O‘zbekiston Respublikasi
Aloqa Axborotlashtirish
va Telekomunikatsiya Davlat Qo‘mitasi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti
Farg‘ona Filiali
‖Axborot texnologiyalari‖ kafedrasi
‖C++da dasturlash.‖ Fanidan
Bajardi:
610-13 guruh talabasi
Mahmudov. A.
Qabul qildi:
Xoshimov. A.
Farg’ona 2015
I.
Kirish.
Insoniyat tarixining ko‗p asrlik tajribasi ezgu g‗oyalardan va sog‗lom
mafkuradan mahrum biron-bir jamiyatning uzoqqa bora olmasligini ko‗rsatdi. SHu
bois, mustaqillik tufayli mamlakatimiz o‗z oldiga ozod va obod Vatan, erkin va
farovon hayot barpo etish, rivojlangan mamlakatlar qatoridan o‗rin olish,
demokratik jamiyat qurish kabi ezgu maqsadlarni qo‗ydi.
Bu esa kelajagimizni yaqqol tasavvur etish, jamiyatimizning ijtimoiy-
ma‘naviy poydevorini mustahkamlash ehtiyojini tug‗diradi. Demak, galdagi eng
asosiy vazifa: yosh avlodni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi
olijanob tuyg‗ular ruhida tarbiyalash, yuksak fazilatlarga ega, ezgu g‗oyalar
bilan
qurollangan komil insonlarni voyaga etkazish, jahon andozalariga mos, kuchli
bilimli, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdir.
«Jahon sivilizatsiyasiga daxldor bo‗lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay
turib, mamalakat taraqqiyotini ta‘minlash qiyin», - degan edilar prezidentimiz I.
Karimov. O‗zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga
erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‗laqonli sheriklik o‗rnini egallay borishi, inson
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanishning ko‗lamlari qanday bo‗lishiga hamda bu texnologiyalar
ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‗ynashiga bog‗liq.
Prezidentimiz Islom Karimovning ko‗p yillik izlanishlari, asarlaridagi fikr-
mulohazalariga tayanib yaratilgan «Milliy istiqlol g‗oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar» nomli risolada ta‘lim-tarbiya jarayonining ixtiyoriy bosqichida amal
qilish lozim bo‗lgan quyidagi mezon va talablar keltirilgan:
o‗quv mashg‗ulotlarini olib borishda
talabalarning yoshi, tafakkuri,
dunyoqarashi va qiziqishlarini hisobga olish;
ta‘lim-tarbiyaning ilg‗or, ta‘sirchan vositalaridan, zamonaviy o‗qitish
texnologiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish;
ayrim tushunchalarni haddan ziyod soddalashtirish, ta‘limning eskicha
uslub va tamoyillarini qo‗llash natijasida fanning qadrsizlanishiga yo‗l qo‗ymaslik;
ta‘lim jarayonida tazyiq o‗tkazmasdan ma‘rifiy asosda ish tutish,
yoshlarning mustaqil va erkin fikrlash, bahs-munozara yuritish ko‗nikmalarini
oshirishga e‘tibor qaratish;
o‗qituvchi va tinglovchilar orasida o‗zaro hamfikrlik va hamkorlik
muhitini shakllantirish, mavzuning tushuncha va tamoyillarini sharhlashda hayotiy
misollar, bugungi dunyoda ro‗y berayotgan voqealar
tahlilidan, matbuot
materiallaridan keng foydalanish;
yoshlarda g‗oyalar, o‗z ma‘no-mohiyatiga ko‗ra bunyodkor yoki
vayronkor bo‗lishi haqidagi hayotiy va haqqoniy tasavvurlarni shakllantirish;
milliy istiqlol g‗oyasining insonparvarlik mohiyatini ko‗rsatish asosida
mustaqillik biz uchun eng oliy qadriyat, uni asrab-avaylash esa har birimizning
muqaddas burchimiz ekanini talabalarning qalbi va ongiga singdirish.
Yuqorida aytilgan mezon va talablarga rioya qilgan xolda Respublikamizda,
zamonaviy hisoblash texnikasi vositalaridan samarali foydalanishni uddalay
oladigan, zamonaviy kompyuterlardan amaliy ish
faoliyatida keng foydalana
oladigan etuk kadrlar tayyorlash dolzarb vazifalardan hisoblanadi. SHuning uchun,
kadrlar tayyorlash milliy dasturining ikkinchi bosqichida yuqori malaka,
raqobatbardosh kadrlar tayyorlash uchun sifatli, jahon andozalariga mos darsliklar,
o‗quv qo‗llanmalari va ma‘ruza matnlarini tayyorlab, chop ettirish masalasiga juda
katta e‘tibor berilgan.
Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng yurtimizning
barcha sohalari qatorida
axborot texnologiyalari sohasi ham tubdan o‘zgarib, rivojlanishga yuz tutdi.
Hozirgi kunda yurtimizda biz yoshlarga keng imkoniyatlar eshigi ochilmoqda.
Hozirgi texnika va texnologiyalarning jadallik bilan rivojlanib borayotgan
zamonida inson faktoriga bo‘lgan talab kundan kunga kamayib bormoqda. Buning
asosiy
sababi
—
zamonaviy
texnologiyalarning
inson
og‘irini
yengillatayotganligida.
Hozirgi kunda hayotimizning barcha jabhalariga texnik va texnologik
qurilmalar, avtomatlashgan tizimlar, kompyuter texnologiyalari kirib kelib ulgirdi.
Kimdir bu texnika va texnologiyalardan unumli vasamarali oydalanmoqda, unga
yanada qo‘shimcha yangilik va qo‘shimchalar kiritmoqda, aksincha yana kimlardir
ularni boricha o‘z holatida ishlatmoqda.
XXI asr — ―Axborot asri‖. Ushbu asrda texnika
va texnologiyalar shu
darajada rivojlanib kettiki, hatto inson aqli bovar qilmas dajaga yetib ulgirdi.
Hozirgi kunda juda ham ko‘plab yordamchi dasturlar ishlab chiqaruvchi
kompaniyalar mavjud. Bularning ichida foydalanuvchiga yordam beradigan va
bevosita o‘zining dastur yaratishiga imkon beruvchi
dasturlarni ham ishlab
chiqaruvchi kompaniyalar mavjud.