tarqibiy qismi urf-odat, urf-odatning tarkibiy qismi esa marosim ham bo’lishi mumkin.
Eng qadimiy odamlarning turmushi bilan bog’liq an’analar: to’da bo’lib yashash udumlari; sardorlik, oqsoqolik uchun olishuvlar; bolalikdan o’spirinlikga; o’spirinliklan erkaklikga o’tish marosimlari; turli ko’rinishli dafn odatlari; qurbonlik marosimlari oila va to’y marosimlarining poydevori bo’lgan pomgam, egzogam, monogam odatlari kabilar ibtidoiy jamoa taraqqiyotida jiddiy rol o’ynagan. Ular ibtidoiy odamlarning mashaqqatli hayotida erishilgan tajribalarni asrash va ko’paytirishda katta ahamiyatga ega bo’lgan.
Qadimiy odatlarni o’rganishda “Avesto” kitobi eng qadimiy manbalardan biri hisoblanadi. Zardushtiylik diniga xos odatlar hozirgi paytgacha ham saqlanib qolgan. Ular ichida eng kattasi Navro’z bayramidir. Kasallikni oldini olish yoki undan saqlanish uchun isiriq tutatish, tongda xovlini tozalash, yuvinish, o’choqga olov yoqish kabilar zardushtiylardan o’tib kelayotgan odatdir.
Ispaniyalik bir faylasuf olim butun umrini jahon xalqlarining urf-odatlarini, axloq odobini o’rganishga bag’ishlagan ekan. O’sha olim bizning yurtimizga tashrif buyurib, urf-odatlarmizni o’rganibdi. Yurtiga borib: “Butun bir amalga oshirgan ishlarim va o’rgangan bilimlarimni 15 yoshli o’zbek qizalog’ining, o’rnidan turib, qo’lini ko’ksiga qo’ygancha choy uzatishidagi odobi, nazokatiga almashtirishga rozi edim”- degan edi. Ajdodlarmiz asrab-avaylab kelgan urf-odatlarmizni, sharqona odobimizni, naslimiz pokligini, buyukligimizni asrab-avaylab kelgusi avlodga yetkazish siz-u bizning qo’limizdadir. Ko’p ming yillik tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqi asrlar davomida o’ziga xos xilma-xil urf-odatlar, marosimlarni yaratdi. Ular doimiy takrorlanishi va xalqning ularga amal qilib kelishi natijasida umrboqiydir. Turmushga, zamonga qarab ularning ayrimlari unutiladi. Zamonga qarab, yangilari paydo bo’ladi, eng xalqchillari esa avloddan-avlodga o’tib keladi.
Kadrlar ma’naviy tarbiyasi keng qamrovli tushunchadir. Yosh avlod muqarrar ravishda yangi asoslarga o‘tayotgan davlatimiz, jamiyatimiz boshqaruvi tepasiga keladi. Ular biz boshlagan ulkan ishlarini davom ettiradilar. O‘zbekistonning buyuk davlatlar qatoriga kirishi, kelajagi obod va farovon bo‘lishi, huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati maydonga kelishi ko‘p jihatdan yoshlar tarbiyasiga bog‘liq.
Har bir mamlakatning o’ziga hos tarbiyaviy tizimi uning mustaqillik, milliy taraqqiyot yo’lining pedagogik in’ikosidir. O’tgan asrning oxiri va XXI asr boshlarida MDH mamlakatlari ham, jahonning sobiq mustamlaka mamlakatlari ham o’z taqdirlarida ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotning uch yo’liga duch keldilar. Dunyoviy tajriba bu yo’llarni quyidagicha ta’riflaydi:

  • milliy fundamentalizm — o’tmishdagidek yashash;

  • milliy modernizm — milliy zamonaviylashuv;

  • milliy reformizm - boshqacha (masalan, ovrupocha, amerikacha...) shakl va mazmun kasb etish.

Milliy-zamoniylashuv yo’lidan borish BMTning teng huquqli a’zosi — O’zbekistonning «Inson huquqlari Deklaratsiyasi»da «Har bir kishining ona tilidan foydalanish, ona tilida ta’lim olish, milliy madaniyatni saqlab qolish va rivojlantirish huquqi ta’minlanadi», — deb ta’kidlangan 4-moddasini amalda tatbiq etishga kirishganligidan ham dalolat beradi. YUNESKO amaliy tamoyillarida «o’z madaniyatiga ega bo’lmagan xalq yo’q; har bir madaniyat hurmat qilinishi va saqlab qolinishi kerak bo’lgan qadr-qiymatga ega; o’z madaniyatini rivojlantirish har bir xalqning huquqi va burchidir» deyiladi. Demak, qo’lga kiritilgan mustaqillik barcha millatlar kabi o’zbek xalqiga ham milliy o’zlik, ahloq, ma’naviyatni tiklash huquqini, imkoniyatini berdi. Mustaqil O’zbekistonning kelajagi, bizningcha, shu tarixiy imkoniyatdagi yosh avlodni tarbiyalashda qanchalik samarali foydalana olishimizga bog’liq.
O’zbekistonda milliy madaniyatlarni tiklash, ravnaq toptirish yo’lida milliy-madaniy markazlar tashkil etilganligi, bu markazlar faoliyati matbuot, radio va televidenieda keng yoritilayotganligi va boshqa ko’plab misollar mustaqil O’zbekiston milliy munosabatlarini takomillashtirishning’ yangi—milliylikni tiklash, boyitish orqali umummilliy va umuminsoniy totuvlikka erishish yo’lini tanlaganini ko’rsatadi.
Mehmondo’stlik o’zbek xalqimizdagi ajoyib bir udum. Xalqimiz o’zi chor-nochor yashaganda ham topganini mehmondan ayamaydi, uning dilini xushnud qilishni istaydi. Bu saxovatlikning, ulug’vorlikning belgisidir. Buyuk bobokalonimiz A.Navoiy, Ulugbek, Bobur kabi daholar hayoti va faoliyatlari bilan tanishganimizda, A.Qodiriyning mashhur «O’tgan kunlar» romandagi Otabek va Kumushbibilar o’sgan xonadonlar oila tarbiiyasida, o’zaro muomalada yuksak bir odob-axloq namunasi ekaniga guvoh bo’lamiz. Bu oilalarda ota-onalarnng farzandlar bilan, hatto ustozlarning shogirdlar bilan o’zaro muomalada «siz»lab gapirishlar, oiladagi farzandlar va tengqurlar ham o’zaro so’zlashuvda «siz» lab muomala qilishlari nihoyatda ibratlidir. Bu fayzli urf-odatlarmiz kishilardagi mexr-oqibatni, o’zaro hurmat-izzatni, o’rtoqlik, do’stlik rishtalarni yanada mustahkamlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun dono xalqimiz «sen» ham bir og’izdan chiqadi «Siz» ham, deb bekorga aytmagan. Katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lgan oilaviy udumlarmizdan yana biri dasturxon atrofida o’tirish, oilaviy ovqatlanishdir. Odat bo’yicha dasturxon, atrofdagi oddiy suxbatda keksalar to’rda, undan keyin ota-ona, aka, opa, kelin, singil, ukalar o’tiradi. Eng yosh bolalar kattalar yonda o’tirishlari kerak. Barcha oila a’zolari to’planib, dasturxonga taom tortilganidan so’ng shu yerdagi yosh ulug’ning ruxsati bilan ovqatga qo’l uzatish lozim. Yoshi kattalarni hurmatlab, ular obro’si va izzatini o’z o’rniga qo’yish – odatimizning asosiy maqsadidir. Choy atrofidagi suxbatda choynak, piyola, tagliklarning tozalab yuvib-artilish, har bir kishi uchun alohida piyola tutilishi gigiena talabi bo’lsa, choyni uch marta piyolaga quyib, choynakka ag’darish hech qanday irim-sirim bo’lmasdan, balki choy ta’mini bir xilligini ta’minlash uchun qilinadi. Choyni yoshi kattalar quyib, yoshlarga uzatishi esa odobga zid bir holdir. O’zbek xalqining turmush tarziga singib ketgan yaxshi va ijobiy urf-odatlarimizning ko’pchiligi xalqni, jamiyatni faqatgina yaxshilikka-oliyjanob inson, ahloqi pok, jismoniy sog’lom, e’tiqodli shaxs bo’lib yetishishiga xizmat qilib keladi. Biz yoshlar ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan ushbu odatlarni tiklashiga hissa qo’shsak ayni muddao bo’ladi. Bu esa ularning kelgusi kamolatni, rizqu ro’zlarining barakasini va hech qachon zavol ko’rmasliklarini ta’minlagan bo’lardik. Zotan dono xalkimiz: «Yerdan ayrilsang ham eldan ayrilma», «el ishini er yigit qilur, er yigit qadrini el bilur», - deb bejiz aytmagan. Yoshlarmiz ana shu dono gaplarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 61,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin