Ma’ruza mavzulari
|
Soat
|
|
I bo`lim. Jadid ma’rifatparvarligini vujudga kelishi va davlatchilik g‘oyalarini shakllanishi..
|
|
1.1
|
Jadid ma’rifatparvarligining vujudga kelishi va davlatchilik g‘oyalarini shakllanishi.
|
2
|
|
II bo`lim. Jadidchilik harakati va uning Turkiston mintaqasidagi siyosiy muhitga ta’siri.
|
|
2.1
|
Jadidchilik harakati va uning Turkiston mintaqasidagi siyosiy muhitga ta’siri.
|
2
|
|
III bo`lim. XX asr boshida Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy–siyosiy jarayonlarda jadid matbuotining ahamiyati.
|
|
3.1
|
XX asr boshida Turkiston mintaqasidagi ijtimoiy–siyosiy jarayonlarda jadid matbuotining ahamiyati.
|
2
|
|
IV bo`lim. Jadid ziyolilarining o‘zbek madaniyati rivojidagi roli.
|
|
4.1
|
Jadid ziyolilarining o‘zbek madaniyati rivojidagi roli.
|
2
|
|
V bo`lim. Jadidlarni milliy istiqlol g‘oyalari targ‘ibotida san’at va yangi usul maktablarining ahamiyati
|
|
5.1
|
Jadidlarni milliy istiqlol g‘oyalari targ‘ibotida san’at va yangi usul maktablarining ahamiyati
|
2
|
|
VI bo`lim. Turkiston mintaqa halqining manaviy-marifiy ongining o`sishida Jadid teatrining o‘rni
|
|
6.1
|
Turkiston mintaqa halqining manaviy-marifiy ongining o`sishida Jadid teatrining o‘rni
|
4
|
7.1
|
Jadidchilik g’oyalarining falsafiy talqini
|
2
|
8.1
|
Jadidlarning merosida musiqa
|
4
|
Seminar mashg‘ulotlarining tavsiya etiladigan mavzulari:
1. Jadid milliy adabiyoti va teatri
2. Jadidchilik harakati.Jadid milliy xalq maorifi tizimining shakllanishi va
rivojlanishi
3. Jadid milliy matbuoti va kitoboti
4. Jadidlarda milliy g‘oya, mafkura va vatanparvarlik masalasi
5. Jadidchilik harakatida tarixiy ta’lim va tarixga bo‘lgan munosabat
6. Jadid ma’rifatparvarligini siyosiy muxitga ta’siri va madaniyat rivojidagi o‘rni
7. Jadidchilik harakatida milliy demokratik davlatchilikni tashkil etish uchun
kurash
8. Jadidlarni milliy istiqlol g‘oyalari targ‘ibotida san’at va yangi usul
maktablarining ahamiyati
9. Jadid ziyolilarining o‘zbek madaniyati rivojidagi roli.
10.Jadid milliy ijtimoiy – siyosiy tashkilot (partiya) lari
11.Jadid milliy madaniy ma’rifiy tashkilotlari
12.Jadidchilik harakati va uning siyosiy muhitga ta’siri
13.Mustaqillik yillarida jadidlarning qadr qimmati tiklanishi va ularga o‘rnatilgan yodgorliklar
14.Jadidlar qoldirgan tarixiy madaniy meros
“Jadidlarning ma`rifatchilik harakati” fanidan mustaqil ta’limini tashkil etishning shakli va mazmuni
“Jadidlarning ma`rifatchilik harakati” bo‘yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o‘rganish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to‘la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg‘ulotlarida professor-o‘qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar, mavzu buyicha kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uyga vazifa sifatida berilgan mavzu bo‘yicha konspekt tayyorlaydilar. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o‘rganish maqsadida qo‘shimcha adabiyotlarni o‘qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu bo‘yicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uy vazifalarini bajarish, qo‘shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o‘rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo‘llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to‘plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to‘garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o‘quv faoliyati samarali bo‘lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash amaliy mashg‘ulot olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o‘zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o‘qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
“Jadidlarning ma`rifatchilik harakati” fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 6 ta katta mavzu ko‘rinishida shakllantirilgan.
Dostları ilə paylaş: |