49
Lekin, shunga qaramasdan, bilishning barcha bosqichlari, sohalari,
yo„nalishlarida induktiv va deduktiv xulosa chiqarishning o„zaro
aloqadorligini, birining ikkinchisisiz mavjud bo„la olmasligini kuzatish
mumkin. Xususan, deduktiv xulosa chiqarishning asoslarini induktiv yo„l
bilan hosil qilingan umumiy bilimlar tashkil etadi. O„z nabatida, induksiya
xulosasining chinligi deduksiya yordamida tekshiriladi.
Analogiya
(grek. – moslik, o„xshashlik) shunday xulosa chiqarish
shakliki, unda predmetlarning o„xshash belgi va xossalariga asoslanib
xulosa chiqariladi. Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan
xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan umumiylikka qarab
harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga
qarab harakatlanadi.
Analogiya vositasida bir predmetdan boshqa predmetga axborot
o„tkaziladi. Masalan,
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi.
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo„q, u uchmaydi.
Insonning ham qanoti bo„lsa, u, ehtimol uchadi.
Analogiya bo„yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi
asoslardan, xulosadan va asoslar hamda xulosa o„rtasidagi mantiqiy
aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy shaklda bo„lib, keyingi
tekshirishlarni talab qiladi, tadqiqotchini izlanishlarga undaydi. Bu esa
muhim nazariyalarning kashf etilishiga olib kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: