O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/20
tarix02.01.2022
ölçüsü0,78 Mb.
#43296
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
ozbekistonda 1950-80 yillarda talim tizimi (1)

H.M.Abdullaev (1912-1962) buyuk ershunos va ma'danshunos olim, o’zbek 

xalqining  ulug’  farzandi,  mutafakkir  va  davlat 

arbobi. U qisqa umr ko’rgan bo’lsada, o’zidan katta 

meros 


qoldirdi. 

Vafotidan 

so’ng 

Habib 


Abdullaevning  etti  jildlik  saylangan  asarlari  chop 

etildi. Uning birinchi jildida allomaning 1937-1947 

yillarda yaratilgan «Sheellitli skari konlari»ga doir 

maqolalari  to’plangan  (1964):  ikkinchi  jildiga 

«O’rta 

Osiyoning 

Sheelitli 

skari 


konlari 

geologiyasi» 

(1964): 

uchinchi 

jildiga 

«Ma'danlanishning  granitoid  intruziyalari  bilan  genetik  bog’liqligi»  (1964): 

to’rtinchi  jildiga  «Daykalar  va  ma'dan»  (1965):  beshinchi  jildiga  «O’rta  Osiyo 

magmatizmi  va  ma'dani»  hamda  «ma'danli-petrografik  provintsiyalari»  nomli 

monografiyalari  (1965):  oltinchi  jildiga  «Ma'danshunoslik  konlarini  qidirib 

topishning  nazariy  asosi»  darsligi  (1967)  va  nihoyat  ettinchi  jildiga  Habib 

Muhammedovichning  iqtisod  hamda  tarixga  oid  maqolalari,  ilmiy  publitsistik 

asarlari  kiritilgan  (1969)

1

.  Ja'mi  bo’lib  buyuk  olim  130  dan  ortiq  ilmiy  asarlar 



yozgan. 

Habib  Abdullaev  faqat  olimgina  emas,  ayni  paytda  mohir  tashkilotchi  va 

davlat  arbobi  ham  bo’lgan.  U  yigirma  etti  yoshida  1941  yilda  Politexnika 

institutida rektorlik lavozimiga ko’tarildi. H Abdullaev ikki muddatga O’zbekiston 

FAning  prezidenti  etib  saylandi.  Mashhur  o’zbek  olimini  dunyo  tan  olgan.  1960 

yilda  Frantsiya  geologiya  va  Buyuk  Britaniya  mineralogiya  jamiyatlari  uning 

bilimiga  tan  berib  haqiqiy  a'zolikka  qabul  qilgan  edilar.  Dunyoning  Meksika, 

Finlyandiya,  AQSh,  Frantsiya,  Hindiston,  Italiya,  Chexoslovakiya,  Xitoy, 

Shvetsariya  va  boshqa  malakatlarida  uyushtirilgan  nazariy-ilmiy  anjuman  va 

                                                           

1

 Aсрoр Сaмaд. Oлимнинг ҳaёт йўли.-Т.: Кaмaлaк-Xaзинa, 1994, - Б. 53-79.  




31 

 

simpoziumlarida  ma'ruzalar  bilan  qatnashgan  Xabib  Abdullaev  o’zbek  fanining 



shuhratini jahonga tanitdi. 

1943  yilda  Meksikada  Jahon  geologlarining  XX  kongressi  bo’ldi.  Ushbu 

xalqaro  anjumanda  o’zbek  olimi  ham  ilmiy  ma'ruza  bilan  qatnashgan  edi.  «Men 

minbardan  tushishim  bilan,-deb  eslaydi  H.Abdullaev,-Amerika  delegatsiyasining 

boshlig’i yonimga kelib qo’limni siqdida: Janob Abdullaev Siz kim bo’lasiz?-deb 

so’rab  qoldi.  Shunda  men:  ...o’zbek  geologi  bo’laman,-dedim.  U  esa:  Yo’q.  Siz 

o’zbek emassiz. Siz tayyorlangan (podstavnoy) odamsiz, xali o’zbeklardan Sizdek 

olimlar  etishib  chiqqan  emas,-deb  qoldi.  Shunda  men  faxr  bilan  baralla:  «Men 

haqiqiy o’zbek farzandiman»,-deb javob berdim». 

Habib  Abdullaevning  «Rudalanishning  granitoid  intruziyalar  bilan  genetik 

bog’liqligi» va boshqa  juda ko’plab  asarlari xorijiy  tillarda tarjima  qilingan.  «Bu 

asar,-deb  yozgan  edi  T.Shoyoqubov,  M.Ahmedov,-o’zbek  fanini  H.Abdullaev 

siymosida  jahonning  eng  ilg’or  fan  cho’qqilariga  olib  chiqdi.  Jahon  ilm  ahli 

dunyoda  O’zbekistondek  jumhuriyat  borligini:  Beruniyning  vatanida  hali  ilm 

so’nmaganini yana bir bor his etdilar»

1



Habib  Abdullaev  o’zbek  fanining  haqiqiy  jonkuyari  edi.  Shu  boisdan  ham 

uning Prezidentlik davrida yuzlab fan nomzodlari va fan doktorlari etishib chiqdi. 

Chunki  buyuk  alloma  millatning  kelajagi  va  istiqboli  yuqori  malakali  milliy 

kadrlarga bog’liq ekanligini yaxshi bilardi. H.Abdullaev rahnamoligida aspirantlar 

soni  o’n  baravar  ko’paydi  va  1000  kishiga  etdi.  «Moskvaga,-deb  eslagandi 

yozuvchi,  akademik  Izzat  Sulton,-qisqa  muddatda  to’rt  yuzdan  ortiq  o’zbekni 

aspirantura  va  doktaranturaga  yuborganda,  Habib  «to’g’ri  yo’ldan»  bormadi, 

chunki Respublikada eng muhim amallarda o’tirgan shovinistlarga bu ish yoqmas 

edi.  Shovinistlar  g’aflatda  qolib,  bu  voqeadan  ham  kech  xabardor  bo’ldilar  va 

alamlaridan  «tirsagini  tishlab»  qoldilar.  Keyin  Habibdan  bu  ishi  uchun  undan 

beshavqat o’ch oldilar. Shu ishi va o’zbek xalqining manfaatlarini ko’zlab qilgan 

ko’pgina  boshqa  ishlari  uchun,  Habib  O’zbekiston  Fanlar  Akademiyasi 

                                                           

1

 Shamsutdinov R. va boshq. Vatan tarixi. (Uchinchi kitob);  R. Shamsutdinov, Sh. Karimov  – T.: Sharq, 2010, – B. 



402-403. 

 



32 

 

prezidentligi  vazifasidan  qo’qqisdan  olib  tashlandi...  Bu  Markaziy  Qo’mitada 



ikkinchi  (aslida  esa-birinchi)  kotibi  bo’lib  ishlagan  va  Habib  Muhammedovich 

tomonidan  «tegirmonchi»  deb  nom  berilgan  Melnikovning  ishi.  Ashaddiy 

shovinist, o’zbek xalqining sodiq farzandidan ana shu yo’l bilan qasos oladi». 

Noyob  qobiliyat  egasi,  buyuk  olim  va  tashkilotchi  davlat  arbobi  Habib 

Abdullaevni  ishdan  olishgach  uni  hatto  Akademiyaning  Prezidiumi  a'zolari 

qatorida  ham  qoldirmadilar,  biror  bir  ilmiy  tadqiqot  institutida  rahbarlikka  ham 

lozim topmadilar. Albatta bu adolatsizlik va noxaqliklar allomaning salomatligiga 

o’z ta'sirini ko’rsatmay qolmadi. U 1962 yil 20 iyunda vafot etdi.  

Buyuk  olimning  nechog’lik  ulug’ligini  uning  zamondoshlari  so’zlari  bilan 

tasavvur qilishning o’zi kifoya deb hisoblaymiz:  

«Agar Alisher Navoiy she'riyat dunyosining «hoqoni» bo’lgan bo’lsa, Habib 

Muhammedovich  esa  fan  sohasida  O’rta  Osiyo  metallogenistlarining 

(ma'danshunoslari) «sultoni» edi». 

Hayrullo Rahmatullaev-geologiya, mineralogiya fanlari doktori.  

«Geologiyada faqat ikki kishi K.Satpaev va H.M.Abdullaev       Ikkalasi ham 

ishni  oddiy  quduq  qazishdan  boshlab  akademik,  keyin  esa  prezident  darajasiga 

ko’tarilgan».     Akademik D.Nalivkin. 

«Habib  Abdullaev  o’z  xalqining  faxri  bo’lib  qoladi.  Menga  uning  harakati 

negadir bo’ronni eslatadi!»  Akademik A..Forsman. 

«Habib  Muhammedovich  Abdullaevdek  buyuk  insonlar  har  kuni,  har  yili 

tug’ilavermaydi,  balki  bunday  insonlar  100  va  500  yilda  bir  marta  tug’iladi».            

Akademik Ambartsumyan. 

Xullas,  o’zbek  xalqining  millatparvar,  vatanparvar  o’g’loni  akademik  Habib 

Abdullaevning  siymosi  mustaqil  O’zbekiston  yoshlariga  yurtga,  millatga,  fanga, 

imon va e'tiqodga sodiqlik namunasi bo’lib abadiy qoladi. 

O’zbekistonda  fizika-matematika  fanining  yorqin  yulduzlaridan  biri 




Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin