2
B.T. Sаlimov, M.T. Asqarova, I.A. Yakubov, M.S. Yusupov,
G‘.T. Yuldashev, H.A. Hakimov. Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot. Dаrslik. –
T.: “Iqtisodiyot”, 2019, - 446 b.
Mazkur darslikda resurslar taqchilligi sharoitida
mikro va makrodarajada
cheksiz ehtiyojlarni optimal qondirish masalalari o‘zaro uyg‘unlashgan holda
yoritilgan. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlarning mikroiqtisodiy jihatlari,
ishlab
chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanish, firmalar mahsulotiga talab va
taklifning bozor muvozanatiga erishish holatlari ko‘rib chiqilgan.
Mikro darajada
maksimal va minimal narxlarning bozor muvozanatiga ta’siri, makrodarajada yalpi
talab va yalpi taklifning muvozanatiga ta’sir etuvchi omillar atroflicha o‘rganilgan.
Xususan, mikro darajada iste’molchilarning bozordagi xatti-harakatiga ta’sir etuvchi
omillar bilan bog’liq nazariy va amaliy masalalarga keng o‘rin berilgan. Firmalarning
mukammal
raqobatlashgan, monopol raqobatlashgan, oligopolistik va sof monopoliya
bozorlaridagi xatti-harakati,
narxlarni belgilash, xarajatlarni minimallashtirish bilan
bog‘liq masalalar chuqur tahlil qilingan.
Makrodarajada
esa
makroiqtisodiy
muvozanatning
turli
modellari,
makroiqtisodiy siyosatning fiskal va monetar yo‘nalishlari, yalpi ishlab chiqarishning
doimiy o‘sishini, inflatsiya, ishsizlikning past darajasini ta’miinlash, iqtisodiy o‘sish,
tashqi savdo siyosati, to‘lov balansi mutanosibligi va valyuta
kursini barqarorligi
hamda muvozanatini bir butun holda davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini
ishlab chiqish kabi muhim masalalar o‘rin olgan.
Dаrslik oliy o‘quv yurtlari bakalavriat ta’lim bosichining 230000 - “Iqtisod”
ta’lim sohasi talabalariga mo‘ljаllаngаn. Dаrslikdаn oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlаrining profеssor-o‘qituvchilаri, аmаliyotchi mutахаssislаr, doktorаntlаr vа
tаyanch doktorаntlаr hаmdа mustаqil izlаnuvchilаr ham foydаlаnishlаri mumkin.
Dаrslik Toshkеnt dаvlаt iqtisodiyot univеrsitеti Kеngаshining 2019- yil 30-
maydаgi 11-sonli qаrori bilаn nаshrgа tаvsiya etilgаn.