Xulosa. Ozbekistonda tarmoqlarning ishlash jarayonini va rivojlanishi bilan tanishib chiqdim. XXI-asr axborot asri bo'lganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Abdug'anievich Karimovning "Kompyuterlashtirish va axborot texnalogiyalarini rivojlantirish to'g'risida"gi 2002 yilning 30 maydagi farmoni va Vazirlar mahkamasining bu farmonni amaliyotda kuchga kirishi 2002 yilning 6 iyundagi qarori bilan tasdiqlandi.
Shu sababli mamlakatimizning turli korxona va tashkilotlarini va oliy va o'rta mahsus o'quv yurtlarini zamonaviy kompyuterlar bilan ta'minlash va bu kompyuterlarni ishlatish uchun etuk mutahasislar tayyorlash va kompyuterlarni xonaga joylashda mehnat muxofazasi qonun qoidalariga rioya etishni talablari ishlab chiqildi.Unga amal qilish har bir mutahasisning oldiga qo'yilgan maqsad va vazifasidir. Men loyihani tayyorlash jarayonida kompyuterlar bilan ishlashda xonani xarorati u yerda joylashgan stol stullarni joylashtirish haqida va elektr tokidan foydalanishni qonun qoidalari bilan chuqur tanishib chiqdim. Xona keng, meyorida yoritilgan va havosi oson almashtiriladigan bo'lishi kerak. Yorqin quyosh nurlari monitorga salbiy taosir etadi. Qorong'i xonada faqat ish joyini yoritish ham maqsadga muvofiq emasdir. Stolni shunday joylashtiring-ki, deraza oynasi qarshingizda bo'lmasin. Agar buning iloji bo'lmasa, u holda qalin parda yoki jalyuzi sotib oling, shunda derazadan tushayotgan yorug'lik sizga xalal bermaydi. Agar oyna yon tomonda bo'lsa, yana parda yoki jalyuzi joningizga oro kiritadi. Chang va issiqliq salomatlikka putur etkazibgina qolmay, texnikaga ham yomon taosir o'tkazadi, shuning uchun xonaga kondisioner o'rnatgan ma'qul.
O zbekistonda rovojlanayotgan tarmoqlardan asosiysi global tarmoq bo'lib, bu tarmoqda juda ko'p malumot almashinuvi, dunyo bo'yicha habarlar, yangiliklar, har xil ma'lumotlar olib foydalanish mumkin. Global tarmoq (Internet) ga qiziqish xalq ichida kundan kundga ortib bormoqda. Bu tarmoqni kengayishi, liniyalarni kuchlilari bilan almashinishi xalq ichida katta ahamiyatga ega.
Xulosa o'rnida, men ushbu bitiruv malakaviy ishini tayyorlash jarayoninida, HTML da skriptlar bilan ishlashni va ularning imkoniyatlarini o'rganib, Javascript haqida tuzilgan rejalar doirasidagina ma'lumot berishga erishdik. Men ushbu mavzuni kelajakda o'z kasbimda va o'qishlarimda o'rganishmi davom etaman hamda rivojlantiraman degan umiddaman.