O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim Vazirligi Xorazm viloyati kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi Pitnak maishiy xizmat kasb-hunar kolleji



Yüklə 0,84 Mb.
səhifə9/26
tarix14.06.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#129723
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Ofisni kompyuterlar bilan jihozlash va tarmoqlarga birlashtirishni loyihalashtirish

Axborot ta'minoti AATEXda aylanadigan axborotlarni tashkil qilish shakllari, joylashtirish, hajmi bo'yicha loyihaviy yechimlar majmuasidan tarkib topgan. Bu ko'rsatkichlar, ma'lumotnomalar, klassifikatorlar va axborotlarni kodlashtiruvchilar, avtomat xizmat ko'rsatish uchun maxsus tashkil qilingan hujjatlarni universallashtiruvchi tizimlar, mashina tashuvchilaridagi axborot massivlari, shuningdek, axborotlarni ishonchli saqlash, o'z vaqtida va sifatli qayta ishlashni ta'minlovchi xodim faoliyatini o'z ichiga oladi.
Lingvistik ta'minot tabiiy tilni shakllantirish uchun til vositalari majmuasini birlashtiradi. Bu ta'minot orqali mashinaning inson bilan muloqoti amalga oshiriladi. Lingvistik ta'minot AATEX axborot bazasi (hujjatlar, ko'rsatkichlar, rekvizitlar va shu kabilar) tuzilmaviy birligini ifodalovchi axborot tili; AATEX axborot bazasi ma'lumotlarini mani- pulyatsiya qilish va boshqarish tillari; axborot-qidiruv tizimi vositalari; AATEXni avtomat loyihalashtiruvchi til vositalari; maxsus mo'ljallangan muloqot tillari va boshqa tillar; avtomat boshqaruv tizimini ishlab chiqish va ishlash jarayonida foydalanadigan atamalar hamda ta'riflar tizimini o'z ichiga oladi.
Texnik ta'minot AATEX ishini ta'minlovchi (axborotlarni yig'ish, qayd qilish, uzatish, qayta ishlash, tasvirlash, ko'paytirish texnik vositalari, orgtexnika va shu kabi) texnik vositalar majmuasidan tashkil topgan. Barcha texnik vositalar o'rtasida markaziy o'rinni kompyuter egallaydi. Texnik ta'minotning tuzilmasi elementlariga texnik vositalar qatori uslubiy va ma'muriy materiallar, texnik hujjatlar va ushbu texnik vositalarga xizmat qiluvchi xodim ham kiradi.
Dasturiy ta'minot AATEX masalalari va vazifalarini amalga oshiruvchi hamda texnik vositalar majmuasining bir me'yorda ishlashini ta'minlovchi dasturlar majmuasidan iborat. Dasturiy ta'minot tarkibiga umumtizimli va maxsus dasturlar, shuningdek, dasturiy ta'minot vositalarini qo'llash bo'yicha uslubiy-yo'riqnomaviy materiallar va uni ishlab chiqish hamda AATEXni butun faoliyatini kuzatib boruvchi xodim kiradi.
Umumtizimli dasturiy ta'minotga keng foydalanuvchilarni hisobga olgan, hisoblash jarayonini tashkil qilishda va tez-tez uchrab turadigan ma'lumotlarni qayta ishlash masalalarini yechish uchun mo'ljallangan dasturlar kiradi. Ular kompyuter funksional imkoniyatlarini kengaytirish, hisoblash ishlari navbatini avtomat ravishda rejalashtirish, ma'lumotlarni qayta ishlash jarayonini boshqarish va nazorat qilishni amalga oshirish, shuningdek, dasturchilar ishini avtomatlashtirish imkonini beradi.
Maxsus dasturiy ta'minot ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan AATEXni yaratishda ishlab chiqiladigan dasturlar majmuasidan iborat. U funksional masalalarni yechishda ma'lumotlarni yig'ish va qayta ishlash amaliy dasturlar majmuasidan tashkil topgan.

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin