KIRISh
Mavzuning
dolzarbligi.
O‘zbekiston
Respublikasi
mustaqillikka
erishgandan keyin, barcha sohalarda tub burilishlar boshlandi. Jumladan, ona-
Vatan tarixini bilishga, o‘zlikni anglashga qiziqish ortdi. Xususan, Respublikamiz
Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek, “O‘zlikni anglash tarixni bilishdan
boshlanadi”.
1
1946—1985 yillar oralig‘ida Markaz ideologlari tomonidan o‘ylab topilgan
ana shu xayoliy va noilmiy aqidalar girdobida, butun mamlakatda bo‘lganidek,
O‘zbekistonda ham maorif, oliy ta’lim, ilm-fan, san’at o‘ta siyosiylashgan holda
rivojlanishga majbur qilindi.
YAna eng muhimi shundaki, bu davrda barcha milliy respublikalar va millatlar
madaniyatini
o‘zida
mujassamlashtirgan
yagona
«sovet
madaniyati»
yaratilganligining e’tirof etilishi SSSRga birlashtirilgan barcha xalqlar
ma’naviyatining bundan keyingi yo‘nalishini belgilab berdi. Ushbu davrda
madaniyatga xos, uning rivojlanishi uchun muhim omil bo‘lgan erkin- lik,
demokratiya batamom yo‘q qilindi. Madaniyat, ayniqsa, milliy madaniyatning
«rivoji» maxsus qolipga solindi. Siyosiy o‘lchovlarga, kommunistik mezonga
javob bermagan har qanday asar yo‘qqa chiqarildi, uning muallifi esa jamiyatga
yaroqsiz shaxc sifatida «chetga surib» qo‘yildi.
Ayni paytda, 1946—1985 yillarni o‘zbek madaniyati uchun to‘liq tushkunlik
davri deyish ham xato bo‘lur edi. CHunki bu davrda mafkuraviy tazyiqlar, qolipga
solishlar kuchaygan bo‘lsa-da, madaniyat ma’lum darajada rivojlandi. Bu yillarda
yaratilgan ijobiy ishlar, omma orasida olib borilgan mada niy-ma’rifiy tadbirlar
o‘ta siyosiylashgan va mustabid tuzum uchun xizmat qilgan bo‘lsa ham, u baribir
o‘zbek xalqining shu davrdagi milliy madaniyati bo‘lib qoldi, xalqning madaniy-
ma’rifiy saviyasini oshirishga xizmat qildi. Xususan, bu fan sohasi, maorif, oliy
ta’lim muassasalariga tegishlidir.
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Т.: Ўзбекистон, 1998.– Б.5.
4
Respublika xalq ta’limi urushdan keyingi yillarda bir qator jiddiy
qiyinchiliklarni engib o‘tishiga to‘g‘ri keldi. Urush yillarida ta’lim tizimiga e’tibor
berilmadi. Ana shu «odat» urushdan keyingi dastlabki yillarda ham davom etdi.
Biz mazkur bitiruv malakaviy ishda O‘zbekistonda 1940-1980 yillarda fan,
ta’lim, madaniyat taraqqiyoti masalarini tadqiq qildik.
Dostları ilə paylaş: |