Kurs ishining maqsadi: Maktabgacha ta’limda tizimli tahlil va modellashtirishni samarali tashkil etishni muvofiqlashtirish.
Kurs ishining vazifalari: Mavzuga oid ilmiy, huquqiy-normativ manbalarni o’rganish, tahlil qilish va umumlashtirish.Maktabgacha ta’lim tizimini tahlil qilish va modellaashtirish faoliyatini o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish. Kurs ishi materiallari doirasida tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti:Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari
Kurs ishining predmeti: Maktabgacha ta’limda tizimli tahlil va modellashtirishni o’rganish.
Kurs ishining metodologik asosi: O’zbekiston Respublikasi Prezidentining soxaga oid qarorlari ‘’Ilk va maktabagcha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablar’’, ‘’Ilk qadam ‘’o’quv dasturi.
Kurs ishining metodlari:Mavzuga oid normativ me’yorlari hujjatlarni soxaga oida president qarorlarini o’rganish va tahlil qilish.
Kurs ishining tuzulishi va hajmi: kurs ishi kirish, ikki bob, to’rtta paragraph, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat.
I.BOB MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA MILLIY URF ODATLARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY PEDAGOGIK ASOSLARI. 1.1. Buyuk ajdodlarimiz merosida milliy tarbiya masalasi Mustaqil O’zbekistonda milliy tarbiya tizimi bu o’zbek xalqining o’ziga xos milliy madaniy fe’l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq, yangi, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir. Milliy tarbiya O’zbekistonda ilmiy-pedagogik atama sifatida milliy mustaqillik bergan imkoniyat orqali yangidan ko’tarilib qo’llanilayotgan bo’lsa-da, u azal-azaldan goh oshkora, goh pinhona tarzda bo’lsin, xalqimiz turmushida bardavom edi. Chunki o’zbek xalqining tarixi — o’zbekchilikka asoslangan milliy tarbiyaning tarixi hamdir.
Milliy-tarbiyaviy qadriyatlarni tiklash va zamonaviylashtirish umuminsoniy ehtiyoj hamdir. Sobiq sho’rolar davrida ijtimoiy ongda «zamonaviylik — milliylik» tushunchalari orasida «tsivilizatsiya — ekzotika» shaklidagi sun’iy antiteza hosil qilindi. Natijada milliylikni ajdodlardan avlodlarga boyitib etkazuvchi jarayon — milliy tarbiyaning tobora zaiflashuvi yuzaga keldi. Mafkuraviy maqsadlar ostida rang-barang milliy qadriyatlarni o’zaro aloqada yuksaltirish emas, balki bir xillashtirish harakati rag’batlantirildi.
O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi, hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’layotganligini ta’kidlab o’tgan edi. «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo’yildi. Yoshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga etkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotining sivilizatsiyalashgan davri biron-bir jamiyatning ezgu g’oyalar va mafkurasiz rivojlana olmasligini tasdiqlab kelmoqda. O’zbekiston o’z milliy mustaqilligini qo’lga kiritgach Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan o’zbek xalqi o’z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish kabi maqsadlarni qo’ydi. Ana shu maqsadni amalga oshirish, yurtimizda demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyatni barpo etish ehtiyoji tug’ildi. Buning uchun bizga yot va begona g’oya tajovuziga qarshi tura oladigan, har tomonlama barkamol, komil insonlarni voyaga etkazish, bu yo’lda g’oyaviy, mafkuraviy bo’shliq bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, mamlakatimizning yuksak taraqqiyotini ta’minlash uchun milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishni taqozo etdi.
Mustaqillikning ilk yilidanoq mustabid «kommunistik g’oya»dan voz kechildi. O’zbekiston xalqi o’z milliy g’oyasi negizlariga tayangan holda rivojlanish yo’lini tanladi. Buning o’ziga xos sabablari mavjud bo’lib, ularni quyidagicha izohlash mumkin:
1. Mustaqillik tufayli mamlakatimiz xalqi o’ziga xos yo’lni tanlash huquqiga ega bo’ldi. Bu xalqimizning ma’naviy merosi, qadriyatlarini qayta tiklash imkoniyatini berdi.
2. «Mustabid» totalitar tuzum «kommunistik g’oya»si o’zbek xalqini ma’naviy merosi, urf-odatlari, qadriyatlari, ma’naviyatidan begonalash-tirish siyosatini olib bordi. Endilikda ana shu asoratlardan xalos bo’lish ehtiyoji paydo bo’ldi.
3. Har qanday davlat, jamiyat, xalq maqsadsiz yashay olmaydi. U rivojlanish uchun ma’naviy asoslarni belgilab olishi zarur. Bu maqsad xalqning milliy-ma’naviy g’oyalarida aks etgan bo’lib, milliy istiqlol g’oyani o’rganish zaruriyatga aylandi.
4. Jamiyat taraqqiyotida turli xil g’oyalar hukmronlik qilib kelgan bo’lib, g’oyaviy maqsadlar tufayli har xil salbiy oqibatlarni yuzaga keltirgan. Ana shu g’oya bilan g’oyaning, maqsad bilan maqsadning, fikr bilan fikrning farqini bilish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganish lozim.
5. Shaxs, inson, ijtimoiy guruh, qatlam, xalq, millat, davlat maqsadi, orzu intilishi, qarashlari bir-biridan farq qilganidek, uning qanday maqsad va g’oya ekanligiga qarab baho beriladi.
6. Ayrim g’oyalar ma’lum bir millat, xalqning maqsad, intilishlarini hisobga olmasdan o’z g’oyalarini «singdirishga» urinadi, bunday yot yoki yovuz g’oyalardan ogoh bo’lish uchun milliy istiqlol g’oyasini o’rganmoq kerak.
7. Bugungi kunda dunyoda mafkuraviy kurash, inson ongi va qalbi uchun kurash ketar ekan, ayrim yot g’oyalar yoshlarni o’ziga rom qilib o’z shaxsiy manfaat yo’lida foydalanishga harakat qilayotganliklari boisdan ham milliy istiqlol g’oyasini o’rganish zaruriyatga aylandi. «Kelajagi buyuk davlat»ni barpo etish milliy istiqlol g’oyasini singdirish orqali amalga oshiriladi.
2001-yil 18-yanvarda O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Milliy g’oya: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va Respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1.
Shuningdek, 2006-yil 25-avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»2 Qarori, 2017-yil 28-iyulda “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko’tarish to’g’risida”gi PQ-3160-son Qarori qabul qilindi.
Milliy davlatchilik, mustaqillikni mustahkamlashning pedagogik kafolatini ham aynan shu yo’l — milliy-istiqloliy tarbiya g’oyasi ta’minlashga qodir. Chunki milliy tarbiya, jadid bobolarimiz idrok etganidek, ta’lim va tarbiyani boshqa sivilizatsiyalarga (ular o’z sharoiti uchun har qancha ilg’or sanalmasin!) moslashtirish emas, balki dunyodagi ilg’or sivilizatsiyani o’rganib, uni milliy madaniyatga xizmat ettirish, ta’lim va tarbiyani yangi sharoitda, mustaqillikni mustahkamlash talablari bilan boyitib, amalga tatbiq etishdir.
«Milliy tarbiya» tushunchasi ko’p qirrali tushunchadir. Uning: milliy qadriyatlar asosida olib boriluvchi maqsadga yo’naltirilgan tarbiyaviy faoliyat;umuminsoniy tarbiyaning har bir xalqqa xos va mos betakror shakli; xalq va uning madaniyatini saqlab qolish, tiklash va rivojlantirish (YUNESKO tamoyili) vositasi; O’zbekiston O’zbekistonda umumfuqaroviy totuvlikka erishishning insonparvarona yo’li va vositasi; ijtimoiy tarbiya va maktab tarbiyasi uyg’unligining pedagogik sharti; insoniyatni umumbashariy uyg’unlikka olib borishning pedagogik yo’li; ijtimoiy-ma’naviy jabhada milliy havfsizlikni ta’minlashning strategik ob’ekti va vositasi; o’quvchilarda milliy (avto va getero) stereotiplarni maqsadli shakllantirish, ma’naviy boyitish jarayoni ekanli shundan dalolat beradi.
Shaxsning rivojlanishi jarayoni bir qancha omillar ta’sirida sodir bo’ladi. Bular irsiyat, ya’ni biologik omil xamda muhit, ta’lim va tarbiya, shaxs faolligi (ijtimoiy omil) shaxsni shakllantirishning asosiy omillari deb tushuniladi. Ma’lumki, shaxs, inson tirik organizmdir, shu sababli uning hayoti biologiyaning umumiy qonunlariga, yoshlar anatomiyasi va fiziologiyasining maxsus qonunlariga bo’ysunadi. Shaxsning, ayniqsa bolaning jismoniy rivojlanishi, sog’ligi biologik omilga bog’liqdir. Biologiyaning asosiy tushunchasi bo’lgan irsiyatning, ya’ni bolaning nasl-nasabining roliga olimlarimiz alohida e’tibor bermoqda. Har bir bola insonlarga xos tug’ma xususiyatlar bilan dunyoga keladi. Shunday ekan odam bolasi tug’ilgandan so’ng unda shaxs bo’lib shakllanishi, yetuk inson bo’lib voyaga yetishi imkoniyati mavjud bo’ladi. Bola o’zining avlod-ajdodlaridan ko’pgina biologik belgilarni meros sifatida qabul qilib oladi, xatto ayrim kasalliklar xam nasldan naslga o’tadi. Biologik omillar shaxsning jismoniy rivojlanishiga ham ta’sir ko’rsatadi. Shunday ekan, sog’lom ota-onadan sog’lom farzand dunyoga kelishini unutmasligimiz lozim.