O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Demonstratsiyani rad etish. 
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo„l qo„yilgan xatolar aniqlanadi. 
Bunda rad etilayotgan tezis chinligining, uning asoslash uchun keltirilgan 
argumentlardan bevosita kelib chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash 


61 
usulida yo„l qo„yilgan xato aniqlanganda tezis rad etilmaydi, uni qayta 
isbotlash talab qilinadi. 
Rad etishning yuqorida ko„rsatilgan usullari ko„pincha birgalikda, bir-
birini to„ldirgan holda qo„llaniladi. 
3. Savol va muammo, uning tafakkur jarayonida tutgan o„rni. 
 
 
Savol.
O„quvchi, talabalar dunyoqarashining negizini tashkil etuvchi 
tushunchalar zanjirini shakllantirishda savol-javob, ya‟ni fikr almashish, 
muloqotga e‟tiborni qaratish zarur. Talabalar faolligini oshirishning eng 
sinalgan usuli – savol-javob, dialogdir. Ota-ona bilan farzand, ustoz va 
talaba o„rtasidagi dialog (muloqot) yoshlarning bilim olishiga, katta va 
kichik avlod o„rtasidagi tushunmovchiliklarni bartaraf etishga imkoniyat 
yaratadi. 
Olamni 
bilish 
savoldan, 
muammoni 
aniqlashdan 
boshlanadi. 
Donishmandlar fikricha, yaxshi savol – yarim bilimdir. Savollarni to„g„ri, 
aniq qo„yish uchun inson nimani bilmoqchi ekanligini anglashi, muayyan 
tasavvurga, bilimga ega bo„lishi zarur. Savollar asosan quyidagi 
maqsadlarda beriladi: 
bilim olish, o„rganish uchun; 
o„z bilim darajasini aniqlash uchun; 
mavjud axborotlarga ega bo„lish uchun; 
boshqalarning shaxsiy fikrini bilish uchun.
Savol o„z-o„zidan paydo bo„lmaydi. U o„zining asosiga, bazasiga ega. 
Savolning asosini unda mujassamlangan bilim, axborot tashkil etadi. 
Savol va javobning muhokama yuritishda tutgan o„rni. 
Bilimlarimiz 
predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlardan yangi, 
ularni to„ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy 
etib boradi. Bu jarayon ma‟lum bir savollarni qo„yish va ularga javob 
qidirish tarzida sodir bo„ladi.
 
Shuni aytish kerakki, savol so„roq gap yordamida ifoda qilingani uchun 
hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. 
Xususan, hukmning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd 
qilishdan iborat bo„lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib 
topishga, o„rganishga qaratilgan bo„ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy 
xususiyatlarga ega. Birinchidan, savolda ma‟lum bir boshlang„ich bilim 
mujassamlangan bo„ladi. Masalan, “Qanday sabablarga ko„ra GFR va 
GDR yagona davlatga birlashdi?”, degan savolda mustaqil Germaniya 
Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasining 


62 
mavjud bo„lganligi, ularning yagona davlatga birlashishidan avval 
qandaydir voqealarning sodir bo„lganligi haqida ma‟lumot berilgan. 
Ikkinchidan, savolda mavjud bo„lgan bilim noaniq bo„ladi. Yuqorida 
keltirilgan misolda yagona nemis davlati – GFR haqida ma‟lum bir 
ma‟lumot mavjud bo„lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun yetarli 
emas. Shuning uchun ham savol qo„yish va unga javob qidirish yo„li bilan 
yagona nemis davlatining paydo bo„lish shart-sharoitlari haqida bilim hosil 
qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to„laroq bilimga ega 
bo„lish ehtiyoji o„z ifodasini topadi. 
Ana shundan kelib chiqib
savol
bilimlarimizdagi noaniqliklarni, 
shubhalarni yo„qotish hamda aniqroq va to„laroq bilimlar hosil qilishga 
bo„lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb 
aytishimiz mumkin. 
Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo„ladi. Xususan, savol 
o„zining asosiga ko„ra to„g„ri va noto„g„ri qo„yilgan savollarga bo„linadi.
Bilishdagi funksiyasi bo„yicha aniqlovchi va to„ldiruvchi savollarni 
ajratish mumkin. “O„zbekiston Markaziy Osiyoda joylashganmi?” degan 
savol aniqlovchi savol, “O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon 
qabul qilingan?” to„ldiruvchi savol hisoblanadi. 
Strukturasiga ko„ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida 
boshqa savol bo„lmasa, oddiy savol, bo„lsa murakkab savol deb yuritiladi. 
Masalan, “Suv necha gradusda muzlaydi?” – oddiy savol, “Assimilyatsiya 
va dissimilyatsiyalar organizmning mavjud bo„lishida qanday o„rin 
tutadi?” – murakkab savoldir. 
Savolni to„g„ri qo„yish uchun ma‟lum bir qoidalarga rioya etish 
zarur: 
1. Savol til talablariga javob berishi kerak. 
2. Savol aniq, ravshan, qat‟iy holda ifoda qilingan bo„lishi kerak. 
3. Savolning asosi chin hukmlardan iborat bo„lishi kerak. 
Masala – savolning alohida bir turi bo„lib, uni hal qilish savolning 
asosini mantiqan o„zgartirishni, yetishmayotgan ma‟lumotlar bilan 
to„ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo„lmaganlarini 
chiqarib tashlashni taqozo etadi. 
Muammo
– javobi bevosita mavjud bilimda bo„lmagan va yechish usuli 
noma‟lum bo„lgan savoldir. 
Shuning uchun ham muammoni qo„yish va hal qilish mavjud bilimlar 
doirasidan chetga chiqishni, yangicha yechish usuli, metodlarini qidirishni 
taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama 


63 
qilishning xarakterini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab 
beradi. 
Bilish jarayonida ma‟lum bir ziddiyatlar, birinchi navbatda, mavjud 
bilimlarimizning erishgan darajasi bilan yangi bilish vazifalarini hal qilish 
zaruriyati o„rtasida ziddiyat kelib chiqadi, muammoli vaziyat paydo bo„ladi. 
Bunday ziddiyatlar, ayniqsa, kundalik hayotimizda murakkab vazifalarni 
hal qilishda, fanda esa, tub burilishlar davrida yaqqol namoyon bo„ladi.
Muammoni to„g„ri qo„yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur 
qilishning o„zi yetarli emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli 
xil usullari va vositalarini ham oldindan ko„ra bilish kerak. 
Muammolarni qo„yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va 
talanti muhim ahamiyatga ega bo„ladi. Shuning uchun ham, odatda ko„p 
hollarda yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu sohasining yirik 
mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan 
ilgari suriladi hamda ular ba‟zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi.
Muammoli vaziyatni analiz qilishga turli xil munosabatda yondashish 
mumkin bo„lganligi uchun ham, hal qilinishi lozim bo„lgan vazifa turli xil 
muammolar tarzida bayon qilinishi mumkin. Bunda ba‟zi muammolar 
asosiy vazifani ifoda qilsa, ba‟zilari bu vazifaning ayrim tomonlarini aks 
ettiradi va shuning uchun ham juz‟iy xarakterga ega bo„ladi. Ko„p hollarda 
bir-biri bilan bog„lanib ketgan mana shunday juz‟iy muammolar hal 
qilingandan keyingina asosiy muammoni aniqroq bayon qilish va yechish 
imkoniyati vujudga keladi. 
Muammoni hal etish jarayonida ma‟lum bir gipotezalar ilgari suriladi va 
asoslanadi. Shuni alohida qayd qilib o„tish kerakki, muammoning 
yechilishi nisbiy xarakterga ega. Boshqacha aytganda, muammoning 
mutlaq to„la yechimini topish qiyin. Chunki o„rganilayotgan hodisaning 
barcha tomonlarini qamrab olib bo„lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy 
izlanish davomida yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo„lib, u 
mavjud muammoni boshqacha talqin qilishni taqozo etadi.
Ba‟zi hollarda muammolarning yechimini uzoq vaqtgacha topib 
bo„lmaydi. Masalan, rak kasalining sababini o„rganish bilan bog„liq 
muammo hozirgacha to„la hal bo„lmagan. 
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay yechimiga ega emas, degan 
fikrni bildirmaydi, balki ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida 
yechib bo„lmaslikni ko„rsatadi, xolos va shu tariqa yechishning yangi 
vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha 
ilmiy izlanish davom etadi. 


64 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin