Kirish kurs ishining dolzarbligi


Milliy urf odatlarning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati



Yüklə 61,46 Kb.
səhifə5/6
tarix15.08.2023
ölçüsü61,46 Kb.
#139474
1   2   3   4   5   6
Samandarova Nozima kurs ishi 33333333333333333333

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • XULOSA
2.2 Milliy urf odatlarning maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidagi ahamiyati
Milliy urf-odatlar, an’analar tarixiy-ijtimoiy kategoriya bo’lib, ular muayyan millatning tarixiy taraqqiyoti jarayonida avloddan avlodga o’tib kelgan ishlab chiqarish, tirikchilik, maishat, xulk-atvor va boshqalarda o’ziga xoslikka ega bo’lib, rasm-rusumga aylangan munosabatlardir. Urf-odatlar asrlar davomida yashab, kishilarning axloqiy normalariga aylangan xolda, ularning qon-qoniga, hatti-harakatiga, kundalik turmush shakllariga singib ketadi. Inson bolasi yoshligidan yaxshi yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «Yoshlikda o’rgangan hunar, o’zingga o’ljaga qolar» kabi makollar bor. Quyida tarbiyaviy axamiyatga ega xalq udumlari, urf-odatlaridan ayrimlari ustida fikr yuritamiz.
Islom dini ta’limotiga ko’ra farzand ko’rgan ota-ona zimmasiga quyidagi vazifalari yuklatiladi: tug’ilgan bola qulog’iga azon ayttirish, unga munosib ism qo’yish, jonlik suyib aqiqa qilish, o’gil bo’lsa qo’lini halollash, axloq-odob, ilm-hunarga o’rgatish, bo’yga yetganda munosibiga uylash, uzatish-boshini ikkita qilib qo’yish kabilardir. Odatga ko’ra ota-bobolarimiz tavallud topgan bolaning qulog’iga birinchi navbatda bir mulla chakirib azon ayttirganlar. Bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino go’dak chillasi to’g’risida ming yil burun aytib ketgan fikrlar bugungi kunda ham o’z ahamiyatini yo’qotmagan. Tavallud topgan chaqaloq to’ngich farzand bo’lsa, bozordan beshik sotib olinadi. Odatda beshikni kelinning ota-onasi olib kelishadi. Ikkinchi yoki navbatdagi farzand tug’ilgan bo’lsa, opa-ukasining beshigiga belanadi. Mustahkam, qulay, xosiyatli bitta beshik bir oiladagi farzandnigina emas, uch-turt avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishi mumkin. O’zbekiston, tojiklarda bobosi, otasi yotgan beshikda parvarish topgan bolalar bor. Yosh onalar ixlos ko’yib, mana shunday xosiyatli, ko’hna beshiklarda o’z chaqaloqlarni boqishni afzal ko’radilar. O’zbek shuning uchun beshikni mukaddas bilib, uni hech qachon chaqalog’i bo’lmasa ham tashlab yubormaydi. Hamisha o’zi, oilasi bilan birga olib yuradi. Beshik bor joyda bola bo’ladi. Bola bor joyda alla aytilishi tabiiy. Onalar qadimda o’z bolalari beshigi tepasida kechasi bo’lsin, kunduzi bo’lsin, alla aytib kelishgan. Allarda xalq turmushning juda ko’p qirralar o’z in’ikosini topgan. Alla o’z oxang bilan bolaga ona nafasini yetkazib turadi. Go’dakni xotirjam qiladi, elitadi, orom olib uxlashiga imkon beradi. Allalarga onalar o’z xis-tuyg’ulari, orzu-armonlari, istak-niyatlarni, dard-xasratlarini ham qo’shib aytganlar. Alla tarbiyaviy, didaktik, an’anaviy ijod namunalaridan iborat bo’lgan.
Alla tinglagan bola onaga mehrini sut bilan o’ziga singdiradi. Alla inson ong qatlamlarida bir umr mungli, xazin nurli qo’shiq bo’lib saqlanib qoladi. Alla eshitmagan bolada bu xususiyatlar bo’lmaydi. Alla nafaqat onaning bolaga mehri, balki bolaning onaga mehr-oqibatining ham manbaidir.
Bolaga munosib ism tanlash va qo’yish ham azaliy odatdir. Xalq orasida odam bolasi o’z xulk atvori, fe’li va shu jumladan, ism bilan bilinadi, degan gap bor. Ota-onalarning eng muhim burchlardan biri o’z farzandlariga munosib nomni topib qo’yishdan iborat. Bolaga ism qo’yish g’oyatda jiddiy, ma’suliyatli udum sanalib, bu ism bo’lajak fuqaroning kelajak taqdiri – hayot yo’liga ta’sir qiladi, - deb tushunilgan. Shuning uchun ham urug’, kasb-kor-u sulola mavqeiga mos ism qo’yish taqozo qilingan. Avvalo ismlar mavrudi bilan xudo va payg’ambarlarning nomlariga asosida Rasul, Akbar, Nabi, G’ani, Muxammad singari atalgan. Bu bilan farzand Olloxi Taoloning marhamatidan dunyoga keldi, umr uzun bo’lsin, xudo yorlaqasin, degan niyat kilingan. Xudoyberdi, Olloxberdi, Tangriberdi singari ismlar aksariyat paytlarda qizlar orasida tugilgan
yagona o’gil bolaga, tilab olingan farzandga qo’yilgan. Bola tug’ilgan fasli, vaqt va marosim davriga karab: Baxor, Navro’z, To’ychi, Chuli, Bayram singari nomlar bilan ataladi. O’zbek oilalarda er-xotinlar bir-birining nomini aytib chaqirishmagan. Juda zaruriyat tug’ilganda, ular bir-birini katta farzandlarining nomi bilan atashgan. Keksalarni hurmat qilish, ularning maslahatlarini, yo’l-yo’riqlarini olib ish tutish, pand-nasihatlariga quloq solish va unga amal qilish qadim-qadimdan o’zbeklarga xos odat bo’lib kelgan.
Xalqimizning ajoyib odatlaridan yana biri suvni e’zozlashdir. Ota-bobolarimiz suvning bir tomchisini xam nobud qilmaslikka intilganlar. Suvga tuflash, turli xas-cho’p va axlatlarni tashlash gunoh hisoblangan. Suv-hayot demakdir. Suv bor joyda odam yashnaydi. O’t-o’lanlar, ekin-tekin, gul va daraxtlar gurkirab o’sadi. Qurt-qumursqadan tortib odam va hayvonlargacha suvdan bahramand bo’ladilar. Suvning qadriga yetmaslik, uni nes-nobud qilish, avaylab ishlatmaslik qanchalik og’ir oqibatlarga, tabiatdagi muvozanatning buzilishiga olib kelishini, Orol dengizining ko’rib borayotganida yaqqol ko’rishimiz mumkin. Dengiz suvining tobora kamayishi uning atrofida yashayotgan aholining sog’ligiga jiddiy putur yetkazmoqda, atrofdagi ekologik vaziyatning buzilishiga olib kelmokda. Qo’ni-qo’shnichilik, mehmondo’stlik, hashar kabi ajoyib odatlarimiz eng mo’tabar insoniy xususiyatlar sifatida yashab kelmoqda.
Tarbiya metodlari (usullar) – o’qituvchi- tarbiyachining o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, ularga ijobiy xulq-atvor ko’nikmalari va malakalarini singdirish maqsadida ularning hayoti va faoliyatini tarbiyaviy jixatdan to’g’ri tashkil etish yo’llaridir. Aniqrog’i, tarbiya usuli deb tarbiyachining bolalarda axloq-odob fazilatlarini tarkib toptirish ta’sir etish yo’llariga aytiladi. Tarbiya usullari tarbiyaning maqsadi va mazmunidan kelib chiqib, komil inson shaxsini tarbiyalashga qaratilgandir. O’z-o’zini tarbiyalash bolaning doimiy ishi bo’lmog’i va uzluksiz davom etmog’i zarur. Chunki haqiqiy tarbiya bolani o’z kuch, layoqatlari va qobiliyatini ishga solishga undaydi, uning ideallarini, shaxsiy muloxazalarini, e’tiqodlarini tarkib toptiradi. Natijada bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan tarbiyaviy jarayon o’z-o’zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Tarbiyaviy usullarni ularning vazifasiga qarab quyidagi asosiy guruhlarga ajratish mumkin:
Ijtimoiy axloqni tarkib toptirish va o’quvchilar faoliyatini yo’lga qo’yish usullari: o’rgatish, ibrat-namuna, ishontirish, o’yin, musobaqalar. Bular yordamida o’quvchida axloqiy odatlar xosil bo’ladi. O’quvchilarning xulqida tarbiyaviy mazmunan muvofiq axloqiy nafosat, mehnat qilish odatlari qaror topib boradi. Bunday odatlar asosan faoliyat zaminida tarkib topadi. Demak, bola shaxsini ifodalaydigan ijtimoiy xulq odatlarini hosil qilish uchun uni faoliyatga jalb etish yo’li bilan ijtimoiy aloqalar sharoitiga qo’yamiz va uning shaxsiy xususiyatlarini belgilaydigan odatlar hosil qilamiz. Bu guruh usullariga vazifalar bir-birdan farq qiladigan juda ko’p yo’l va vositalar kiradi. Masalan, o’quvchiga sharqona urf-odat, tarbiyani o’rgatish, mashq qildirish, ibrat-namuna, talab etish, ishontirish, o’yin, jamoatchilik fikridan foydalanish shular jumlasidandir.O’rgatish usuli o’quvchilarning hayotini, mehnatini, dam olishlarni batafsil o’ylab chiqilgan xolda tashkil etishni xamda dastlabki axloq-odob fazilatlarin tarkib tooptirish maqsadida ularni muomala- munosabat, yurish-turish odobiga o’rgatib borishni nazarda tutadi. Xususan, boshlang’ich sinflarda o’qituvchilarning biror-bir xatti-harakat namunasini sur’at, filmlarni namoyish qilish, ta’sirli, qiziqarli hikoyat, rivoyat o’qib berish yordamda o’zlashtiriladi. O’rgatish usuli bolalarning yoshi va tarbiya sharoitlariga qarab o’zgarib turishi mumkin. Tarbiyachi ma’lum bir topshiriqni (tuvakdagi gullarga suv quyish, parvarish qilish, sinfda tozalakka rioya qilishni kuzatib borish va hokazo) berishi mumkin. O’quvchi bu topshiriqni bajarish davomida zarur axloq-odob qoidalarini egallab oladi.
Ibrat-namuna usuli. Bolalar tarbiyasida ibrat-namunaning ahamiyati kattadir. Namuna yoki ibrat usuli bolalardagi taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash demakdir. Odatda bolalar o’zlarining yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, muallimlari, kattalar, tengqurlari) xulq-atvorini va xatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar. Lekin ko’pincha bularning nimasi yaxshi-yu, nimasi yomon ekanini farqlay olmaydilar, ular o’zlari uchun ma’qul bo’lganlariga taqlid etadilar va qabul qiladilar.
Ishontirish usullari. bu bo’limga o’quvchilarda ilmiy dunyoqarash va ishonch-e’tikodni shakllantirish maqsadida ularning ongi, xis-tuygulari va irodasiga har tomonlama ta’sir ko’rsatish usullari kiradi. Yuqorida bola shaxsining shakllanish jarayoni asosan, kundalik turmush va faoliyatda hosil qilinadigan tajriba, kattalar va tengdoshlari bilan o’zaro munosabatlarga bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan edi. Birok, avval tajriba to’planadi, so’ngra esa tegishli tushuncha shakllantiriladi yoxud aksincha deb, qandaydir navbat belgilab ko’yish noto’g’ri bo’lar edi.
Tushuntirish va uqtirish. Tushuntirishning moxiyati jamiyatning ma’naviy va moddiy hayotidagi eng muxim voqealar to’g’risida axborot berish asosida o’quvchilar diqqatini tevarak-atrofdagi voqelikka, o’z fuqarolik burchlariga ongli munosabatni shakllantirishga qaratishdan iboratdir. Ko’pincha o’quvchilarning o’z burchlari to’grisidagi bilimlari tasodifiy, yuzaki bo’ladi. Tushuntirishdan maqsad – biron-bir vokea, xatti-harakat, xodisaning ijtimoiy, axloqiy, estetik mazmunini ochishda, xulq-atvor va insoniy munosabatlarni to’g’ri baholay olishda o’quvchilarga yordam berishdir.
Uqtirish. Uqtirish biror axloqiy fazilatni o’quvchilar ongiga singdirish va ular tomonida uqib olinishini ta’minlashga asoslanadi. Shuning uchun o’qituvchilar va tarbiyachilar o’quvchilarni tarbiyalaganda va ularga axlokiy fazilatlarni tushuntirganda uning afzalliklarini ko’rsatuvchi dalillar keltirishi, isbotlashi, ishontirishi lozim. «O’qigandan uqqan yaxshi» degan xalq maqoli bor. O’qib olingan axlokiy fazilat bolada mahkam singib qoladi.
Yuqoridagilarga asoslanib, shunday xulosaga kelish mumkin: chinakam obro’ bolalarni hurmat qilish bilan birga, ularga nisbatan talabchan bo’lishga, bolaga chin ko’ngildan g’amxo’rlik ko’rsatishga, unga yordam qila bilishga, tarbiyachining bolalarga namuna bo’ladigan o’z shaxsiy fazilatlariga asoslanadi.
Pedagogika rivojlanish va tarbiyaning o’zaro bog’liqligi muxim muammolardan bo’lib, u ko’p munozaralarga sabab bo’ladi. Shaxsning rivojlanishi qiyin, murakkab jarayon, u ko’plab ichki va tashki ta’sirlar va omillar orqali ro’yobga chiqadi. Inson hayot ekan, butun umri davomida o’sib, rivojlanib, o’zgarib boradi. Bolalik, o’smirlik va o’spirinlik yillarida shaxsning kamol topishi yaqqol ko’zga tashlanadi. Rivojlanish deganda biz shaxsning ham jismoniy, ham aqliy va ma’naviy kamol topish jarayonini tushunamiz. Odam bolasining shaxs sifatida rivojlantirishi har tamonlama kamol topishining samarali bo’lishiga erishish maqsadida pedagogik fani rivojlanishining qonuniyatlarini unga ta’sir etuvchi omillarni shuningdek, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiya hamda faoliyatining ta’siri va ahamiyatini aniqlaydi va taxlil qiladi. Ma’lumki, odam shaxs sifatida dunyoga kelmaydi, balki uning shakllanishi avvalo hayot sharoitlariga bog’liqdir. Shaxs hayot davomida murakkab rivojlanish jarayonini boshdan kechiradi, natijada shaxsga aylanadi. Shu sababli shaxsni ma’lum ijtimoiy tuzumning maxsuli deb tushunishimiz lozim. Tarbiya muxit kabi inson kamolotiga ta’sir etuvchi tashqi omillardan xisoblanadi. Uning farqli tomoni va xususiyati shundaki, tarbiya aniq maqsadni ko’zlab, sistemali ravishda, insonda ijobiy fazilatlarni tarkib toptirish yo’lida tarbiyachining raxbarligida amalga oshirib boriladi. Shubhasiz tarbiya odamning ko’zi, sochi, terisining rangiga, uning badani tuzilishiga ta’sir eta olmaydi. Lekin shu bilan birga tarbiya jismoniy taraqqiyotga ta’sir etishi mumkin. Chunki maxsus tashkil etilgan jismoniy mashqlar orqali bolaning salomatligi mustahkamlanadi va chiniqtiriladi. Ma’lumki, insonning tabiiy qobiliyati faqat tarbiya orqali, uni ma’lum bir faoliyat turiga jalb qilish orqali rivojlanish mumkin.
Inson taraqqiyotining ilmiy kontseptsiyasi inson kamolatiga ta’sir etadigan omillarni taxlil etib, inson kamolati va uning shaxsini shakllantirishni yagona va bir butun narsa ekanlgini ta’kidlaydi. Bu jarayonda insonning o’z faolligiga katta o’rin beradi. U o’z faolligi bilan o’z shaxsini shakllantira oladi. Tarbiyachi tomonidan qo’yiladigan maqsad aniq bo’lsa va bu maqsadga erishish uchun odam astoyidil harakat qilsa kuyilgan natijaga erishiladi.
Muxit – bu shaxsga ta’sir etuvchi tashqi voqea va hodisalar kompleksidir. Bular: tabiiy muxit (geografik, ekologik) ijtimoiy muxit (shaxs yashayotgan jamiyat) oila muxiti va boshqalar kiradi. Bular orasida ijtimoiy muxitning, ya’ni shaxs yashayotgan jamiyatning inson kamoloti uchun yaratilgan imkoniyatlari muxim rol o’ynaydi. Mustaqil shaxs rivojlanishiga erishish har bir jamiyatda amalga oshirilayotgan tarbiya tizimi orqali amalga oshiriladi. Faqat tarbiya orqali insondagi rivojlanish imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish mumkin. Tarbiya jarayonida aniq maqsad va reja asosida shaxsga ta’sir etiladi. Buning natijasida muxitdagi vokealarning to’g’ri ijobiy ta’sirini amalga oshirish imkoni tugiladi. Muxit bera olmagan narsalar tarbiya orqali hosil qilinadi, xatto tarbiya tufayli shaxsda tug’ma kamchiliklarni ham o’zgartirib shaxsni kamolga yetkazish mumkin.

XULOSA

Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruxiy najot yolini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat bobida bekiyos kashfiyotlar qilingan. Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda tutadi. Komillik bu – insonning Yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug’orilishidir.O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar daavomida aql-u zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayxon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulugbek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogaxiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qildi, doimo xurriyat va erk sari intildi.


Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Qur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayxissalom hadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bulib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini, xatto mayda jixatlarigacha qamrab olgan. U go’daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko’cha-ko’yda, kattalar qoshida o’zini qanday tutish lozimligigacha barcha jixatlarni o’z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani hurmatlash ruxida tarbiyalashni shart qilib qo’ygan.
Janobi Rasulullox hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axlok-odobini ham yaxshilanganlar!», «Xech bir ota o’z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir hadisda esa: «Mo’min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish xammaning vijdoniy burchi deb qaralgan.
Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato qiladi. Inson o’z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Ammo shu nuqson-u kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka harakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu haqida Alisher Navoiy shunday degan:
Nokis uldirkim, uzin komil degay,
Komil ulkim, nuksin isbot aylagay.
Inson kamolotiga chek-chegara yo’q. Muttasil kamolat sari intilmoq – taraqqiyot boisidir.Kishi umrini baland ximmat bilan boyitmog’i shart. Yuksak maqsadlar sari intilmoq, insoniyatga naf yetkazib yashashni hayotning mazmuni deb bilmoq ximmat balandlikdan nishonadir. Alisher Navoiy bu xususda bunday degan:
Birovkim, anga ximmat uldi baland,
Erur olam axli aro arjumand
Ani, anga mufliski yuk ximmati,
Chu yuk ximmati, yuk aning xurmati.
O’tmish ma’naviy merosimiz komil inson g’oyasi bilan charog’on. Xazrat Alisher Navoiy dostonlarining har biri komillikning o’ziga xos mezonidir. Inson koinotdagi barcha mavjudotlar ichida hammadan ulug’i hisoblanadi. Uning kamolati oldida aql xayron qoladi, chunki, inson haqiqat haqida chuqur o’ylaydi. Kamolat yo’liga chiqish uchun u asta-sekin o’zligini izlaydi, olimni tanlaydi. Alisher Navoiy «kamol et kasbkim» deya da’vat qilganlarida komillik uchun zarur juda ko’p xususiyatlarni nazarda tutgan. Kishi o’zini xirs-ta’ma, nafs, g’aflat, nodonlik singari mayllardan poklamsa, xech payt komil bo’la olmaydi. «Olam uyi»da yashash – uning fuqarosiga aylanishdir. Alisher Navoiy insonning jahon farzandi mavqeiga ko’tarilishini xohlagan. Xuddi shu mavqeni esa kamolatning oliy chuqqisi deb bilgan. Aql-zakovatning kamoli o’qish, o’rganish, taxlil etish, idora kilish, e’tiqod qo’yish, hayot tajribasini egallash bilan ro’yobga chiqadi. Yosh niholning basavlat daraxtga aylanishi parvarishga bog’liq bo’lganidek, odam bolasining komil inson bulib yetishishi uchun uni murg’aklikdan tarbiyalashga e’tibor berib borish lozim.Inson bolasi yoshligidan yaxshi yomon odatlarning qaysinisiga ko’nikib, o’rganib qolgan bo’lsa, bu odat uni bir umr tark etmaydi. Shuning uchun ham xalqimizda «Yoshlikda o’rgangan hunar, o’zingga o’ljaga qolar» kabi maqollar bor.


Yüklə 61,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin