O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

 
2. Raddiya va uning usullari. 
 
Raddiya – biron bir fikrning xatoligini, noto„g„riligini isbotlashga 
qaratilgan mantiqiy amaldir.
 
Birorta fikrning chinligini rad etish unga zid bo„lgan fikrning xatoligini 
ko„rsatishdan iborat bo„lganligi uchun, raddiyani isbotlashning xususiy 
ko„rinishi, deb hisoblash mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad 
qilinishi lozim bo„lgan hukm), argumentlar (tezisni rad qiluvchi hukmlar) 
va demonstratsiyadan (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo„ladi. Raddiya 
birorta masalani muhokama qilish ya‟ni bahs, munozara jarayonida 
uchraydi. Bahs qatnashchilaridan biri ma‟lum bir tezisni ilgari surib, uni 
himoya qilsa (proponent), boshqasi unga qarshi chiqadi (opponent). Hal 
qilinmagan, munozarali masalalar bo„yicha olib boriladigan bahslar 
polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, 
balki tanqidiy analiz ham qilinadi. 
Bahs yuritish san‟ati (eristika) o„ziga xos qonun-qoidalarga amal 
qilishni talab etadi. Bularga asosan quyidagilar kiradi: 
-
zaruriyatsiz bahslashmaslik; 
-
mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga 
chiqmaslik yoki mavzuni o„zgartirmaslik; 
-
bahs mavzusi yuzasidan o„zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar 
bo„lmasa, bahsni to„xtatish; 
-
mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; 
-
bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o„zining va 
muxolifining fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni 
aniqlash va bartaraf etish, asoslar to„g„ri bo„lsa, isbotlashning ham 
to„g„riligini e‟tirof etish va h.k. 
-
bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. 


60 
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish 
qoidalariga amal qilish tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko„tarish 
imkonini beradi. 
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: 
1)
tezisni rad etish; 
2)
argumentlarni rad etish; 
3)
demonstratsiyani rad etish. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin